O‘qituvchining faoliyati
|
Tayyor bilimlarni
yetkazadi: yangi materialni tushuntiradi,
|
O‘quvchilarning mustaqil
ta’limini tashkil etadi, ularning o‘quv faoliyatini
|
|
tajribalarni namoyish qilib beradi, ularni misollar
bilan mustahkamlaydi.
|
boshqaradi; tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
|
O‘quvchining faoliyati
|
Uzatilgan ma’lumotlarni qabul qiladi, ularni eslab qoladi, yod oladi, mashq qiladi, gapirib beradi va
h.k.
|
Muammo qo‘yishni o‘rganadi, ularni hal qilish bo‘yicha mustaqil faoliyat olib boradi; o‘z-o‘zini boshqarish va
baholashni amalga oshiradi.
|
O‘qitish metodlari
|
Tushuntirish, namoyish qilish
|
Tadqiqotchilik, faollashtiruvchi metodlar,
ta’lim va AK texnologiyalari
|
O‘qitish
natijalari
|
Tayyor bilimlar
|
Ijodiy ko‘nikmalar,
kompetensiyalar
|
“Muammoli vaziyat” metodidan foydalanish.
“Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar. “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ta’lim beruvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi, ya’ni novator tarbiyachining faoliyatini rivojlantirishdagi muammolarning sabablari o’rganiladi.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni, ya’ni novator tarbiyachining faoliyatini rivojlantirishdagi muammolarning sabablari o’rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi.
Bu bosqichda muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar va muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar.
Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va o’z variantlarini taklif etadilar.
Barcha taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
Qanday pedagogik turlari mavjud?
Pedagogning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda qanday yo’nalishlarda olib boriladi?
Qobiliyat deb nimaga aytiladi?
Hozirgi kunda tarbiyachi qanday bo’lishi kerak?
Tarbiyachiga qo’yilayotgan talablar?
Do'stlaringiz bilan baham: |