4-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash mexanizmi



Download 68,5 Kb.
bet1/3
Sana09.12.2022
Hajmi68,5 Kb.
#882001
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

4-MAVZU. IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA`MINLASH MEXANIZMI




Reja



  1. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash maqsadi va uning institutsional sharoitlarining yaratilishi

  2. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda davlatning tartibga soluvchilik vazifalari

  3. O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning ustuvor yo`nalishlari

Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalambor, uning siyosiy tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda kontseptsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa iqtisodiyot holatini ob`ektiv baholash hamda uning rivojlanish tamoyili va tendentsiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va xolatlardagi sabab-oqibatlari aniqlanadi. SHuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga mas`ul, javobgar davlat organlari, tashkilot va muassasalar belgilanadi.
Iqtisodiy xavfsizlik kontseptsiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi:



    • xavfsizlikni ta`minlashning maqsad va vazifalari;

    • ularni amalga oshirish yo`llari va usullari;

    • oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari boshqaruv tizimlari, huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, xududiy darajadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha vazifalari;

    • mavjud va potentsial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish;

    • davlatning xavfsizlikni ta`minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslar, vosita va kuchlardan ratsional foydalanishi nazarda tutiladi;

    • iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish, ularning oldini olish va salbiy ta`sirini yumshatish yo`llari, vosita va usullari.

Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib ko`rsatilgan:

  1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyasini ta`minlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash.

  2. SHaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlarni tavsiflash. Bunda qisqa, o`rta va uzoq muddatli davrlarda davlat va ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligiga zararli, salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillar va sharoitlar aniqlanadi.

  3. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini ta`minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o`zgarishlarni amalga oshirish bo`yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.1 Ushbu strategiyada iqtisodiy xavfsizlik talablariga javob beradigan iqtisodiyotning mezon va parametrlari ham aniqlanadi1. Iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlikka bo`lgan tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yumshatishning ustuvor maqsadlariga quyidagilar kiradi:

    • aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a`zolarining birdamligiga erishish;

    • milliy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni rag’batlantirish, investitsion jarayonlarni faollashtirish;

    • qat`iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va mustahkamlash;

    • tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini shakllantirish;

    • mamlakat fani va intellektual salohiyati rivojlanishini qo`llab-quvvatlash;

    • mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy makonni mustahkamlash;

    • xo`jalik sub`ektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va erkinligini ta`minlash.




    1. Download 68,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish