4-mavzu. Peptidlarning biologik vazifalari. Reja Neyropeptidlar. Gormon peptidlar


Oqsilning  yangilanishi-eski  oqsilning  yangilanishidir



Download 195,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.01.2022
Hajmi195,37 Kb.
#370698
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu.Peptidlarning biologik vazifalari 0795506bb8637360f7739092b2a7adc6

        

Oqsilning  yangilanishi-eski  oqsilning  yangilanishidir. 

Bu  jarayonda  oqsilning 

umumiy  miqdori  oshmaydi,  chunki  bir  vaqtning  о‘zida  u  parchalanishi  ham 

mumkin.  Yangi  parchalangan  oqsil,  qisman  yoki  tо‘liq  tiklanishi  mumkin.Bu 

jarayonda  oqsil  molekulasidagi  ba’zi  aminokislotalarning  almashinuvi,  bir  necha 

aminokislotalardan  iborat  peptid  qismlar  almashinuvi,  butun  molekulaning 

yangidan hosil bо‘lishi amalga oshiriladi. Bu jarayon quyidagi yо‘llar bilan borishi 

mumkin: 


     1.Oqsil molekulasidagi aminokislotalar qoldig‘ining sekin-asta almashinuvi; 

     2. Peptid zanjiri shaklidagi bir necha aminokislotaning almashinishi; 

     3.Tо‘liq parchalangan oqsil molekulasining yangidan hosil bо‘lishi. 

Izotop  indikatorlar  usuli  oqsilning  parchalanishi  va  sintezini  differensial 

tekshirishga  imkon  berdi.Har  xil  biologik  sistemalarda  oqsil  sintezining  kо‘p 

qirrali  kо‘rinishini.  ya’ni  oqsil  alohida  struktura  birliklarining  uning  tarkibiga 

о‘tishidan  boshlab,  molekulasining  ichida  aminokislota  qoldiqlarining 

transformatsiyasigacha  yoritib  berish  imkoniyati  yaratilgan.  Natijada  faqat  oqsil 

sintezi  emas.  balki  uning  molekulasining  parchalanish  miyexanizmi  tо‘g‘risidagi 

bilimlar  ham  boyib  bordi.  Oqsillarning  aminokislotalargacha  tо‘liq  parchalanishi 

organizmdagi  oqsillar  parchalanishining  xususiy  yо‘li  ekanligi  ma’lum 

bо‘ldi.Natijada 

oqsil 

molekulalarining 



qisman 

degradatsiyasi.jumladan, 

boshlang‘ich  strukturani  asosan  saqlagan  holda,  ba’zi  aminokislotalarning 

almashinishi  va  polipeptid  zanjirdagiо‘zgarishlar  va  yangi  struktura  birligi  bilan 

almashtirish  yо‘llari  aniqlandi.  Tekshirishlar  shuni  kо‘rsatadiki,  oqsil  gidrolizini 

katalizlovchi  kо‘pchilik  proteolitik  fermentlar  oqsil  molekulasidagi  alohida 

qismlarni almashtirish transreaksiyalarini katalizlashi mumkin ekan. 

       Oqsillar biosintezining hozirgi zamon tushunchasi 1950 yillarda Zamechnik va 

uning 

kasbdoshlari 



tomonidan 

olib 


borilgan 

tadqiqot 

ishlaridan 

boshlangan.Ularning  ishlari  natijasida  oqsil  sintezining  markazi  ribosomalar 

ekanligi, t-RNKning ochilishi va oqsillar sintezining asosiy bosqichlari aniqlangan. 

Zamechnik  va  uning  kasbdoshlari  sichqonlar  tanasiga  radioaktiv  aminokislotalar 

yuborib,  turli  vaqt  oralig‘ida  ularning  jigarini  olib  gomogenlab,  differensial 

sentrifugalash  yordamida  turli  fraksiyalarga  ajratishgan.  Shu  yо‘l  bilan  ajratilgan 

hujayra  organellalarida  nishonlangan  aminokislotalar  tо‘planishi  tekshirilgan. 

Organizmga  nishonlangan  aminokislotalar  kiritilgandan  bir  necha  soat  yoki  bir 

necha  kundan  keyin  ular  tekshirilsa,  radioaktiv  aminokislotalar  jigar  hujayrasi 

organellalarining  hamma  oqsillariga  birikkanligi  kuzatilgan.  Nishonlangan 




aminokislotalar inyeksiya qilingandan sо‘ng qisqa vaqt ichida jigar tekshirilganda, 

faqat mikrosoma fraksiyasida radioaktiv oqsil uchragan 




Download 195,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish