O’zbekistonda pul massasi qo’yidagi tarkibiy qismlardan iborat: AQShda pul massasi qo’yidagi tarkibiy qismlardan iborat - Pul agregatlari: M0, M1, M2, M3, M4 va L kabi pul agregatlari va ularning tarkibi hamda hisoblash mexanizmi.
- Jahon bank amaliyotida M0, M1, M2, M3, M4, L kabi turli pul ko’rsatkichlari, ya’ni agregatlaridan foydalaniladi. Ular jumlasiga muomaladagi naqd pullar, kvazi pullar, rezerv pullar, milliy va xorijiy valyutadagi yalpi pul massasini kiritish mumkin. Ammo, ko’pchilik davlatlarning bank statistikasida asosan M2 va M3 pul agregatlaridan foydalanadi.
- Ta’kidlash joizki, kamdan-kam davlatlar M4 pul agregatini ishlatadi va ushbu ko’rsatkich hozirgi paytda deyarli foydalanilmaydi. Masalan, AQShda L pul agregati 1997 yilgacha foydalanilgan va hozirgi paytda M3 pul agregati bilan cheklanadi, xolos. Buyuk Britaniyada esa M4 pul agregatidan ham foydalaniladi.
- O’z navbatida, M0 pul agregati muomaladagi naqd pullar, ya’ni banklardan tashqaridagi naqd pullardan iborat. Ushbu ko’rsatkich muomalaga chiqarilgan naqd pullar miqdoridan Markaziy bank kassasidagi va tijorat banklari kassalaridagi naqd pullar miqdorini chegirish orqali hisoblanadi.
- Xususan, kvazi pullar, ya’ni deyarli pullar-oson naqd pulga aylanadigan bank hisob raqamlarida turgan mablag’lardir. Uning tarkibiga muddatli va jamg’arma depozitlari, xorijiy valyutadagi depozitlar va boshqa depozitlar kiradi.
-
- Jumladan, M1 pul agregati - ya’ni yuqori likvidli pullar M0 pul agregati va talab qilib olinguncha depozitlardan iborat. M2 pul agregati, ya’ni milliy valyutadagi yalpi pul massasi M1 pul agregati, muddatli va jamg’arma depozitlardan tashkil topadi. M3 pul agregati M2 pul agregati va xorijiy valyutadagi depozitlardan iborat. M4 pul agregati esa M3 pul agregatiga uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni qo’shishi orqali hisoblanadi.
- Hozirgi paytda o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda iqtisodiyot, bank tizimi va moliya bozorlarining, jumladan pul, qimmatli qoђozlar va valyuta bozorlarining rivojlanish darajasiga qarab bank statistikasida M0, M1, M2 va M3 pul agregatlaridan foydalaniladi. O’zbekiston bank statistikasida ayni paytda M0, M1 va M2 pul agregatlari va rezerv pullar qo’llaniladi.
- Xususan, M0 pul agregati muomaladagi naqd pullardan iborat bo’lib, ular eng yuqori likvidli pullar hisoblanadi. M1 pul agregati - M0 pul agregati va talab qilib olinguncha depozitlarning yig’indisidan iborat bo’lib yuqori likvidli pullar hisoblanadi. O’z navbatida, M2 pul agregati, ya’ni yalpi pul massasi - M1 pul agregati, muddatli depozitlar, jamђarma depozitlar va xorijiy valyutadagi depozitlardan tashkil topgan.
- Rezerv pullar - Markaziy bankning majburiyati bo’lib, o’z ichiga quyidagi passivlarni oladi: Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullar, majburiy zaxiradagi mablag’lar, tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar va Markaziy bank mijozlarining depozitlari.
- Pul massasi - bank tizimining majburiyati bo’lib, o’z ichiga quyidagi passivlarni oladi: muomaladagi naqd pullar, talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli depozitlar, jamg’arma depozitlari, xorijiy valyutadagi depozitlar.
- Har bir davlatning Markaziy banklari tomonidan milliy valyuta va narxlar barqarorligini hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlab turish maqsadida muomaladagi pul massasi miqdori tartibga solib turiladi. Buning uchun asosan M2 pul agregatidan va rezerv pullardan foydalaniladi hamda ular bo’yicha pulga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda maqsadli ko’rsatkichlar, ya’ni yil davomida o’sish sur’atlarining aniq chegaralari belgilab olinadi.
- Shu sababli, Markaziy banklar monetar siyosat vositalaridan samarali foydalangan holda, muomaladagi pul massasi hajmini, pul bozori holati va bank tizimi likvidliligini o’zgartirish orqali butun iqtisodiyotga ta’sir qiladi va tartibga soladi.
-
- Undan tashqari, xorijiy mamlakatlarda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi rivojlanganligi tufayli naqd pullarga bo’lgan talab kamayib bormoqda. Shu sababli, naqd pullarning yalpi pul massasi tarkibidagi salmog’i ham kichik. Ushbu ko’rsatkich AQShda o’rtacha 9,2 foizni, Yaponiyada 10,4, Germaniyada 6,1, Frantsiyada 7,9, Buyuk Britaniyada 2,6, Xitoyda 7,5, Gongkongda 4,3, Janubiy Qo’riyada 3,8, Singapurda 6,6 va Malayziyada 6,1 foizni tashkil etadi.
- Shu bois aholi jon boshiga to’g’ri keladigan naqd pul miqdori ham kamdir.
- Masalan, mazkur ko’rsatkich AQShda o’rtacha 2,4 ming dollarni, Yaponiyada 5,3, Buyuk Britaniyada 1,2, Germaniyada 2,2, Frantsiyada 2,1, Gongkongda 2,7, Singapurda 2,0 ming dollarni tashkil etadi.
- Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga nisbatan sezilarli darajada kichik bo’lganligi sababli aholi jon boshiga to’ђri keladigan naqd pullarning miqdori ham ancha kamdir.
- Xalqaro amaliyotdagi tajribaga ko’ra, inflyatsiya juda past bo’lgan mamlakatlarda pul massasining yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i ham juda yuqori bo’ladi. Inflyatsiya darajasining barqaror va past sur’atlarda bo’lishiga erishilganidan so’nggina, iqtisodiy o’sish sur’atlari va pulga bo’lgan talab o’sadi. Bu esa, mamlakatda pul massasining yalpi ichki mahsulotga nisbatining oshishiga olib keladi.
- Bunday ijobiy holat mamlakatimizda iqtisodiy faollikning kuchayishiga qulay shart-sharoitlar yaratgan holda pulga bo’lgan real talabning va monetizatsiya darajasining o’sishiga zamin yaratdi.
-
- Rezerv pullar va kvazi pullarning o’ziga xos xususiyatlari.
- Rezerv pullar - Markaziy bankning majburiyati bo’lib, o’z ichiga quyidagi passivlarni oladi:
- Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullar, majburiy zaxiradagi mablag’lar,
- tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar va Markaziy bank mijozlarining depozitlari.
- Kvazi pullar esa – pul massasi kabi bank tizimining majburiyati sifatida u o’z ichiga quyidagi passivlarni oladi: talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli depozitlar, jamg’arma depozitlari, xorijiy valyutadagi depozitlar.
- Rezerv pullarning xususiyati shundan iboratki, u bir tomonidan Markaziy bankning majburiyati bo’lsa, ikkinchi tomondan monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichi hisoblanadi.
-
Kredit multiplikatsiyasini hisoblash tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |