4-Mavzu: Oila tarbiyasi. (4 soat) Reja


Ota-bobolarimiz qadimdan oilani muqaddas bilib



Download 62,66 Kb.
bet20/20
Sana15.04.2022
Hajmi62,66 Kb.
#553130
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
4-Mavzu Oila tarbiyasi. (4 soat)

7. Ota-bobolarimiz qadimdan oilani muqaddas bilib, uni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelgan. Chunki, Birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etilganidek, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning fe’l-atvori, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi ma’naviy mezon va qarashlar aynan oila sharoitida kamol topadi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan oilaning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, uning huquqiy asoslarini yaratish eng muhim vazifalar sifatida belgilandi. O‘ziga xos milliy davlatchilik tariximiz, xalqimizning azaliy qadriyat va an’analari e’tiborga olinib, Konstitutsiyamizga “Oila” bobi kiritildi.
Bosh Qomusimizning mazkur bobida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, unda nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalash, o‘z navbatida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburliklari, farzandlar, ota-onalarining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va boshqa qonun, huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ham bu qoida va tartiblar qat’iy belgilab qo‘yilgan
Oila to’ydan boshlanadi. Xalqimiz to’ysiz, ya’ni jamoatdan bekitiqcha oila qurmaydi. Maslahatli to’y tarqamas, degan maqol zamirida xalqimizga xos birdamlik, hamjihatlik kabi fazilatlar mujassam. Ko’pchilikning ko’z o’ngida oila qurgan yigit-qiz oila mas’uliyatini chuqurroq anglaydi. “Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga o’xshaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri o’zicha baxtsizdir”, degan edi Lev Tolstoy. Hayot haqiqatini teran anglagan donishmand yozuvchi haq. To’g’ri, o’zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o’xshash tomonlari yo’q emas. Biroq uning o’ziga xos jihatlarini sanab ado qilib bo’lmaydi. O’zbek oilalarning hammasi bir-biriga o’xshaydi. Ularning baxti ana shu o’xshashlikda. Jamiyatning ravnaqi, taraqqiyoti ham ana shu o’xshashlik tufaylidir.
Mamlakatimizda jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblangan oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, uning huquqiy asoslarini yaratish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan mamlakatimiz Konstitutsiyasiga “Oila” alohida bob sifatida kiritilgan. Shu asosda O’zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” va boshqa qonunlarida ham xalqimizning oilaga munosabati, o’ziga xos qarashlari nuqtai nazaridan tegishli qoida va me’yorlar belgilangan. 2012 yil yurtimizda “Mustahkam oila yili” deb nomlandi, hamda maxsus davlat dasturi asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, yosh oilalarga g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, sog’lom va mustahkam oilani qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratish kabi ezgu maqsadlar mujassam.
Oilaning mustahkam bo’lishi va unda har tomonlama sog’lom farzandlar kamol topishi ko’p jihatdan er-xotinning salomatligi, oila qurishga tayyorligi, zimmasidagi burch va majburiyatni nechog’li anglab yetishiga bog’liq. Shu bois yigit-qizlarning nikoh va oila haqidagi tushunchalarini boyitish, er-xotin o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari, farzand ta’lim-tarbiyasiga oid bilimlarni mustahkamlash eng muhim vazifalardan sanaladi. Bu borada bo’lajak kelin-kuyovlar joylardagi “Fuqarolar holatini dalolatnomalarini yozish” (FHDYO) idoralari qoshida tashkil etilgan “Oila dorilfununi”da saboq olmoqda.
Mustahkam oila yilida bu boradagi ishlar yanada keng ko‘lamda davom ettiriladi. Qonunchilikni takomillashtirish va mustahkamlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda FHDYO bo‘limlari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yuksaltirish yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Download 62,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish