2. Kishilik olmoshlarini kelishiklar bilan turlanishini o‘tish metodikasi.
O‘quvchilar olmoshlarning kelishik bilan qo‘llanishini o‘rganmagani uchun
dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi.
Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin:
- Men „Jimjiloq" hikoyasini o‘qim.
-Sen qaysi hikoyani o‘qiding.
-U „Nihollarning nolasi" hikoyasini o‘qidi.
Suhbat o‘tkaziladi:
-Birinchi gapdagi otni toping.
-„Jimjiloq" nimaning nomi?
-Hikoya oti-chi?
-Shu gapda kim? so‘rog‘iga javob bo‘gan so‘zni toping.
Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan men, sen, и so‘zlarini bir ustun qilib yozib
qo‘yiladi. Biz, siz, ular so‘zlari ustida ham shunday tahlil o‘tkaziladi. Suhbat
davom ettiriladi:
-Birinchi gapni kim gapiryapti? (so‘zlovchi 1 shaxs)
-Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)
-Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o‘zga III shaxs)...
Demak, men, sen, и shaxsni bildiradi va bu so‘zlar kim?so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Biz, siz, ular so‘zlari ustida ishlanadi.
O‘quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
-Men, sen, u — so‘z turkumi. Bu so‘z turkumining nomi olmosh deb
yuritiladi.
Men, sen, u — kishilik olmoshiari. Men I shaxsni, sen II shaxsni, и III shaxcni
ko‘rsatadi. Shundan so‘ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
Kishilik olmoshiarining birlik va ko‘pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi
paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo‘llanilishi ustida ishlanadi. Egalik
qo‘shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so‘zlovchi (men), tinglovchi (sen), o‘zga
(u) eslatiladi va ular kishilik olmoshiari bilan bog‘lanadi. Olmoshning gapda
asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.
3. Olmoshlar imlosi ustida ishlash.
Kishilik olmoshlarining imlosi ustida ishlashda „Biz Vatan haqida ko‘p
maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan
foydalanish mumkin.
O‘quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha
dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so‘roq berish, qaysi
so‘roqlarga javob bo‘layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish,
ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap
tuzish, ularning gapda qanday bo‘lak bo‘lib kelayotganini aniqlash, kishilik
olmoshiarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini
tanlash va gap tuzish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi?
Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar
shaxsini o‘zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish. Kishilik
olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tishdan oldin shu mavzuni
o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib
qo‘yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi
o‘quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ularning yangi mavzuni o‘rganishlariga
zamin tayyorlanadi.
-Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo‘shimchasi va so‘rog‘ini ayting.
-Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo‘shiladi?
-Kelishik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan
tushuntiring.
O‘quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan:
Bilim davlatdan qimmat. (Maqol)
Davlatdan — ot, chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan, -dan qo‘shimchasi
otni qimmat so‘ziga bog‘lagan. O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi.
Shundan so‘ng oldindan xattaxtaga yozib qo‘yilgan darslikdagi mashq ustida
ishlanadi:
-O‘qing. Tagiga chizilgan so‘z qaysi turkumga kiradi? Shu so‘z qaysi
shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo‘shimcha bilan qo‘llangan? Bu
qo‘shimcha biz olmoshini qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birlikda yozing:
Bizni olib bordilar. Kelishik qo‘shimchasini va bog‘lanishmi tegishlicha
belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.
-Ikkinchi gapni o‘qing. Olmoshning qaysi kelishik qo‘shimchasini olganini
ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birikma tarzida
yozing: Bizning ko‘z o‘ngimizda. Qo‘shimchani va so‘zlarning bog‘lanishini
belgilang.
Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir
tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar.
Bizning ko‘z o‘ngimizda.
Bizga gapirib berdi va boshq.
O‘quvchilar javobi yana suhbat yo‘li bilan umumlashtiriladi:
-Kishilik olmoshlari qaysi qo‘shimchalarni oladi?
-Qaysi kelishik qo‘shimchalari olmoshga qo‘shilib keladi?
-Bu qo‘shimchalar olmoshlarni qaysi so‘zlarga bog‘laydi? (boshqa
so‘zlarga)
-Kelishik qo‘shimchasini olgan bizning, bizni, bizga, bizda, biz-dan kabilar
qaysi so‘roqlarga javob bo‘lyapti? Ular gapda qaysi bo‘lak bo‘ladi? (2-darajali
bo‘lak)
-Biz olmoshiga so‘roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo‘lak
bo‘lib kelyapti? (Ega)
O‘quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
-Kishilik olmoshlari ham kelishik qo‘shimchalarini oladi. Kelishik
qo‘shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo‘nalish, o‘rin-
payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo‘lak bo‘lib keladi. Bosh
kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Biz mehnatni sevamiz-Kishilik
olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida
mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi kelishikda ekanligini
aniqlash, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chirish, shaxs-sonini
topish, chiziqchalar o‘rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo‘yish, ot o‘rnida
qo‘llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar
bajartiriladi.
Keyingi darslarda o‘quvchilarning kishilik olmoshiarining kelishiklar bilan
turlanishi paytidagi imlosini o‘zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga
va ularda kishilik olmoshlaridan to‘g‘ri foyaalanib, nutqda uslubiy jihatdan to‘g‘ri
qo‘llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o‘rinsiz va tinimsiz
foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini
o‘rinsiz ko‘p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o‘quvchilarning ijodiy yozma
ishlari: bayon va insholari o‘qib berilib, tahlil qilinadi
O‘quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta’siriga
berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan
darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklarni ham yo‘qotishdir.
O‘quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish
nutqiy g‘alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |