118,0
116,0
110,0 108,0 106,0 104,0
2017 yil dekabr 2018 yil dekabr
UYig'ma INI HOziq-ovqat mahsulotlari
■ Nooziq-ovqat mahsulotlari uXizmatlar
rasm. O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasi
(narxlar o‘sishi %da)35
2018 yil davomida INIning o rtacha oylik o sish surati 1,1%ni tashkil etib, iqtisodiyotga inflyatsion bosim sentyabr oyidan boshlab kuchayib borgan. Jumladan, 2018 yilning oxirgi tort oyi davomida tovar va xizmatlarning istemol narxlari osish darajasi 7,6 %ni tashkil etdi.
2017 yil davomidagi INI ortacha oylik osish surati ham 1,1 % darajasini tashkil etgan. 2017 yilning sentyabr-dekabr oylarida istemol sektoridagi umumiy inflyatsiya darajasi ko rsatkichi 7,6 %ni tashkil etgan.
Qisqacha xulosalar
Inflatsiya ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini anglatadi. Inflatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri normal iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqarishida namoyon bo‘ladi.
Inflatsiya darajasi baho indekslari vositasida o‘lchanadi.
Kelib chiqish sabablariga kqra talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi o‘zaro farqlanadi. Inflatsiyaning bu ikki turi ko‘pincha aralash holda yuzaga keladi. Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar, aholining turli qatlamlari hamda davlat va aholi o‘rtasida qayta taqsimlaydi.
Ishsizlik va inflatsiya sur’atlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik Fillips egri chizig‘ida aks etadi.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib qisqa davr uchun ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflatsion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Antiinflatsiya siyosati o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta qurollantirishni izchil davom ettirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, kommunal xizmatlar baholari o‘sishini cheklash mexanizmini shakllantirish, bank tizimini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qabul qilingan Inqirozga qarshi chora- tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish inflatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |