4-Mavzu. Klassik iqtisodiy maktabga muxolif g'oyalarning vujudga kelishi.
(2-soat). Reja:
Muxolif iqtisodiy g'oyalar paydo bulishining tarixiy shart-sharoitlari va xarakteristikasi.
T. Maltus. Uning «Nufus nazariyasi», qiymat nazariyasi va foyda masalalarining klassik maktabga xos ziddiyatlaridan foydalanish. T.Maltusning realizatsiya
nazariyasi.
J.Mill (otasi) D. Mak-Kullox va boshqalarning asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar. J.S.Mill (ugli)ning tadqiqot predmeti va ijtimoiy islohot dasturi.
F.Bastia (Frantsiya), G.Keri (AKSh)ning kontseptsiyalari. Xizmat ko'rsatish nazariyasi. N.Seniorning «tiyilish» va «so'nggi soat» nazariyalari.
J.B.Sey. Uning metodologiyasi, qiymatning tahlili, ishlab chiqarishning uch omili (kapital, er, mehnat) va kapitalning qiymati unumdorligi haqidagi uylar. «Sey qonuni», umumiy ortikcha ishlab chiqarish extimolining rad etilishi.
F.List va uning «Siyosiy iqtisod» sistemasi. Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschilari. V.Rosher, K.Knis, B.Gil'debrand. Sismondi, Prudon va Rodbertus. Mayda ishlab chiqarish nazariyalari mohiyati. XVIII asr oxiri XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy axvol, mayda ishlab chiqarish imkoniyatlari, yollanma mehnat kengayishi nazariyalarning rivojlanishi. Sismondi, Prudon va Rodbertus qarashlaridagi umumiylik, xususiylik. Sismondining iqtisodiy qarashlari. Sismondi (1773-1842) mayda ishlab chiqarishga munosabat; mehnat, qiymat va pul, ijtimoiy fanning ikki qismi: oliy siyosat va siyosiy iqtisod. Sismondi uslubiyati. kapitalizmga munosabat, milliy daromad va kapital muammosi, uchinchi shaxslar nazariyasi. Prudon va Rodbertusning iqtisodiy g'oyalari. Prudon (1809-1865) kapitalizmni isloh kilish kontseptsiyasi, qiymatning abadiy g'oyasi, belgilangan qiymat. Rodbertus (1805-1875)- qo'shimcha qiymat va taqsimot nazariyalari
Iqtisodiyotda matematik uslublar A.O.Kurno. «Talab qonuni», talabning elastikligi.
I.G.Fon Tyunen. Iqtisodiy model. Optimallashtirish. Ekonometrikaga asos solinishi.
Dastlabki marjinalistik g'oyalar (chegaraviy miqdorlar).
Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g'oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog'liq. Bo'lajak olim Lionda savdogar oilasida tug'ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U yaxshi ta'lim oldi, ammo savdo sohasida ancha erta xizmat qila boshladi. O'zi o'qidi. U inqilobni qo'lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. Uning birinchi asari «Siyosiy iqtisod risolasi» 1803 yilda chiqdi va hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh asari sifatida qoldi. 1817 yilda «Siyosiy iqtisod katexizisi» (Katexizis - grekcha «nasixat», «qo'llanma» mazmuniga ega), 1828-30 yillarda olti tomlik «Siyosiy iqtisod kursi» kitobi ham chop etildi. Bu kitoblarda u sanoat burjtiaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo'llab-quvvatlovchi olim sifatida ma'lumdir.
Sey Smit ta'limotini targ'ib etish va sistematik izohlash bahonasida uning ilmiy jihatdan ancha bo'sh g'oyalarini rivojlantirdi va tartibga soldi. D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho berdi va uning, ya'ni «Sey qonuni» ni tan olgan.
Olimning tadiqot predmeti sifatida avvalo jamiyatning moddiy farovonlik problematikasi qaraladi, boylikning manbai esa millatning iqtisodiy potensialiga bog'liqdir. Tadqiqot uslubida esa aniq fanlar (mas.,fizika) tajribasidan foydalanish kerak deydi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur - deganidir. Taniqli iqtisodchi J. K.Gelbreyt fikricha, «Sey qonuni»ni tan olish yoki olmaslik XX asrning 30-yillarigacha iqtisodchilarni ahmoqlardan ajratish belgisi sifatida qaralgan. Bu qonunda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat sinflari manfaatlarining uyg'unligi( garmoniyasi) asosiydir. Lekin uning fikrlarida o'ta soddalik va yuzalik alomatlari ko'pdir.
Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo'ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol. Bu klassifikasiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi yuzaki bog'lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste'molning iqtisodiyot fanining mustaqil bo'laklari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan enma-en qo'yilishi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib ko'rsatiladi, chunki ma'lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim taqsimot va iste'molning ma'lum tarkibini vujudga keltiradi.
XIX asrning boshlarida shu uch omilga asoslangan g'oyalar rivoj topdi. Mehnat - ish haqi, kapital - foyda, er - renta: shu uch o'zaro bog'liq (uch birlik) formula Sey ta'limotida muhim o'rinni egallaydi. Uning qiymat va daromadlar to'g'risidagi ta'limoti o'ziga xos ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas, uning foydaliligi bilan aniqlanadi, shunday qilib «Foydalilik nazariyasi»ga asos solindi. Bu nazariyaga ko'ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik esa predmetlarga qimmat beradi, «qimmat foydalilik o'lchovidir» deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarflangan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib Sey qiymatni iste'mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va alohida qaraladi. Shuni eslatib o'tish kerakki, A.Smitgacha almashuv qiymati foydalilik bilan albatta va bevosita bog'liq bo'lmasligi mumkin, masalan, nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo'lgan narsalar ham past qiymatga ega bo'lishi mumkin, ayrim narsalarning esa umuman qiymati yo'q, bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Bu masala bo'yicha turli fikrlar mavjud bo'lib, uni to'laroq keyingi boblarda ko'rib chiqamiz (marjinalizm g'oyasining asosi ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatasiya inkor etiladi.
Seyning daromadlar nazariyasida foydaning izohlanishi diqqatga sazovordir. «Mexnat» omili ishchilar uchun ish haqini «kapital» omili sohib uchun foydani «ег» omili esa er egasi uchun renta daromatlarini yuzaga keltiradi Biz bilamizki, foyda ssuda foizi va tadbirkorlik daromadidan iborat, uning birinchisi kapital egasi sifatida kapitalist tomonidan (kapital yaratadi), ikkinchisi korxona boshlig'i sifatida kapitalist tomonidan o'zlashtiriladi. Seyning fikricha tadbirkorlik foydasini yollanma boshqaruvchi ham olishi mumkin bo'lgan ish haqi turigina emas. Bu maxsus va muhim jamoat funksiyasini bajarganlik, ya'ni mohiyat - e'tiboriga ko'ra ishlab chiqarish omillarini rasional birlashtirganligi uchun beriladigan mukofotdir. Shunday qilib, tadbirkor va ishchi o'rtasidagi farq ish haqi darajasida deb ko'rsatiladi. Tadbirkor, ishbilarmon maoshining yuqori bo'lishi esa ularning yuqori
vazifalari, talanti, faoliyati, tartib va boshqarish ruhi tufaylidir.
Sey ishchilarning ekspluatasiyasini inkor etibgina qolmasdan, balki ularning kelajagi porloq degan g'oyani ilgari suradi. U kapital o'sishi bilan «quyi sinflar»ning ahvoli yaxshilanadi va ular «yuqori sinflar» safini to'ldirib boradi, deb o'ylagan.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni», «bozorlar qonuni» yoki «sotish nazariyasi» hisoblanadi. Fiziokratlar merkantilizmni tanqid qilganda shu g'oyadan foydalanganlar.
Seyning bu qonunida proteksionalizmga qarshi fikr bildiriladi, chunki bu siyosat chet el mahsulotlarini keltirish, ya'ni import va ichki tovarlarni sotishga to'siqdir. To'la savdo erkinligi hamda stixiyali tartibga solinuvchi kapitalistik ishlab chiqarish Seyning asosiy g'oyasidir.
Seyning «bozorlar nazariyasi» ko'p munozaralarga sabab bo'ldi, haqiqatdan ham ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan, ya'ni mahsulot boshqa mahsulotga ma'lum nisbatda almashtirilgan, unda xarid qilish va sotish jarayonlari albatta mos kelgan. Ammo eng oddiy tovar muomalasida yoki xarid qilish sotishga hamohang bo'lishi shart bo'lmay qoldi, tovarni sotgan odam darhol boshqa tovar xarid qilmasligi ham mumkin bo'lib qoldi. Sotish va xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib turadi, shu tufayli inqirozlarga abstrakt imkoniyat tug'iladi. Kapitalizm davrida bu imkoniyat haqiqatga aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy krizis 1825 yilda ro'y berdi va doim ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi.
«Sey qonuni»ning ijobiy tomoni shundaki, unga ko'ra kapitalizm o'z rivoji davomida o'ziga o'zi bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb qaraladi va Sismondining kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizasiya muammosini hal etishda «Uchinchi shaxslar»ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda oldingi bobda fikr yuritilgan). Sey argumentlariga asoslanib, burjuaziya demokratik davlat apparatini qisqartirish, savdo va sohibkorlik erkinliklari to'g'risida progressiv g'oyalar ilgari surildi.
T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqilobi amalga oshayotgan yillar bo'lib, qayta ishlab chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar armiyasi ko'paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning asosiy asarlari quyidagilar: «Aholi nufusi qonuni to'g'risidagi tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o'sishi to'g'risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820 yilda yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar uning dsti D.Rikardoning «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo'lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo er egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo'yilsa, ularning ikkalasini qo'llab-quvvatladi, hukmron sinflarni oqladi, ommaning och-yalang'ochligi va og'ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish kerakligini u xayoliga ham
keltirmadi, buni o'ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiygina tushuntirishga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |