2. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va xar tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariya-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ruy bergan baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday taxlillar turdosh korxonalar buyicha xam o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek, ko‘rilayotgan yoki loyixalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz xodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyihalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |