4.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Biznes rejaning ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes rejaning ahamiyati katta bо‘lib, kо‘pgina korxona va tashkilotlarda biznes rejani bozorni va iste’molchilarning talabi va taklifi о‘rganilgan holda mahsulot ishlab chiqarishmoqda.
Biznes rejani menejer, iqtisodchi, hisobchi, fermer, tadbirkor va konsalting xizmati tashkiloti tayyorlashi mumkin.
Yirik korxona rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish uchun kengaytirilgan biznes reja tuziladi. Bunday korxonalarning hammasi ishlab chiqarilayetgan mahsuloti va xizmatlarini zamonaviylashtirishni kо‘zda tutadi. Tavakkal qilib mahsulot chiqaradigan korxona ilk bor yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda muntazam ishlar olib boradi.
Biznes rejani ishlab chiqadigan mutaxassislar guruhining asosini iqtisodchilar, statistlar tashkil etadi. Biznes reja vaziyatini korxonada va tashqarida qanday bо‘lishi ifoda etadi. Bozor iqtisodiyotida biznes reja tadbirkorlikning barcha sohalarida qо‘llaniladigan bir ish asbobidir. Biznes reja doimiy huquqiy hujjat bо‘lib, muntazam ravishda yangilanib sharoitlarga qarab о‘zgarishlar kiritiladi.
4.2. Biznes reja tuzish bosqichlari va undan foydalanish
Biznes-reja firmaning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga u korxona taraqqiyotining umumiy konsepsiyasiga asoslanadi. Strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini bir muncha batafsil bayon etadi, aniq chora tadbirlarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
Biznes reja korxonaning ichki hujjati bо‘libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Biznes rejada asosiy muhim masalalar yoritilgan bо‘lib, reja ravon, tushunarli qilib bayon etilgan bо‘lishi kerak. Biznes rejani har qanday kishilar ham о‘qishi, о‘rganishi mumkin.
Biznes rejada mо‘ljalannayotgan loyihaning mazmuniga qarab uning о‘ziga xos hususiyatlarini aks ettiradigan bо‘limlar bо‘lishi mumkin. Lekin, biznes rejadagidek bu ish hujjatning mazmuni о‘xshash bо‘lib quyidagilarni о‘z ichiga oladi.
Rezyume;
Tovar (mahsulot yoki xizmat turlari);
Hozirgi kunda jahon amaliyotida biznes rejaning 5 tadan 18 tagachabо‘lgan kо‘rinishlari mavjud. Biznes rejalar tarkibi biznes mazumni, mohiyati doirasi va darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Biznes rejaning taxminiy kо‘rinishi quyidagicha bо‘ladi:
1-bо‘lim. Firma imkoniyatlari (kirish).
2-bо‘lim. Tovarlar (xizmatlar) turlari.
3-bо‘lim. Tovarlarni sotish bozorlari,
4-bо‘lim. Sotish bozorida raqobatning holati.
5-bо‘lim. Marketing rejasi.
6-bо‘lim. Ishlab chiqarish rejasi.
7-bо‘lim. Tashkiliy reja.
8-bо‘lim. Firma faoliyatining huquqiy ta’minoti.
9-bо‘lim. Tavakkalchilikni baholash va sug‘urta.
10-bо‘lim. Moliya bо‘limii.
11-bо‘lim. Moliyalashtirish strategiyasi.
Korxona biznes rejasining ayrim bо‘limlarini tuzib chiqishning о‘ziga xos hususiyatlarini quyidagi ma’lumotlarda aks ettirilishi kerak:
- korxona nomi;
- manzilgohi;
- mulk shakli;
- telefon yoki faks;
-tashkilotchilarning ismi sharifi, familiyasi, manzili;
-korxona faoliyati va biznes hususiyati;
-moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj va moliyalashtirish manba’larni kо‘rsatilishi;
- biznes reja tuzilgan kun;
- biznesrejatuzuvchiningismi va famiyaliyasi.
Biznes rejaning kirish qismida biznesning mazmuni qisqa va ochiq tasvirlangan bо‘lishi kerak. Kirish qismini yozishda tadbikrkorlardan quyidagilar talab qilinadi:
- korxona faoliyat kо‘rsatishi uchun kо‘zda tutilgan maqsadlar;
- texnologiya holati;
- о‘tgan faoliyat haqida qisqacha tahlil ma’lumoti;
- yetarli darajada malakali boshqaruvchilar mavjudligi haqida ma’lumotlar;
- kо‘zlangan maqsadva moliyaviy natijalarni qisqacha mazmuni;
- zaruriy mablag‘ning hajmi, shakllanish mexanizmi, muddati va kreditni qaytarish qobiliyati va boshqalar.
Biznes rejani har bir bо‘limini qisqacha alohida yoritish maqsadga muvofiqdir. Bо‘limlar mazmunida takrorlanishlar bо‘lishi mumkin, chunki tugallovchi matn biznes reja va bо‘limlar matniga bog‘liq.
Bо‘limning asosiy vazifasi, menejerlarning biznes rejani muhim holatlarini va ularni qisqa, aniq tasvirlash qobiliyatini kо‘rsata olishdir. Maqsadni о‘ta keng va qisqa yoritish, ayrim holatlarni unutib qoldirishga va investorlarni korxona faoliyati haqida notо‘g‘ri tushunchaga olib keladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar Biznes-reja qanday hujjat?
Korxona, firmalarda biznes-rejaning ahamiyati nima?
Biznes-reja qachon va kim tomonidan tuziladi?
Biznes-reja nimalarni о‘z ichiga oladi?
Biznes-rejani tuzishda qanday hujjatlardan foydalaniladi?