Ta`limning politexnik xususiyatga egaligi - nazariyani amaliyot bilan bog’lab o’tishda politexnik tamoyil asosiy rolni o’ynaydi. Kollej ustaxonalaridagi kasb talimining mazmuni, ya`ni mashinalar, mexanizmlar, asboblarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, shuningdek, texnologik jarayonlar, mehnat usullari va amaliy mag’shulotlarning bajarish yo’llari haqidagi texnikaviy ma`lumotlar politexnik xarakter kasb etadi.
Politexnik tamoyil shu bilan ham xarakterlanadiki, o’quvchilarga mavzuga mos ravishda ishlab chiqarish sohalaridagi avtomatlar, moslamalar, ishlab chiqarish jarayonlari haqida tushunchalar berib borishni bildiradi. Masalan: tikuvchilik korxonalarida yengil ko’ylaklarni tikishda yoqaga ishlov berish, cho’ntak, burmalarga ishlov berish, shuningdek, issiqlik ishlovi berish; yorib dazmollash, presslash, bustab dazmollash tushunchalari o’quvchilar ongiga singdirib boriladi. Demak, o’qituvchi ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklarni mehnat ta`limi darslari bilan bog’lab olib boradi, natijada o’qituvchi texnika va fandagi yangiliklarni o’quvchilarga yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |