Temperaturaning deformatsiyalangan metallar strukturasiga va xossalariga ta’siri
S. S. Shteynberg tadqiqotlariga ko‘ra, metallni deformatsiyalash uchun sarf qilingan
energiyaning 90% issiqlik energiyasi tarzida ajralib chiqadi, 10% metallda ichki kuchlanish hosil
qiladi. Ichki kuchlanish 3 turga bo‘linadi: 1 - tur kuchlanishlar makrohajmlarda, ya’ni butun metall
hajmida, 2 - tur kuchlanishlar ayrim donalar - zarrachalar hajmida, 3 - tur kuchlanishlar esa ayrim
kristall panjaralar doirasida muvozanatlashadi. 3 - tur kuchlanishlar ta’sirida kristall panjara
buziladi - atomlar muvozanat holatidan siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |