Ma’ruzaning rejasi: Organizm integrativ – moslashish faoliyatida MAS ning roli.
Neyron - MASning struktura- funksional birligi.
«Asab markazi» tushunchasi.
Asab markazlarining xossalari.
MASga ta’lukli – orka, uzunchok, urta, oralik miyallar, miyacha, bazal tugunlar, bosh miya pustlogi. Bu tuzilmalarning xar biri morfologik va funksional spetsifikaga ega. SHu bilan birga ular umumiy funksional xossalarga ega – neyron tuzilishi, neyronlar orasida sinaptik aloka, neyronlardan lokal tur xosil kilish, spetsifik funksiyalarni bajarish uchun strukturalar orasida tugri va teskari alokalar kupligi, xamma neyronlarni informatsiya kabul kilishi, kayta ishlanishi, utkazishi, saklab kolish kobiliyatiga egaligi va informatsiyani kirish kanallari chikishga nisbatan kupligi, xar xil informatsiyani parallel ishlanishi, uz-uzidan boshkarish kobiliyatlariga egaligi, reflektor dominant prinsip asosida ishlanishi. MASsining axamiyati:
1) Organ va sistemalarni faoliyatini eng mukammal boshkarilishini va birlashtirilishini ta’minlaydi. SHuning tufayli organizm bir butun bulib ishlaydi. 2) MASma organizmni tashki muxit bilan boylanishini va individual moslanishini ta’minlaydi. 3) MASi psixik faoliyat organi xisoblanadi. Nerv impulslari borishi natijasida miya pustlogida sezgi paydo bo‘ladi. Ong, xotira, uylash fikrlash – MASi faoliyati natijasida yuzaga chikadi. Neyronlar soni MASda 1011, bitta neyronda 10.000 gacha sinapslar bor, xar xil neyronda 100.000 neyrona chalar bor. Agar bu elementlarni informatsiya saklash kuttichalari deb xisoblasak, asab sistemasi 1019 birlik informatsiyani saklashi mumkin, butun duneda odamzod tuplagan informatsiyani saklash mumkin. Buning asosida odamni xaet davomida tuplangan informatsiyasini eslab olish kobiliyatiga ega tushunchasini asoslash mumkin. Lekin miya eslab kolgan xamma informatsiyani xotirasidan chikarib olishga ega emas. Asab markazlari – markaziy asab sistemasining turli kavatlarida joylashgan, ma’lum faoliyatni boshkaruvchi asab xujayralarining tuplamlari. Xar bir asab markazi 2 kismdan tuzilgan: 1) Urta qismi – yadrosi; 2) periferik qismi-sochilgan qismi. Asab xujayralarining neyronlari bulinadi: 1) afferent, 2) oralik, 3) efferent. SHakliga karab mono, bi-va multipolyarga bulinadi. Mediatorga sezgirligiga karab xolinergik, peptidergik, noradrenalinergik, dofaminergik, seratoninergik. Xar xil ta’sirlovchilarga sezgirligiga nisbatan – mono, bi va polisensorga. Dendritdagi shipiklar informatsiyani kabul kilib oladi, asab sistemasini strukturasini funksiyasi kancha murrakab bulsa, shipiklar soni shuncha kup bo‘ladi.
Asab markazlarining asosiy xossalari.
1. Ko‘zgalishni – nerv impulslarini fakat bir tomonlama utkazadi – sinapslar orkali utadi. Asab sistemasini faoliyatini bir tartibda ishlashini ta’minlaydi.
2. Nerv impulslari sekin utadi – mielinli nerv tolasiga nisbatan 200 marta sekinrok.
Ko‘zgaluvchanligi past ayniksa noadekvat ta’sirlovchilarga.
Labilligi (funksional xarakatchanligi) past. Mielinli nerv tolalariga nisbatan 10 marta past.
5. Tez charchash kobiliyatiga ega. Nerv tolalaridan farkli ularok, nerv markazlari darrov charchaydi. Nerv markazining charchashi afferent nerv tolalari uzok ta’sirlanganda reflektor javobning sekin-asta kamayishida va pirovardida butunlay tuxtab kolishida namoyon bo‘ladi. Bu xolda dastavval nerv markazi charchashini isbot etmok uchun markaziy nerv sistemasidan muskulga boruvchi efferent (xarakatlantiruvchi) nerv tolasi ta’sirlanadi. Bunday ta’sirotga javoban muskul kiskarish bilan reaksiya kursatishi mumkin, xolbuki bu paytda afferent nerv tolasining ta’sirlanishi muskulni kiskartirmaydi.
Xozirgi vaktda nerv markazlarining charchashi avvalo neyronlararo sinapslarda ko‘zgalish utishining buzilishiga boglik deb xisoblashadi. Nerv oxirlarida sintezlangan mediator zapaslarining keskin darajada kamayganligi, nerv xujayrasidagi postsinaptik membrananing mediatorga sezgirligi kamayganligi, nerv xujayrasi energetik resurslarining kamayganligi natijasida neyronlararo sinapslarda ko‘zgalish utishi shunday buzilib kolishi mumkin.
Reflektor aktlarning xammasi nerv markazlarini bir xilda va birday tezlikda charchata bermaydi. Ba’zi reflekslar uzok davom etgani xolda nerv markazlari charchamasligi mumkin. Bunday reflekslarga tonik reflekslar kiradi, bu reflekslarda muskul tonusi uzok vakt, ba’zan kup soatlab saklanib turadi.
6. Ritmlarni transformatsiya kilish kobiliyati (ko‘zgalishlar chastotasini uzgartirish kobiliyati). Nerv markazlari uziga keluvchi impulslar ritmini uzgartira oladi. YAkka stimul bilan ta’sirlanganda ko‘zgalishlar ritmining transformatsiyasi ayniksa yakkol kurinadi. YAkka stimul berilganda nerv markazlari ishlovchi organga efferent nerv tolalari orkali ritm bilan ketma-ket boruvchi bir kancha impulslarni yuboradi. Obrazli kilib aytganda miltikdan bitta uk otilganda nerv markazlari pulemetdan ukka tutish bilan javob kaytaradi.
7. Ritmni uzlashtirish xossasi. Ko‘proq chastotali ta’sirot berilganda unga javob bera olishga moslashishi.
8. Xususiy uziga tegishli ko‘zgalish ritmga ega. Avtomatiya xossasiga ega emas, lekin uz-uzidan ko‘zgalishi mumkin. Bu juda kup neyronlar uz-aro boglik bulishi bilan tushuntiriladi.
9. Reflektor javobning ta’sirot kuchi va uzunligiga boglikligi. Reflektor javob retseptorlarning ta’sirlanish kuchiga va uzunligiga boglik. Retseptiv maydonning ta’sirlanishi kuchaytirilganda impulslarni nerv markaziga utkazuvchi nerv tolalari va ko‘zgalgan retseptorlar soni kupayadi, binobarin, reaksiyaga tortiladigan oralik va effektor neyronlar soni xam oshadi. SHu bilan birga retseptorlarda va neyronlarning shunga yarasha xar birida vujudga keluvchi nerv impulslarining chastotasi oshadi, buning natijasida xam refleks kuchayadi (muskullarning kiskarishi, bezlar sekretsiyasi va shu kabilar kuchayadi).
Ta’sirot kuchi xatto bir xilda turganda xam ta’sirot uzunligi ortsa, bir kancha xollarda yangi nerv elementlarining reaksiyaga tortilishi xisobiga reflekslar kuchayadi.
10. Ko‘zgalishlarning kushilishi (summatsiya). Ko‘zgalishlarning kushilishi nerv markazlarining uziga xos xususiyati bulib, uni I.M.Sechenov 1863 yilda birinchi marta tasvir etgan. Ko‘zgalishlarning kushilishi shunda kurinadiki, periferik retseptorlarning yoki afferent nervlarning ikkita yoki bir nechta ta’siroti kushilganda refleksni yuzaga chikaradi, xolbuki shu ta’sirotlardan xar biri aloxida kullanilganda reflektor reaksiyani yuzaga chikarishga kamlik kiladi. Kushilishning ikki turi: ketma-ket (vaktdagi) va masofada (fazoda) kushilish bor.
Nerv markaziga bir xil afferent nerv tolalari orkali kalta interval bilan ketma-ket keluvchi ko‘zgalishlaring uzaro ta’siri ketma-ket kushilish deb ataladi.
Bir afferent nervga yoki refleksning retseptiv maydoniga ritmik stimullar seriyasini berib, ketma-ket kushilishni eksperimentda kuzatish mumkin. SHu stimullardan xar birining kuchi refleksni yuzaga chikarish uchun kifoya kilsa, bu stimullar ritm bilan kullanilganda refleks kuchayadi. Ta’sirot kuchini xar bir yakka stimulning uzi refleksni yuzaga chikarmaydigan kilib tanlansa, stimullar ketma-ket kullanilganda reflektor javob yuzaga chikishni kuzatsa bo‘ladi. Xatto katta kuchli yakka stimul retseptorlarga kuyilganda xam ba’zi reflekslar umuman yuzaga chikmaydi. Masalan, bosh miyasidan maxrum kilingan (spinal) itda xatto katta kuchli yakka induksion zarb kashinish refleksini yuzaga chikara olmaydi. Bu refleksning teridagi retseptiv maydoni sekundiga 18 zarbli chastota bilan keluvchi kuchsiz induksion tok bilan ritmik ravishda ta’sirlansa, 2–3 sekunddan keyin reflektor reaksiya yuzaga chikadi.
Bir retseptiv maydonga kiradigan turli retseptorlarga ikkita yoki bir nechta stimul bir vaktda ta’sir etsa, ko‘zgalishlar masofada kushiladi. Bir refleks retseptiv maydonining markazga intiluvchi ikkita nerv tolasi kup deganda 15 msek intervalda busagadan past kuch bilan ta’sirlanganda xam ko‘zgalishlar masofada kushiladi.
11. Faoliyat koldigi. Reflektor aktlar ularni yuzaga chikargan ta’sirot tuxtashi bilan bir vaktda tamom bulmay, orada bir kadar, ba’zan birmuncha uzun davr utadi. Bu xodisa reflektor faoliyat koldigi deb ataldi. Faoliyat koldigining uzunligi ta’sirot uzunligidan kup marta ortik bulishi mumkin. Ta’sirot kancha kuchli bulib, retseptorlarga kancha uzok ta’sir etgan bulsa, reflektor faoliyat koldigi odatda ushancha uzun bo‘ladi.
Faoliyat koldigiga sabab buluvchi ikkita asosiy mexanizm elektrofiziologik tadkikotlarda aniklandi.
Birinchi mexanizm ritmik uzok ta’sirotdan keyin neyron membranasining iz depolyarizatsiyasiga boglik. Afferent nerv tolalari (yoki retseptorlar) ning ritmik ta’sirlanish vaktida neyronning postsinaptik membranasi depolyarizatsiyalanadi, ta’sirot tuxtatilgandan keyin esa depolyarizatsiya darxol yukolmagan takdirda nerv xujayrasi bir necha uch millisekund davomida impulslarning ritmik razryadini beraveradi, lekin depolyarizatsiya susaygan sayin bu impulslar tobora siyraklashib koladi.
Ammo, iz depolyarizatsiyasi faoliyat koldigining fakat kiska muddatli effektini yuzaga chikarishi mumkin.
Reflektor faoliyat koldigining uzok davom etishi reflektor markazning berk neyron zanjirlarida nerv impulslarining aylanib yurishi (sirkulyasiyasi) ga boglik deyishadi.
12. Nerv markazlarining tonusi. Elektrofiziologik tadkikotlarning kursatishicha, refleksning yuzaga chikishidagina emas, nisbiy tinchlik xolatida xam nerv markazlaridan periferiyaga – tegishli organ va tukimalarga nerv impulslarining razryadlari borib turadi.
Tafovut fakat shundaki, ta’sirotga javoban reflektor reaksiya yuzaga chikishida bu razryadlar katta chastotali (masalan, kuchli ixtiyoriy xarakatlarda xarakatlantiruvchi nerv tolalarida sekundiga 50 impulsdan 100 impulsgacha) bulib, bir talay efferent tolalar orkali ozmi-kupmi bir vaktda yuboriladi, tinchlikda esa razryadlar chastotasi va bir vaktda ishlayotgan birliklar soni juda kam bo‘ladi.
Nerv markazlaridan periferiyaga uzluksiz keluvchi siyrak impulslar skelet muskullarining tonusini, ichak sillik muskullari tonusini, tomirlar tonusini vujudga keltiradi.
Nerv markazlarining shunday doimiy ko‘zgalishi nerv markazlarining tonusi deb ataladi. Bu tonusning saklanishida periferik retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga keluvchi afferent impulslar xam, xar xil gumoral ta’sirotlar (gormonlar, SO2 va b.) xam ishtirok etadi.
Nerv markazlari tonusining saklanishida afferent impulslarining roli Brondjestning kuyidagi tajribasida yakkol kurinadi. Baka orka miyasining sezuvchi ildizlari kirkilsa (bakaning keyingi oyoklari shu ildizlardan innervatsiyalanadi), xarakatlantiruvchi nervlar kirkib kuyilganda muskullar tonusi kanday kamaysa, bunda xam deyarli ushanday kamayadi. Bu tajriba kursatadiki, muskullar tonusi nerv markazlarining tonusiga boglik, nerv markazlari tonusini esa uz navbatida muskul retseptorlaridan va boshka periferik retseptorlardan keluvchi afferent impulslar saklab turadi.
Uzunchok miya, urta miya va oralik miya markazlarining tonik ta’siri ayniksa sezilarli. Mushuk bosh miyasi turt tepalik oldingi dumboklari soxasidan kirkib kuyilganda, ya’ni detserebratsiyada yozuvchi barcha muskullar tonusi xuddi mushuk tikka turgandagidek keskin darajada oshib ketadi. Detserebratsiya operatsiyasidan keyin muskullar taranglanib koladi: oyogi zurga bukiladi. Zurlab bukilgan oyok tez asliga kaytadi, ya’ni maksimal darajada yoziladi.
Muskullarning doimo bir darajada barkaror turadigan va kam uzgaradigan tarangligi bilan davom etuvchi tonik kiskarish tetanik, kontraktil, yoki kiskartiruvchi tonus deb ataladi. Tonusning bu formasida, xuddi tetanusdagi kabi, impulslarning tez-tez ritmik razryadlari aniklanadi.
Oralik miyani butun koldirib, miya yarim sharlari olib tashlangandan sung, ya’ni bosh miya yukorirokdagi kirkib kuyilganda (talamik xayvonlarda) tonusning boshka formasi kuzatiladi. Bu xolda muskullarning maxsus xolati vujudga keladi – ular «mumga uxshab» koladi: oyoklarini istagan vaziyatga solish oson bo‘ladi, oyoklar bu vaziyatni uzok vakt, ba’zan soatlab uzgartirmasdan saklab turadi. Muskullarning bunday xolatini plastik tonus deyiladi. Markaziy nerv sistemasi butun bulgani xolda ba’zi zaxarlardan zaxarlanish natijasida, nerv sistemasining kasalliklarida, shuningdek, gipnoz ta’sirida xam plastik tonus kelib chikadi. Odamda plastik tonus nerv sistemasining katalepsiya yoki mumsimon rigidlik degan maxsus xolatiga xarakterli. Bu xolatda odam kanday bulmasin gayri tabiiy pozada bir necha vakt kotib koladi va bu pozani uzok vaktgacha uzgartirmaydi.
Kontraktil tonus kabi, plastik tonus xam refleks yuli bilan kelib chikadi. Oyok afferent innervatsiyadan maxrum kilingach, ya’ni deafferentatsiyadan keyin shu oyok muskullarining kontraktil va plastik tonus belgilari yukoladi.
Tonik reflekslar xar kanday xarakat aktining mukarrar yuldoshi xisoblanadi. Fazoda gavdani xarakatlantirishda, ya’ni lokomotsiyada tonik reflekslarning axamiyati ayniksa katta.
13. Nerv markazlarining funksiyalari, ularning kislorod bilan ta’minlanishiga boglik ekanligi. Nerv xujayralari kislorodni shiddatli iste’mol kilishi bilan fark kiladi. Masalan, it bosh miyasining 100 g tukimasi tinch turgan 100 g muskul tukimasiga nisbatan 22 baravar, 100 g jigarga nisbatan 10 baravar ko‘proq kislorod yutadi. Odam miyasi minutiga taxminan 40-50 ml kislorod yutadi, bu tinchlik xolatida butun gavda iste’mol kiladigan jami kislorodning taxminan 1/6–1/8 qismini tashkil etadi.
Nerv xujayralari kislorod kup iste’mol kilar ekan, kislorod tankisligiga nixoyatda sezgir bo‘ladi. SHu sababli markaziy nerv sistemasiga kislorod etkazib berilishi kamayganda nerv markazlarining funksiyalari buziladi. Miyada kon aylanishi tula yoki kisman tuxtab kolganda (masalan, trombozda) yoki kon tomiri yorilganda nerv sistemasi faoliyatining kattik buzilishi va nerv elementlarining nobud bulishi shu bilan izoxlanadi. Miyada kon aylanishi xatto kiska vakt tuxtab kolganda yoki kon tomirlaridagi bosim kiska vakt keskin pasayib ketganda xam odam darxol xushdan ketadi. Kon kelishining tuxtab kolishi bosh miya katta yarimsharlar pustlogining xujayralariga ayniksa yomon ta’sir kiladi: ular 5–6 minutdan keyinok asli xoliga kaytmaydigan uzgarishlarga uchraydi va nobud bo‘ladi. Miya stvolining markazlari kislorod tankisligiga kamrok sezgir bo‘ladi, kon kelishi tamomila tuxtagach xatto 15-20 minutdan keyin xam bu markazlar funksiyasi tiklanadi. Orka miya markazlari yanada ko‘proq chidamli bo‘ladi, kon kelishi batamom tuxtagach xatto 20-30 minutdan keyin xam orka miya markazlarining funksiyasi tiklanishi mumkin.
Gavda temperaturasi sun’iy yul bilan pasaytirilganda, ya’ni gipotermiyada organizmdagi moddalar almashinuvi susayadi, shu bilan birga markaziy nerv sistemasi kislorod etishmasligiga uzokrok bardosh beradi.
14. Ba’zi zaxarlarining markaziy nerv sistemasiga spetsifik ta’siri. Nerv xujayralari va sinapslar ba’zi zaxarlarga nisbatan tanlab sezuvchan bo‘ladi. SHuning uchun bu zaxarlarni nerv zaxarlari deb atashadi. Ularga ximiyaviy tuzilishi xar xil bulgan juda kup moddalar: strixnin, morfin, fenamin, kardiazol, narkotik moddalar (efir, xloroform, barbituratlar va xokazo), alkogol va boshka kupgina moddalar kiradi.
Ba’zi moddalarning kupincha ma’lum nerv markazlariga ta’sir etishi amaliy jixatdan goyat muxim. Masalan, apomorfin kusish markaziga, lobelin esa nafas markaziga ko‘proq ta’sir etadi. Gangliylarda ko‘zgalishning utishiga ko‘proq ta’sir etadigan moddalar (ganglioblokatorlar) bor.
Fiziologik eksperimentda kup kullaniladigan strixnin tormozlovchi sinapslar funksiyasini blokada kilib kuyadi, shu sababli markaziy nerv sistemasining, ayniksa orka miyaning ko‘zgaluvchanligini keskin darajada oshadi. Strixnindan zaxarlangan xayvonlarning xar kanday ta’sirotga javoban barcha skelet muskullarini shiddatli reflektor kiskarish bilan reaksiya kursatishiga sabab shu.
Markaziy nerv sistemasining ayrim soxalaridagi neyronlar va sinapslarning ba’zi zaxarlarga nisbatan tanlab sezuvchanligi, aftidan, ularda kechadigan ximiyaviy protsesslarning uziga xosligini kursatadi.
Katta yarimsharlarning ayrim soxalariga ta’sir etadigan zaxarlar bor, masalan, kardiazol katta yarimsharlarning xarakatlantiruvchi zonasiga tanlab ta’sir etadi, meskalin (Meksika kaktusidan ajratib olingan alkaloid) bosh miyaning kuruv markazlariga ta’sir etadi.
Sungi yigirma yil ichida oliy nerv faoliyatiga ko‘proq ta’sir etuvchi moddalar aniklandi. Ular farmakologiyaning maxsus soxasi – psixofarmakologiya urganadi.
15. Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish.
16. Nerv markazlarining plastikligi. Kompensator moslanishlar. Nerv markazlarining moslanuvchanligi va funksional axamiyatining uzgaruvchanligini A.Bete plastiklik deb atadi.
Nerv markazlarining plastikligi nerv sistemasidagi turli operatsiyalarda, jumladan nerv stvollarini kesishma tikish tajribalarida juda yakkol kurinadi. Xar xil ikkita nerv stvoli kirkilib, bittasining markaziy uchi ikkinchisining periferik uchiga tikib kuyiladi. Nerv tolalarining kirkilishi natijasida ularning periferik uchlari degeneratsiyalanadi, lekin keyin regeneratsiya ruy beradi: nervning markaziy uchidan periferiyaga nerv tolalari usib chikadi, kirkilgan nervning periferik uchi ilgari kaysi organga borgan bulsa, usha organda yangi nerv tolalaridan yana nerv oxirlari vujudga keladi. Ayni vaktda periferiyada yangidan xosil bo‘ladigan nerv oxirlari shu nerv tolasi uchun emas, balki nerv stvoli usib kiradigan organ uchun spetsifik bo‘ladi. Masalan, skelet muskulining nervi bilan birlashgan va shu muskul ichiga usib kiradigan sayyor (adashgan) nerv, xar kanday xarakatlantiruvchi nerv kabi, oxirgi plastinkalar chikaradi, simpatik nerv stvoliga usib kirganda esa simpatik nerv uchun xarakterli nerv oxirlarini xosil kiladi.
Nervlar shu tarika ulangach ma’lum vakt (odatda bir necha oy) dan keyin nerv markazlari kayta tuzilib, ilgari uzlariga xos bulmagan yangi funksiyalarni kasb etadi.
Masalan, til muskullarini innervatsiyalanaydigan til osti nervining markaziy uchi diafragma nervining periferik uchiga ulangach til osti nervining yadrosidagi nerv xujayralari diafragmaga impulslarning ritmik razryadlarini yuboradigan bulib koladi, shuning natijasida diafragmaning nafas funksiyalari tiklanadi. Boshkacha aytganda, bu nerv xujayralari funksional jixatdan nafas markazining tarkibiga kiradi.
P.K.Anoxin adashgan nervni oldingi oyokning nerv stvollariga kiritib ulaganda it oyogining xarakatlari va sezuvchanligi tiklanganini kuzatgan.
Meditsina kursatmalari bulganda, masalan yuz nervi falaj bulganda funksional axamiyati xar xil nervlar odamda xam operatsiya kilib ulangan. Ayni vaktda falaj bulgan yuz nervining periferik uchi kushni nervlardan birontasining markaziy uchiga kiritib ulangan.
Operatsiya natijasida yuz muskullarining normal innervatsiyasi tiklangan.
Buzilgan funksiya markaziy nerv sistemasining ayrim kismlari emirilgach yoki olib tashlangach xam tiklanadi (kompensatsiya). Masalan, miyacha batamom yoki kisman olib tashlangach, bosh miyaning ayrim kismlari olib tashlangach yoki labirintlar emirilgach xayvonlarning dastlabki vaktda juda xam izdan chikkan xarakatlari nerv markazlarining plastikligi tufayli bir kadar vaktdan keyin ma’lum darajada tiklanishi mumkin. Odatda, bunday tiklanish uchun kup oylar kerak.
YUksak darajadagi xayvonlar va odamda nerv markazlarining shikastlanishga va funksional kayta tuzilishga kompensator moslanish xodisalarida shartli reflektor alokalar organi – bosh miya katta yarimsharlari pustlogining goyat katta axamiyati bor. Xayvon operatsiya kilinib, oyogining xar xil nervlari ulangach yoki oyoklari kesib tashlangach, yoki miyacha olib tashlangach shikastlanishga moslashib xarakat funksiyalari tiklangach davrda bosh miya yarim sharlarining pustlogi olib tashlansa, ilgari kilingan operatsiya uchun xarakterli xodisa – xarakatlarning buzilishi yana namoyon bulishini E.A.Asratyan kursatib berdi. Markaziy nerv sistemasining eng yosh va mukammal bulimi – katta yarim sharlar pustlogi, aftidan, maksimal darajada plastik organ bulib, shikastlanishdan keyingi yangi sharoitga, yangi funksional sharoitga boshka xamma bulimlarining moslanishini ta’minlaydi.
17. Nerv sistemasining trofik funksiyasi. Nerv sistemasining trofik funksiyasi tukima va organlardagi moddalar almashinuvini, shu tukima va organlarning oziklanishini boshkarishida namoyon bo‘ladi.
Nerv sistemasining trofik funksiyasi xakidagi dastlabki ma’lumotlar nervlarni kirkib kuyish tajribalarining natijalariga asoslangan edi, nervlari kirkib kuyilgan tukimalar funksiyasi turli darajada buzilib kolardi. Bu faktlar bemorlarning nervlari va nerv markazlari zararlanganda ba’zan teri, suyaklar va ichki organlarda ruy beradigan patologik uzgarishlarni klinikada kup kuzatish natijalariga tula mos keladi. Patologlarning ma’lumotlari bilan bir katorda normal organizmni tekshiruvchi fiziologlar xam nerv sistemasining trofik funksiyasi xakida ma’lumotlar tuplashdi. Masalan, So‘lak bezining simpatik nervlari ta’sirlanganda organik moddalarga boy yopishkok, kuyuk So‘lak chikishini R.Geydengayn anikladi va simpatik nerv tolalari So‘lak bezi xujayralarining oziklanishini (trofikasini) idora etganligi uchun shunday bo‘ladi, deb izoxladi.
Nerv sistemasining trofik funksiyasi xakidagi ta’limotni I.P.Pavlov rivojlantirgan. U yurak muskulining kiskarishlarini kuchaytiradigan va susaytiradigan nervlarni kashf etib, shu soxadagi tasavvurlarga asos soldi. Bu nervlar yurak muskulidagi moddalar almashinuviga va yurak muskulining asosiy fiziologik xossalariga ta’sir etib, uning kiskarishini kuchaytiradi va susaytiradi deb tushuntirdi. Keyinchalik I.P.Pavlov yurakgina emas, boshka xamma organ va tukimalarning xam «xayot ximizmi»ga ta’sir etadigan trofik nervlari borligiga amin buldi. Bu nervlar trofik reflekslarning effektor yullari bulib, impulslarni periferik organlarga utkazadi.
Trofik nervlar moddalar almashinuviga ta’sir etib, shu bilan tukimalarning asosiy fiziologik xossalari: ko‘zgaluvchanligi, utkazuvchanligi, ish kobiliyatini uzgartiradi.
18. Reverberatsiya xossasi – Nerv impulslarining aylanib yurishi (sirkulyasiyasi). Neyronlar berk zanjir kabi ulangan, ko‘zgalish bir neyrondan ikkinchisiga utib aylanib yuradi. Sinaps charchamaguncha aylanib yurishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |