Insonning rivojlanishi-tashqi va ichki, boshqariluvchi va boshqarilshiga berilmaydigan omillar tomonidan shaxsning shakllanishi jarayonidir. Ularning tarkibida albatta, maqsadga yo’naltirilgan tarbiya asosiy rol o’ynaydi. Maktabdagi o’qitish jarayonida ta’lim, tarbiya va ma`lumot o’zaro mustahkam bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Inson shaxsining shakllanishida ma`lum maqsadga qaratilgan o’zi tushunib yetib orzu qilgan (o’zi mustaqil tarbiyalay oladigan) fazilatlar, sifatlar va xulqlarning shakllantirilishi katta ro’l o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |