4-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


  Yangi  Konstitutsiyaning  qabul  qilinishi  va  uning  tarixiy  ahamiyati



Download 267,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana04.09.2021
Hajmi267,99 Kb.
#164621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AyrsfUuH6p9TVZt9shoA3AKvHIwWER2

4. 

Yangi  Konstitutsiyaning  qabul  qilinishi  va  uning  tarixiy  ahamiyati. 

Davlat 

ramzlari. 

Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso¬siy Qonuni - 

Konstitutsiyasi hisoblanadi. 

Tarixiy  rivojlanish  ko'rsatganidek,  har  qaysi  jamiyat  kelajakni  ko'zlab 

yashaydi  va  uning  poydevorini  imkon  qadar  mustahkamroq  qurishga  harakat 

qiladi.  Shu  nuqtayi  nazardan  qaraganda  mustaqillik  yillarida  davlatimiz, 

jamiyatimiz  yerishgan  buyuk  yutuq  -O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi 

bo'ldi. 


Darhaqiqat,  Konstitutsiya  tushunchasida  davlatni  boshqarish,  mamlakat 

yaxlitligini  ta'minlash,  uning  mustaqil  davlat  sifatida  ye'tirof  yetilishining  asosi 

ijtimoiy  hayotning  barcha  yo'nalishlarini  rivojlantirish  yo'1-yo'riqlari  to'la 

mujassamlangan. 

Turkistonda  inqilobdan  keyingi  yillarda  jahon  tajribalariga  muvofiq  tarzda 

Konstitutsiyalar  ishlab  chiqildi.  Jumladan,  Turkiston  ASSRning  1918,  1920-

yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, 

O'zbekiston  SSRning  1927,  1937,  1978-yillarda  qabul  qilingan  Konstitatsiyalari 

shaklan respublikaning Asosiy qonunlari yedi. 

O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda 

«Mustaqillik  deklaratsiyasi»ning  qabul  qilinishi  bilan  bevosita  bog'liq.  Mazkur 

Deklaratsiya  qabul  qilingan  Oliy  Kengashning  ikkinchi  sessiyasida  bu  hujjatdagi 

muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, 

degan  xu-losaga  kelindi.  Ma'lumki,  1990-yil  24-martida  respublika  Oliy 

Kengashining  birinchi  sessiyasi  muhim  tarixiy  qa¬ror  qabul  qilib,  O'zbekiston 

Prezidenti lavozimini ta'sis yetgan yedi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda 

ijroiya  va  boshqaruv  hokimiyatining  tuzilishini  takomillashtirish  hamda 

O'zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy  Qonuni)ga  o'zgartirish  va  qo'shimchalar 

kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi. 

  

Konstitutsiya  loyihasi  ustida  bevosita  ish-lashni  faollashtirishga  vaziyat 



yetilgach,  Konstitutsiyaviy  komissiya  1991-yil  12-aprelda  I.  Karimov  raisligida 

o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq 

barcha 

lashkiliy 

va 

ijodiy 


jarayonni 

muvofiqlashtirib 

borish 

uchun 


Konsti¬tutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan 

iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil yetildi.  

Konstitutsiyaviy 

komissiya 

Raisining 

topshirig'i 

bilan 

1991-yil 



boshlaridayoq  bo'lg'usi  konstitutsiyaning  g'oyaviy  mag'zi,  ya'ni  konsepsiyasi  us-

tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi. Respublika 

Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutinmg konsepsiyasi, Siyosatshunoslik 

va  boshqaruv  institutining  konsep¬siyasi  va  Prezident  devoni  yuridik  bo'limi 

tayyorlagan  konsepsiya.  Ishchi  guruh  majlisida  uchinchi  konsepsiya  asos  uchun 

qabul  qilindi.  U  qolgan  ikki  konsepsiyaning  diqqatga  sazovor  g'oyalari  bilan 

boyitilib,  umumlashgan,  puxta,  yagona  g'oyaviy  asos  shakliga  keltirildi. 

Konstitutsiyaviy  komissiya  va  uning  Raisi  tomonidan  ma'qullangan  ana  shu 

konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi. 



Loyihaning  dastlabki  varianti  1991-yil  oktabr-noyabrigacha  tayyorlab  bo'lindi.  U 

muqaddima,  olti  bo'limga  bo'lingan  158  moddadan  iborat  yedi.  Ushbu  loyiha 

yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi.  

1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va¬rianti ishlab 

chiqildi.  Mamlakat  Prezidenti  ishtirokida  Konstitutsiya¬viy  komissiyaning 

navbatdagi  majlisi  bo'lib  o'tdi.  Majlisda  Kons¬titutsiya  loyihasi  ustida  olib 

borilgan  ishlar  to'g'risidagi  axborot  tinglandi.  Majlisda  Konstitutsiya  loyiha¬sini 

uzil-kesil  ishlab  chiqish  uchun  25  kishidan  iborat  ishchi  guruh  (komissiya) 

tuzishga qaror qilindi  

Umumxalq  muhokamasi  uch  oy  davom  yetdi.  Shu  davrda  O'zbekiston 

Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni 

shundaki,  Konstitutsiya  komissiyasi  dastlab  belgilagan  ikki  yarim  oylik  muddat 

mobaynida  (1992-yil  26-sentabrdan  boshlab)  loyiha  mehnatkashlar  takliflari 

asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom  yettirish uchun 

yana  ikkinchi  marotaba  matbuotda  ye'lon  qilindi.  Umumxalq  muhokamasi 

davomida  jami  6  mingdan  ortiq  taklif  va  mulohazalar  bildirildi.  Loyihadagi  127 

moddadan  60  tasiga  tuzatish  va  aniq-liklar  kiritildi.  Dastlabki  variantdan  4  ta 

modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi. 

Prezident  ishlagan  loyihalar  nusxasidan  ayrimlarini  misol  tariqanida 

keltiramiz:  Loyihaning  1-moddasida  «O'zbekiston  -  demokratik  respublika»  deb 

yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan. 

Natijada bu modda «O'zbekiston - su¬veren demokratik respublika» tarzida bo'ldi.  

Dastlabki  loyihaning  7-moddasi,  2-qismi  quyidagicha  yedi:  «O'zbekiston 

Respublikasida  davlat  hokimiyati  Konstitutsiya...  vakolat  bergan  idoralar 

tomonidangina  amalga  oshiriladi».  Prezident  nihoyatda  muhim  tuzatish  kiritdi. 

Ya'ni,  respublikada  davlat  ho¬kimiyati  xalq  manfaatlarini  ko'zlab...  amalga 

oshiriladi.  Bu  bilan  Konstitutsiyaning  «Xalq  davlat  hokimiyatining  birdan  bir 

manbayi-dir»  (7-m.,  1-qism)  degan  qoidasi  bilan  yuqorida  keltirilgan  qoidasi 

o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi. 

  

Konstitutsiyaviy  komissiyaning  1992-yil  7-dekabrda  bo'lib  o'tgan  majlisida 



Prezident  Konstitutsiya  loyihasini  xotin-qizlar  bi¬lan  yerkaklar  teng  huquqli 

yekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza 

qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif yetdi.  

1992-yil  8-dekabrda  XII  chaqiriq  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining 

XI 


sessiyasi 

bo'ldi. 


Unda 

«O'zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasini  qabul  qilish  haqida»gi  masala  ko'rildi.  Sessiya  ishtirokchilari 

yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar. 

Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi 

qoidasi  mukammal  tarzda  o'rin  olgan.  Shu  bois  yangi  Konstitutsiya  xalq 

hokimiyati  prinsipiga  asoslanadi  va  uni  mustahkamlaydi.  Xalq  hokimiyati  degan 

ibora  butun  hokimiyat  amalda  va  yuridik  jihatdan  xalqniki  yekanligini  anglatadi. 

Xalq  hokimiyati  o'z  vazifalarini  ham  bevosita, ham  o'zi  saylagan  davlat  organlari 

orqali  amalga  oshiradi.  Konstitutsiyaning  7-moddasiga  muvofiq  xalq  davlat 

hokimiyatining  birdan  bir  manbayidir».  U  xalq  manfaatlarini  ko'zlab  amalga 

oshiriladi. 



Konstitutsiyaning  barqarorligini  va  uzoq  muddat  amal  qilishini  ta'minlash 

maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan. 

Bu  tabiiy  va  o'tish  davriga  xos  hodisa.  Islo¬hotlar  chuqurlashib,  jamiyatni 

modernizatsiyalash, butun ijtimoiy  hayotni  yangilash  jarayoni  ko'lami  va  miqyosi 

kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi 

va huquqiy asosiga yega bo'lishi lozim. 




Download 267,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish