4-mavzu. Jaxon dinlari: buddizm va xristianlik Reja



Download 69,05 Kb.
bet12/13
Sana31.12.2021
Hajmi69,05 Kb.
#211571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
maruza dinshunoslik 4 мавзу 32b3b246a5682951519763c86753a530

Protestantlik – bu ham xristianlikdagi yana bir yo‘nalish bo‘lib, katolik va pravoslavdan farqli o‘laroq, diniy qarashlar jihatidan ham, cherkovlar orasidagi munosabatlar jihatidan ham bir xil bo‘lmagan yo‘nalishlarni faqatgina kelib chiqishi jihatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish harakati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablarni yuzaga keltirilgan.

Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e’tirof etish bilan bir qatorda, u gunoxdan xalos bo‘lishning yangi usullarini ilgari surdi. Iso Masihning kishilar gunohini yuvishga qaratilgan o‘zini-o‘zi qurbon qilishiga ishonch, dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligiga ishonch, Bibliyaning oliy nufuziga ishonch orqali xalos bo‘lish ana shular jumlasiga kiradi. SHunday qilib protestantlik xudojo‘ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi ko‘rinishidan ichki hayotiga olib o‘tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog‘ladi. Protesttantlik Bibliyaga sig‘inishning o‘ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan protestant islohotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, dindorlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma’naviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun ko‘maklashishlarga aloxida e’tibor bermoqda. SHuningdek, u ilohiyotchilikka oid bo‘lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslavdagi boshqa, shu qatorda islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan umumiy aloqalarni izlamokdalar; fan namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o‘rtasidagi muloqotlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining tashabbuskori bo‘lmoqdalar.

Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qilgan (faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho‘kintirishlar saqlanib qolgan). O‘lganlarga bag‘ishlab duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga turli-tuman bayramlar o‘tkazish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinishlar bekor qilingan. Ibodat uylari ortiqcha bezaklardan, mehrob, sanam, haykallardan xoli qilingan; monostrlar va monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning uylanmaslik sharti bekor qilingan. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharxlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.

Lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik, kalvinizm, svingchilik protestantlikning ilk shakllari bo‘lgan. Keyinchalik "so‘ngti protestantlik" umumiy nomi bnlan ma’lum bo‘lgan bir qancha diniy oqimlar, tashkilotlar paydo bo‘lgan.

Markaziy Osiyoda ham protestantlik tarafdoroari uchraydi. Lyuteran jamoalari a’zolari Kirg‘izistonda, Qozog‘istonda va Tojikistonning Janubiy tomonlarida, Turkmanistonda, O‘zbekistonda, chunonchi Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida yashaydilar. Bular asosan nemis millatiga mansub bo‘lgan dindorlardir. Toshkentdagi lyuteranlarga, diniy toat-ibodatlarini bajarishlari uchun, umumiy diniy ehtiyojlarini qondirish uchun ular ixtiyoriga 30-yillarda qurilgan Kirxa berilgan. Dushanbada ana shunday diniy maqsad uchun dindorlarning mablag‘lari xisobiga va keng jamoatchilikning, jumladan xorijiy mamlakatdagilarning ishtirokida yangi Kirxa qurilgan. Bu jamoada diniy hayot bilan bog‘liq cho‘qintirish, marhumga janoza o‘qish, balog‘at yoshiga etganlarni dindorlar safiga ko‘shish va nikoh o‘qitish marosimlari o‘tkaziladi. Diniy bayramlar muntazam nishonlanadi, diniy targ‘ibotlar, va’zlar o‘qiladi, diniy muloqotlar tashkil qilinadi.

Markaziy Osiyoda boshqa protestant yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib, ular baptistlar, adventistlar, iegovistlar, pyatidesyatniklar, menonitlar deb ataladi. Bu sektalar hozirgi sharoitdagi tarixan o‘zgarishlar ta’sirini o‘zida muayyan tarzda ifoda etgan diniy jamoalar va guruxlardan iborat. Ular kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi vaziyatlarga, eski rus sektantchilik shakllariga, protestantlik harakatiga, pravoslavdagi eskicha marosimchilik va boshqa yo‘nalishlarga, ya’ni 1917 yildan oldingi cherkovlar orasida ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarga borib taqaladi.

Eski an’anaviy rus sektantchiligiga Rossiyadagi krepostnoy sharoitlariga, uning g‘oyaviy himoyachisi bo‘lgan hukmron pravoslav cherkoviga, chorizmga nisbatan keng dehqonlar ommasining ijtimoiy noroziliklarini o‘zida ifoda etuvchi diniy harakatlar asosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida vujudga kelgan duxobarlar, molokonlar, xristoverlar, subbotniklar, ekopchilar, iegovist-ilinchilar va boshqalar kiradi. Ular sektantchilikning birinchi toifasini tashkil qiladi.

An’anaviy rus sektantchiligining tarafdorlari ularni chor hukumati va pravoslav cherkovi ta’qib etishi natijasida Stavropol o‘lkasiga (keyinchalik u erdan Kanadaga), Sibirga, Kavkaz ortiga, Markaziy Osiyoga) ko‘chib ketganlar. Markaziy Osiyoda xristian sektantchiligining paydo bo‘lishi va tarqalishi bu erlarni Rossiya chorizmi bosib olishi va pul-tovar munosabatlarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Hozirgi kunlarda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hududlarda son jihatdan uncha ko‘p bo‘lmagan molokan, duxobar, xristover mavjud. Toshkentdagi molokan birodarlari jamoasi va Jizzaxdagi jimturmas (prigun) molokanlar jamoalari respublikadagi eng katta jamoalar hisoblanadilar. Molokanlarning katta bo‘lmagan guruxlari Samarqand, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida ham bor.

Sektantchilikning ikkinchi toifasiga G‘arb mamlakatlarida kapitalizm taraqqiyotining turli bosqichlarida vujudga kelgan va Rossiya imperiyasi hududida, jumladan, Turkistonda ham burjua munosabatlari shakllanish jarayonida va faol missionerlik harakatlari natijasida qaror topgan sektantchilik kiradi. O‘z muxlislarining soni jihatidan eng kattasi – baptistlar (yunoncha suv bilan cho‘qintirish) birlashmasidir. O‘zbekistondagi xristian sektalarining 65 foizdan ko‘prog‘ini baptistlar tashkil kiladi. Diniy ta’limot va marosimchilik borasida baptizm an’anaviy protestantchilik asoslariga tayanadi va o‘zining yangi asoslarini ham yaratadi; chunonchi, ular faqatgina balog‘at yoshiga etganlarni yangitdan cho‘qintirishadi va o‘z saflariga qo‘shadilar. Bu marosimni tabiiy suv havzalarida bajaradilar. CHo‘qintirish, non va vinoni tatib ko‘rish kabi sirli marosim sifatida emas, balki ramziy marosimlar, harakatlar sifatida qabul qilinadi. Ibodat uylarini jihozlashda xristianlikning ramziy belgilari ishlatilmaydi; ibodatlarning o‘zi Bibliyani o‘qishlar va sharxlashdan iborat bo‘lib, targ‘ibotlar va ashula aytishlar bilan qo‘shib olib boriladi.

1944 yili sobiq SSSR dagi baptistlar jamoalari injilchi-xristianlar bilan birlashganlar. 1945-1947 yillarda bu birlashma ittifoqiga pyatidesyatniklar jamoasi, 1963 yili esa mennonitlar jamoalari ham qo‘shildilar. Injilchi-xristian-baptist jamoalari sobik SSSR da Injilchi-xristian baptistlar kengashi tomonidan boshqarilib turildi. (Bu 1990 yilda injilchi-xristian baptistlarning ittifoqi degan nom oldi). 60-yillarda bularga karshi bo‘lgan markaz tashkil topdi; injilchi-xristian baptistlar cherkovining kengashi degan nom oldi. Uzoq yillardan buyon bu markaz norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmokda.

O‘zbekistonda baptizm XIX asrning oxirlaridan beri mavjud bo‘lib, uning Toshkentdagi jamoalari, shu jumladan, "Ettinchi kun" adventistlari Islohchi-adventist, pyatidesyatniklar, menonchilik, injilchi-xristian baptistlar kengashi, iegova shohidlari kabi protestant jamoalari xam mavjud.

Protestantlik boshqarmalarining Markaziy Osiyo rahbariyati o‘z diniy faoliyatlarini yanada faollashtiradigan vositalarni muntazam tarzda izlamokda; jamoalarning tuzilishlarini mustahkamlaydigan jiddiy tadbirlar bilan shug‘ullanmokda; targ‘ibot-tashviqot ishlariga alohida e’tibor berib, diniy g‘oyalarni, ibodatlarni hozirgi sharoitga moslashtirib, zamonaviylashtirmokda. Bu hol Markaziy Osiyo protestantlik yo‘nalishlaridagi jamoalar va ularning tfrafdorlari soni jihatdan birmuncha ko‘payishiga, dindorlar orasidagi muayyan boshboshdoqlik kayfiyatlari yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmokda.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil respublikalarda demokratik o‘zgarishlarga muvofiklashishga intilyaptilar; islohot jarayonlarining rivojlanish to‘lqinlarida targ‘ibot ishlarini faollashtirmokdalar; dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol ishtiroklarining o‘zlariga ma’qul bo‘lgan shakllarini belgilamoqdalar.

Ma’lumki, dinlar va dindorlar orasidagi o‘zaro xamfikrlik va muloqotlar jamiyat taraqqiy etgan sari rivojlanib boradi. Dinlar orasidagi muloqotlar, hozirgi davrning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan masalaga aylanmoqda. O‘rta Osiyo dindorlari orasidaga aloqalar, munosabatlarning yanada chuqurlashuvi ular rahbariyati va oddiy dindorlarning eng dolzarb ma’naviy-axloqiy muammolarini, tabiatni asrash va uni muhofaza qilish, bolalar va qariyalar haqida g‘amxo‘rlik, tinchlikni saqlash va xayriya ishlari, jamiyatiing demokratik jarayonlariga va uning ijtimoiy, siyosiy jihatlardan rivojlanishiga ko‘maklashishlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratilgan hamkorliklar asosida rivojlanmoqda.

Abu Rayxon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida nasroniylarni bir necha guruhlarga bo‘linishini yozib, ularni quyidagicha tartiblaydi.

1.Malikoiya3, ya’ni rumliklardir. Ularning bu nom bilan atalishlarining sababi, Rim podshohi shular mazhabida bo‘lgan va Rimda bulardan boshqa nasroniy guruhi bo‘lmagan.

2.Nasturiya guruhi. Bular Iskandar erasining etti yuz yigirma nechanchi yilida4 o‘z e’tiqodini yuzaga chiqargan Nasturisga mansubdirlar.

YOqubiya guruhi. Bu uchala guruh nasroniy jamoalarining eng mashhur guruhlaridandir.

Bu guruhlar orasida din asosi – lohutiyat (ilohiylik), nasutiyat (insongarchilik) va ittihoda (shu ikkisining Iso payg‘ambarda mujassamlashishi) masalalarida ixtiloflar bor. SHu ixtiloflar sababli ular bir-biridan ajraladilar.

Bulardan tashqari nasroniylarning arivisiya guruhi ham mavjud bo‘lib, bularning Iso payg‘ambar haqidagi fikrlari musulmonlarnikiga juda yaqindir5.




Download 69,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish