4-mavzu. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini
tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment.
Reja:
1.
Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga
oshirish. Hisobli eksperiment.
2.
Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD dasturlari misolida statik
va dinamik modellarni amalga oshirish.
3.
Tizim tarkibida dasturlash.
Tayanch so’zlar va iboralar:
CAE, EDA, ECAD, ALT, Kompac, Catia,
SolidWorks,
AutoDesk Inventor, Matlab, MathCad. Taemoq, telekonferensiya,
web-texnologiya, web-sayt, e-mail, dinamik sayt, Joomla, 1C-Bitrix, Drupal, Java,
JavaScript, hosting, domen, shina, kabel.
1.
Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda
amalga oshirish. Hisobli eksperiment
.
Ilmiy texnika taraqqiyoti hisoblash texnikasini keng qo`llanishi asosida
jarayonlar va tizimlarni avtomatik hamda avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlaridan foydalanib, mamlakatimiz halq xo`jaligiga fan texnikaning eng yangi
yutuqlarini keng-ko`lamda qo`llab borishni taqazo etadi.
Halq xo`jaligini muvaffaqiyatli boshqarish uchun ularning alohida sifat
ko`rsatkichlarini hisobga olish etarli emas. Murakkab
tizimlarni va jarayonlarni
to`la tahlil qilish uchun texnik kibernetikaning usullarini keng qo`llash zarur
bo`ladi. Ishlab chiqarishda tobora keng yoyilib borayotgan texnik–kibernetika
tadbiqiy fan bo`lib, bu fan nazariy kibernetika ishlab chiqqan vositalar bo`yicha
murakkab jarayonlar va tizimlarni EXM yordamida, kompyuterlar yordamida
boshqarish usullarini o`rganadi.
Hozirgi davrda
modellashtirishning regression, korrelyatsion, o`xshash,
taqlidiy, argumentlarni guruxlab hisobga olish usullari keng tarqalgan.
Matematik modellar ob’yektni nazariy va amaliy tahlil qilish natijasida
yaratiladi. Tajribalarni matematik rejalashtirish usullari qaralayotgan jarayon yoki
tizimning matematik modelini chiquvchi ko`rsatkichga ta’sir etuvchi faktorlarning
o`zgarish miqyosida optimal usulda qurish imkonini beradi
Jarayon va tizimlar asosan murakkab operatsiyalarni
bajarishni talab
etadigan kategoriyani tashkil etadi. Bunday ob’yektlar odatda ko`p sonli o`zaro
bog`langan faktorlar, nazorat qilish mumkin bo`lgan ta’sirlar, ba’zi
faktorlarni
o`lchash xatoliklari va vaqt mobaynida tasodifiy o`zgarishlar bilan baholanadi.
SHuning uchun jarayon va tizimlarni ilmiy tadqiqot qilish quyidagi
maqsadlarni ko`zlaydi:
1)
jarayon yoki tizimning mohiyati va qonuniyatlarini ochish;
2)
ob’yektning optimal ishlashi yo`lini
aniqlash;
3)
ob’yektning statik va dinamik xususiyatlarini aniqlash va shunga
o`xshashlar.
Tadqiqot natijalari jadval, grafik va tenglamalar ko`rinishlarida bo`lishi
mumkin. Hozirgi davrda jarayonlar va tizimlarni keng miqyosda
avtomatlashtirilayotganligi tufayli ularning matematik yozuvlarini ishlab chiqishga
katta ahamiyat berilmoqda. Jarayon yoki ob’yektning matematik yozuvi- bu
kiruvchi va chiquvchi faktorlar orasida bog`lanishni o`rganuvchi
matematik
modeldir, ya’ni
(4.1.)
{
Yi = f{Xi}
Yi = {y1. y2, … yn}, Xi = {X1, X2, … Xn}
bunda Y – jarayon va tizimning chiquvchi ko`rsatkichlari. Ko`pincha bu
ko`rsatkichlarni optimallashtirish mezoni (kriteriysi), maqsad funktsiya, «qora
yashik»ning chiqish ko`rsatkichlari yoki dinamik tizimning reaktsiyasi deb ataladi;
X- kiruvchi ko`rsatkichlar (faktorlar) to`plami. Kiruvchi faktorlar
argumentlar,
kirish ko`rsatkichlari, «qora yashik» ning kirish ko`rsatkichlari yoki ob’yektga
tashqi ta’sir
etuvchilar deb ham ataladi; f{}- simvol jarayon (4.1.) tizimning
matematik modelidir.