4-mavzu mexanikada saqlanish qonunlari



Download 374,83 Kb.
bet2/5
Sana01.07.2022
Hajmi374,83 Kb.
#726111
1   2   3   4   5
Kuchli o‘zaro ta’sir. Mavjud to‘rt xil o‘zaro ta’sirlar ichida eng kuchlisi bo‘lsa ham, uning ta’sir radiusi juda kichik m, yadro o‘lchami bilan chegaralangan. Kuchli o‘zaro ta’sir yadrodagi protonlar va neytronlar orasidagi ta’sirni ifodalaydi.

  • Kuchsiz o‘zaro ta’sir. Bu ta’sir ham kuchli o‘zaro ta’sirga o‘xshab qisqa masofaga ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, u kuchli o‘zaro ta’sirning qismiga tengdir, ya’ni kuchsiz o‘zaro ta’sir kuchli o‘zaro ta’sirdan marta kichikdir.

  • Elektromagnit o‘zaro ta’sir. Uning ta’sir doirasi cheklanmagan, yoki boshqacha aytganda, uning o‘zaro ta’sir radiusi cheksizlikka intiladi: . Agar kuchli o‘zaro ta’sirni bir birlik deb olsak, elektromagnit o‘zaro ta’sir undan 137 marta kichikdir3.

  • Gravitatsion o‘zaro tasir. Uning ta’sir radiusi chegaralanmagan, ta’sir kuchi kuchli ta’sirining qismini tashkil etadi, ya’ni gravitatsion o‘zaro ta’sir undan marta kichik.

    Fizika faning asosiy maqsadlaridan biri bu, ta’sirlashuvlarning tabiatini va ular bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganishdan iborat. Gravitatsion ta’sirlashuv mexanik hodisalarning asosini tashkil qiladi. Shu sababli biz mexanika kursida gravitatsion ta’sirlashuv hodisalarini o‘rganamiz.
    Tajriba va kuzatishlardan ma’lumki, Yerning tortishishi ta’sirida jismlar Yerga tushadi. Jismlar orasidagi o‘zaro tortishish kuchlari butun olam tortishish kuchlari deb ataladi. Jismlarning Yerga tortilishi, Oyning Yer atrofida berk orbita bo‘ylab harakatlanishi va Quyosh atrofida sayyoralarning aylanma harakati butun olam tortishish kuchlari ta’sirida paydo bo‘ladi. Yuqoridagi barcha fikrlani birlashtirib, 1687–yilda Nyuton butun olam tortishish qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: moddiy nuqta deb qarash mumkin bo‘lgan har qanday ikki jism massalari ko‘paytmasiga to‘g‘ri va massa markazlari orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional kuch bilan bir–birini tortadi. Bu kuchning moduli quyidagicha ifodalanadi.
    (34)
    bu yerda, γ – gravitatsion doimiy bo‘lib, uning qiymati .
    Agar Yer sirtida massasi m ga teng bo‘lgan jism turgan bo‘lsa, u holda jism bilan Yer orasidagi o‘zaro tortishish kuchining modulini quyidagicha yozish mumkin4:
    (35)

    Yer sirtiga yaqin nuqtalarda joylashgan jismlarning Yer markazi tamon tortilishi og‘irlik kuchi deb ataladi. Og‘irlik kuchi quyidagi formula asosida aniqlanadi:


    (36)
    bu yerda g – og‘irlik kuchining tezlanish, g=9,8 m/s2 ga teng.
    Jism og‘irligi deb, tutib turuvchi taglikka yoki osmaga shu jism tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’sir kuchiga aytiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jismga qo‘yilgan, esa taglikka qo‘yilgan, ammo jismning harakatsiz holatida bu kuchlar modul jihatidan bir –biriga teng bo‘lib, yo‘nalishlari esa qarama – qarshidir.
    Yer o‘z o‘qi atrofida aylanganligi va qutblari tamon siqilganligi sababli, erkin tushish tezlanishining qiymati geografik kenglikki bog‘liq. O‘z navbatida og‘irlik kuchi ham geografik kengilikka bog‘liqdir. Ammo, bu o‘zgarish juda kichik bo‘lib 0,6% dan oshmaydi. Ushbu o‘zgarishlarni hisobga olmasak (35) ifodani (36) ifodaga tenglashtiramiz va erkin tushish tezlanishi uchun
    (37)
    ifodaga ega bo‘lamiz. Yuqoridagi ifodadan ko‘rinib turibdiki, erkin tushish tezlanishi masofaning kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayib boradi.
    Jismlarning (vakumdagi harakatidan tashqari) har qanday harakatida ishqalanish mavjuddir. Gorizontal yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil motori o‘chirilgandan keyin harakatining sekinlashib borishi, qiya tekislikda turgan taxtachaning tinch turishi ishqalanish tufayli sodir bo‘ladi.
    Ishqalanish tufayli jismlarning harakatiga to‘sqinlik qiluvchi kuch hosil bo‘ladi. Bu ishqalanish kuchi deb ataladi. Ishqalanish kuchi jismlarning bir – biriga tegib turuvchi sirtlariga urunma ravishda va harakat yo‘nalishiga esa qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.
    Bir – biriga tegib turgan jismlar orasidagi ishqalanish tashqi ishqalanish deb ataladi. Tashqi ishqalanishning: tinchlikdagi ishqalanish, sirpanishdagi ishqalanish va dumalashdagi ishqalanish turlari mavjud.
    Tinchlikdagi ishqalanish: gorizontal holatda yassi tekislikda bir bo‘lak taxtacha tinch turgan bo‘lsin. Taxtachaga - og‘irlik kuchi va unga qarama – qarshi yo‘nalgan reaksiya kuchi ta’sir etadi. Ular miqdor jihatdan teng ammo, yo‘nalishlari qarama–
    qarshidir. Taxtachaga kuch
    qo‘yilmaguncha o‘z joyidan qo‘zg‘almaydi. Demak, tinchlikdagi ishqalanishning maksimal kuchi, kattalik jihatdan jismni sirpantiruvchi eng kichik tashqi kuchga teng ekan.

    3-Rasm.
    Sirpanish ishqalanishi: birinchi jism ikkinchi jism sirti bo‘ylab harakatlanganda sirpanish ishqalanish yuzaga keladi. Sirpanish ishqalanish kuchi normal bosim kuchiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni,
    (38)
    bu yerda, µ - sirpanishdagi ishqalanish koeffitsienti bo‘lib, bir – biriga tegib turgan sirtlarning tabiatiga va holatiga bog‘liq. Bundan tashqari, u harakalanayotgan jismning tezligiga ham bog‘liqdir.

    4-Rasm.

    Download 374,83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish