4-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


  Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari



Download 267,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.09.2021
Hajmi267,99 Kb.
#164621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AyrsfUuH6p9TVZt9shoA3AKvHIwWER2

2. 

Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari. 

O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo yetishda Birinchi Prezidentimiz 

I.A.Karimov  ta'kidlaganidek,  “Davlat  va  jamiyatni  isloh  yetish  hamda 

modernizatsiya  qilishda  o'zbek  modelining  muhim  tarkibiy  qismi  bo'lgan 

bosqichma-bosqichlik  tamoyiliga  bundan  buyon  ham  qat'iy  amal  qilinishi 

ta'minlanadi  .  «O'zbek  modeli»  tushunchasi,  avvalo,  O'zbekistonning  mustaqil 

milliy  taraqqiyoti  qanday  bo'lishi  lozimligini  asoslaydigan,  uni  muayyan 

maqsadlarga  yo'naltiradigan  yeng  umumiy  nazariy  xulosalar  va  mo'ljallar  bilan 

davlatning  belgilangan  maqsadlarga  yerishishiga  qaratilgan  amaliy  siyosatining 

mushtarakligini  anglatadi  (davlat  siyosati  deganda  hokimiyatning  har  uchala 

bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda). 

Iqtisodiyot  nazariyasida  ayrim  olimlar  iqtisodiy  taraqqiyot  modelini  davlat 

tuzumi  desa,  boshqalar  ijtimoiy-iqtisodiy  formasiya,  uchinchilari  yesa  ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo'li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot 

modeli,  N.To'xliyev  va  boshqa  bir  guruh  olimlarning  fikriga  ko'ra,  iqtisodiy 

munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo'lib, u huquqiy, ma'muriy hamda xo'jalik 

mexanizmlari  orqali  boshqariladi  .  Bunday  munosabatlarning  sub'ekti  mulk 

yegalari,  xo'jalik  faoliyati  ishtirokchilari,  uyushmalar,  davlat  va  xususiy  sektor, 

mamlakat  doirasidagi  mintaqa  va  tarmoqlar  hisoblanadi.  Iqtisodiy  taraqqiyot 

modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy 

me'yorlar ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi. 

Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari: 

“O'zbek  modeli”  -  O'zbekistonning  o'ziga  xos  va  mos  taraqqiyot  yo'li  ijtimoiy 

yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish; 

“Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari” 

“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli” 

“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor” 

Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish” 

Sharqiy Yevropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan foydalaniladi

«Yaponiya  modeli»  iqtisodiy  munosabatlarda  davlatning  yetakchi  o'rni  bilan 

belgilanadi; 

Janubi-Sharqiy  Osiyo  (Singapur,  Janubiy  Koreya,  Tayvan,  Gonkong)  –  “ijtimoiy 

soha va yeksportni rag'batlantirish” 

Iqtisodiy  taraqqiyot  modeli  global  va  milliy  xarakterda  bo'ladi.  Hozirgi  vaqtda 

taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud. 

 “O'zbek modeli” – qisman Yerxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga 

o'xshab,  mamlakatimizda  2  ta  islohot  o'tkazildi.  1)  1993–94  yillarda  pul  islohoti 



(kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–

2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom yetmoqda. 

 “O'zbek modeli” uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va 

ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi 

  

O'zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta'kidlaganidek,  ―Biz 



mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab,  o'z  umrini  o'tab  bo'lgan  yeski  mustabid 

sovet  tizimidan  voz  kechib,  mamlakatimizda  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  ochiq  demokratik  davlat  barpo  yetish  va  fuqarolik 

jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik. 

Bu  modelning  mohiyati  O'zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti 

I.A.Karimov  tomonidan  ishlab  chiqilgan  islohotlarning  besh  tamoyilida  ta'riflab 

berildi.  Mamlakatimiz  aholisi  o'z  davlat  mustaqilligining  yigirma  to'rt  yilligini 

butun  jahon  jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan  bugungi  kunda, 

to'la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo'l tajriba sinovidan o'tdi. Tarixan qisqa, 

ammo  zafarli  natijalarga  boy  bo'lgan  taraqqiyotimiz,  tanlangan  modelning 

to'g'riligini isbotladi.  

Ma'lumki,  taraqqiyotning  ―o'zbek  modelining  mohiyati  asosiy  g'oyalari 

yeng  dastlab  Davlatimiz  rahbarining  ―O'zbekistonning  o'z  istiqlol  va  taraqqiyot 

yo'li  nomli  fundamental  asarida  ko'rsatib  o'tilgan  yedi.  Keyinchalik  mazkur 

taraqqiyot  modeli  haqidagi  g'oyalar  birinchi  Prezidentimizning  boshqa  asarlarida 

yanada  rivojlantirildi  va  takomillashtirib  kelinmoqda.  Xususan,  birinchi 

prezidentimizning O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li, 

―O'zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo'lida  nomli  asarlarida 

taraqqiyotning ―o'zbek modelining asosiy mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi 

tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi. 

Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida 

O'zbekiston  davlat  qurilishi  va  iqtisodiyotini  isloh  qilish  dasturining  o'zagidir. 

Ularning  mohiyati  quyidagicha:  bir  tomondan  milliylik,  ikkinchi  tomondan 

umuminsoniylik  yo'nalishlari  uyg'unlashdi  yoki  ularning  dialektik  mutanosibligi 

o'z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan yedi I.A.Karimov, - avval-

iqtisod,  keyin  siyosat  degan  shiorni  olg'a  surdik”.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan 

ortda qolmasligi zarur. 

Ikkinchi  tamoyil  -  bu  davlatning  bosh  islohotchi  yekanligi.  Yangilanish  va 

o'zgarishlar  siyosatini  ishlab  chiqish  va  ularni  izchillik  bilan  amalga  oshirishni 

davlat o'z zimmasiga oladi. 

Uchinchi  tamoyil,  o'z  navbatida  jamiyat  hayotida,  barcha  sohalarda 

qonunning ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 

8  dekabrda  qabul  qilingan  Konstitutsiyasi  ham  umuminsoniy  va  milliy 

tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi. 

To'rtinchi  tamoyil,  bu  aholining  demografik  vaziyati,  ayniqsa,  uning  60 

foizidan  ko'prog'ini  yoshlar  tashkil  yetganligi,  kam  ta'minlangan  oilalarni, 

bolalarni,  nafaqaho'rlarni  ijtimoiy  himoyalash  maqsadida  kuchli  ijtimoiy  siyosat 

olib boriladi. 



Beshinchi  tamoyil  -  bu  halqimiz  an'analari,  urf-odatlari  hamda  bozor 

iqtisodiyotining  ob'ektiv  qonun-qoidalarini  hisobga  olgan  holda  unga  «shok 

terapiyasi»  asosida  yemas,  balki  yevolyusion  tadrijiy  asosda,  puhta  o'ylab 

bosqichma-bosqich o'tish nazarda tutiladi. 

O'zbekiston  mustaqillik  yillarida  demokratik  jamiyatga  o'tishning  uchta 

bosqichini  bosib  o'tdi.  Ularning  birinchisi,  Birinchi  Prezident  Islom  Karimov 

tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida 

(1996  yil  29  avgust)  «Hozirgi  bosqichda  demokratik  islohotlarni 

chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o'n to'rtiinchi 

sessiyasida  «O'zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  (1999  yil,  14  aprel)  va  nihoyat, 

uchinchisi, 

ikkinchi 

chaqiriq 

Oliy 


Majlisning 

to'qqizinchi 

sessiyasida 

«O'zbekistonda  demokratik  o'zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo'nalishlari»  (2002  yil  29  avgust) 

qilgan ma'ruzalarida ko'rsatib berildi. 

Albatta,  ana  shu  bosqichlar  biri  ikkinchisidan  keskin  farq  qilmasada, 

ulardagi  asosiy  g'oya  demokratik  jarayonlarning  olg'a  tomon  rivojlanishini  va 

ma'lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh 

yetishdir.  CHunki  jarayonlar  izchillik  bilan  tahlil  yetilmasa,  undagi  asosiy 

muammo  aniqlanmasa  va  istiqboldagi  vazifalar  belgilanmasa,  rivojlanish  ham 

bo'lmaydi.  SHu  ma'noda  ham  Prezident  demokratik  jamiyat  qurish  borasidagi 

vazifalarni  «chuqurlashtirish»  (1996  yil)  «erkinlashtirish»  (1999  yil)  va 

«demokratik  o'zgarishlar  orqali  fuqarolik  jamiyat  asoslarini  shakllantirish»  (2002 

yil) kabi konseptual g'oyalarida belgilab bergan. 

Ammo bu - o'tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat 

yekan,  -  degan  xulosa  kelib  chiqishiga  asos  bo'lmasligi  kerak.  Chunki  o'tish 

davrining  o'zi  mamlakatning  turli  tuzumlardan  demokratiyaga  o'tishdagi  mustaqil 

«oralig'i», «ko'prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlar o'tish davrining 

uzluksizligini ifodalaydigan ko'rsatgichdir. 

O'zbek  modeli  tushunchasi,  avvalo,  O'zbekistonning  mustaqil  milliy 

taraqqiyoti  qanday  bo'lishi  lozimligini  asoshakligan,  uni  muayyan  maqsadlarga 

yo'naltiradigan  yeng  umumiy  nazariy  xulosalar  va  mo'ljallar  bilan  davlatning 

belgilangan 

maqsadlarga 

yerishishga 

qaratilgan 

amaliy 


siyosatining 

mushtarakligini anglatadi.  

Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, yerkin va farovon 

hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yerkin demokratik jamiyat barpo yetishdir. 

Bozor  iqtisodiyoti,  yeng  avvalo,  ko'pmulkchilikka  va  ular  o'rtasidagi  raqobatga 

tayanadi.  Unda  mulkning  barcha  qonuniy  shakllari  teng  huquqqa  yega  bo'lib,  bu 

huquq davlat tomonidan kafolatlanadi. 

«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo yetish muhim 

o'ziga xos modeli yekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari 

o'rganmoqda  va  uni  tahlil  qilmoqdalar  .  Masalan,  rossiyalik  tadqiqotchilar 

M.S.Gafarli, 

A.G.Kasayev, 

germaniyalik 

L.Levitin, 

Rossiya 

Fanlar 


Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan. 

 




Download 267,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish