Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati. Hozirgi davrni aksariyat faylasuf olimlar global inqirozlar davri deb atamoqdalar. SHu nuqtainazardan qaraganda falsafa va fan sohasi vakillari uchun insoniyat kelajagini bashorat qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham olimlar o‘rtasida “prognostika”, “futurologiya”, “innovatsion loyihalashtirish”, “globalistika” va boshqa shu kabi sohalarga tegishli bo‘lgan muammolar tahliliga alohida etibor qaratilmoqda. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, bugungi tizimli global inqirozni oldindan bashorat qila olmagan, uning sabablari va ildizlarini yoritaolmayotgan ananaviy fanning inqirozi yuz bermoqda. Shuning uchun ham murakkab global o‘zgarishlarni atroflicha tahlil qilish va insoniyat kelajagini bashorat qilishda yangi ilmiy paradigmalarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. Darhaqiqat, ananaviy fan doirasidan turib global inqirozni bartaraf etish va barqaror taraqqiyot modeliga o‘tish mumkin emas. Bulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, bugungi kunda insoniyat ham global, ham milliy masshtablarda sifat jihatdan butkul yangi taraqqiyot yo‘liga kirish uchun chiziqli tafakkurdan ancha yuqori bo‘lgan va eng to‘g‘ri paradigmal yondoshuvini izlab topish va unga amal qilishga zarurat sezmoqda. Bu boradagi muammolarni hal etishda ilmiy bashorat imkoniyatlariga katta ilinj va qiziqish bilan qaralmoqda. SHu o‘rinda takidlash kerakki, globallashuv tufayli yuzaga kelgan muammolarni tushuntirish bir qiymatli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Faqatgina ayni bir xulosani global o‘zgarishlarga doir turli qonunlar va shartlardan keltirib chiqarilishi mumkin. CHunki agar empirik gipotezadan bir muncha bashoratlar yani avvaldan aytish kelib chiqsa, ularning hammasi bir – biriga muvofiq va ularning hammasini konyunksiya vositasida bitta murakkab davoga birlashtirish mumkin. Hozirgi kunlarda nohush prognozlar va pessimistik bashoratlar har qancha ko‘p bo‘lmasin, baribir, odamlarning orzu – umidlari kelajakning yaxshi bo‘lishiga qaratilganligi bilan xarakterlanmoqda.
Faqat alohida insongagina emas, balki butun insoniyatga havf solayotgan global muammolarning to‘la bo‘lmagan ro‘yhatidan ro‘y bergan vaziyatdan chiqib, kelajakni avaldan bashorat qilishga doir asosiy ilmiy-falsafiy qarashlarni rivojlantirib bo‘lmaydi. To‘g‘ri istiqbolni avvaldan bilish qobiliyati eng qadimgi davrlardan boshlab rivojlanib kelgan. Bunga eng qadimgi halq, millat va elatlardagi turli karomatchi avliyolar va bashoratchilarning bo‘lganligini keltirishimiz mumkin. Bugungi kunda ham istiqbolni bilishga bo‘lgan intilish so‘ngani yo‘q, aksincha, bilimning kelajak taraqqiyotni asosli bashorat qilib beruvchi ko‘p sonli mutaxassislarni birlashtiruvchi turli fan sohalari yuzaga keldi. Bu bashoratlar hozirgi zamonda mavjud ilmiy talablar, qonun va qonuniyatlarga asoslanishi bilan utopiyalardan farq qiladi, ularning mohiyati shundaki, hozirgi zamon texnologiyalarining kelgusi taraqqiyotining va hayotiy turmush tarzining qanday natijalarga olib kelishini oldindan bashorat qilish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda futurolog olimlar jamiyatning ichki muammolariga: ijtimoiy, psixologik, madaniy va boshqa masalalarga alohida etibor qaratmoqdalar. Bu jarayonda ular ijtimoiy, madaniy, axloqiy va boshqa silkinishlar va o‘zgarishlarni nazarda tutmagan ilmiy bashoratlardan farqli ravishda kelajakka ishonch bilan bog‘langan, yaxshiroq kelajakni kutishga asoslangan va hatto hozirgi zamonning oson bo‘lmagan muammolarini noananaviy yo‘llar bilan echish masalalarini hal etishni ustuvor vazifa sifatida belgilamoqdalar. Bunday munosabatlar tizimida esa texnokratik va axloqiy – siyosiy, yoki ijtimoiy bashoratlar alohida o‘rinni egallamoqda. SHu bilan birga, klassik ilmiy bashoratlarda birinchi planda axloqiy ideal turgan bo‘lsa va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik shu idealni eng samarali amalga oshirish tarzida modellashtirilgan bo‘lsa, istiqbolning bugungi innovatsion asosga ega bo‘lgan loyihalar butun insoniy munosabatlarni oqilona tashkil qilishga qaratilganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |