4-mavzu: meva va sabzavotlarni saqlash usullarstrrepla



Download 36,65 Kb.
bet1/9
Sana25.05.2023
Hajmi36,65 Kb.
#943519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
portal.guldu.uz-4-Mavzu


4-MAVZU: MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASH USULLARI


R e j a:

  1. Sabzavot va mevalarni saqlashning ahamiyati.

  2. Meva va sabzavotlarni saqlash usullari. Saqlash sharoiti.

  3. Meva-sabzavot turlarini saqlash texnologiyasi-kartoshka, karam, ildiz mevaliklar, piyoz sarimsoq, pomildori bodring, tarvuz, qovun, olma nok, uzum va danakli mevalarni saqlash.

  4. Meva-sabzavotlarni saqlashning xalq usullari.

  5. Ayrim mevalar va uzumni saqlash



Tayanch iboralar: nisbiy namlik, poliyetilen xalta, konteyner, yashik, qirindi, karbonat angidrid, boshqariladigan gaz muhiti, etilen, antiseptik vositalar, fumigatsiya.
1. Kartoshka oziq-ovqat, em va texnik maqsadda keng foydalaniladi. Uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati katta bo‘lib, xalqda «ikkinchi non» so‘zlari bilan ifodalanadi. U yuqori darajada saqlash bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi. Mamlakatimizda yil bo‘yi turli maqsadni ko‘zlab mllionlab tonna kartoshka saqlanadi. Saqlash usullarini takomillashtirish va isrofni kamaytirish katta iqtisodiy samara beradi.
Kartoshkani saqlash muddati va isrof miqdori asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, hosil yig‘ib olingandan keyin chuqur tinchlik davridagi biologik xususiyatlarini anglatadi. U 1-3 oy davom etadi va navga, etishtirish hamda saqlash sharoitlariga bog‘liqdir.
Kartoshkani saqlash sharoitini belgilashda nav, saqlash davridagi fiziologik holatiga va xo‘jalikda foydalanishi inobatga olinadi. Oziq-ovqat maqsadida foydalaniladigan kartoshkani saqlashda quyidagi davrlar belgilanadi: hosilni yig‘ib olingandan keyingi davolash-etilishi, chuqur va majburiy qismlarni o‘z ichiga olgan asosiy davr va bahorgi unish davriga bo‘linadi.
Davolash-etilish davri etilishi va mexanik shikastlarni bitishiga qarab bir necha kundan 2-3 xaftagacha davom etadi. Davolanish - etilish davrida bu jarayonlarni o‘tishi uchun sharoit yaratish kerak. Bunda harorat +15 +200 va havoning nisbiy namligi 85-95 foizligi ma’qul. Davrning oxirida harorat +100 gacha tushirilib, mevalarni sovutishga o‘tiladi. Davolash davridan so‘ng harorat taxminan +2 +40, navga qarab belgilanadi, chunki xuddi shu sharoitda mevalarda moddalar almashinishi balans holga kelib, sekinlashishi kuzatiladi.
Kartoshka sovutish, ya’ni davolanish davridan asosiyga tezda o‘tkaziladi va mevalarni uzoq saqlashga, unmaslikka, hamda mikrobiologik buzilishni oldini olishga erishiladi. Odatda, tabiiy shamollatilatiladigan omborlarda bu 40-60 kun, faol shamollatilatiladigan omborlarda esa 20-30 kun davom etadi, ya’ni harorat bir kecha-kunduzda 0,5-10ga pasaytirilib boriladi. Asosiy saqlash davrida havoning nisbiy namligi 90-95 foiz bo‘lishi kerak.
Bahorgi davr ma’suliyatli hisoblanadi, chunki fevralning oxiri martning boshlarida mevalarda kurtaklar o‘sa boshlaydi. Kurtaklarni o‘sishini to‘xtatish uchun bu davrda asosiy davrga nisbatan 1-30 pasaytiriladi. SHunday qilib, mevalardagi kurtaklarni o‘stirmasdan aprelning oxiri mayning boshlarigacha saqlashga erishish mumkin. Yana ham uzoq muddatga kartoshkani saqlash uchun sovutgichlarda, o‘sishni to‘xtatadigan kimyoviy preparatlardan va radioaktiv nurlanishdan foydalanish mumkin.
Kartoshka urug‘lik maqsadida +2 +40 S haroratda saqlanadi. Qovuriladigan kartoshka tayyorlash uchun mo‘ljallangan mevalar uchun alohida sharoit yaratiladi. Qandlar miqdorini ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harorat +8+100S atrofida bo‘ladi. Agar qayta ishlash muddati kechiktirilsa avval odatdagi haroratda, ya’ni 40S, qayta ishlashga 1-2 hafta qolganda esa +10 +150S gacha oshiriladi.



Download 36,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish