Sirpantiruvchi va moylovchi moddalar. Taxtakachlanadigan massaning sochiluvchanligi yaxshilash, tabletka qolip devoriga yopishib qolishini oldin olish, ya‘ni ichki va tashqi ishqalanishni kamaytirish uchun ishlatiladi. Ichki ishqalanishni kamaytirish uchun kraxmal, talk, yog’sizlantirilgan sut qandi, kaolin, bentonit va aerosillar sirpantiruvchi sifatida ishlatiladi. Tashqi ishqalanishni kamaytirish - taxtakachlangan tabletkani oson qolipdan itarib chiqarish uchun stearin kislotasi uning kalsiyli va magniyli tuzlari (1%) gacha, aerasil 10% qo’shilishi mumkin.
Bizning tajribamiz ishlatilayotgan sirpantiruvchi yoki moylovchi moddaning faolligini uning maydaligi bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Sirpantiruvchi va moylovchi moddalar qo’shib ishlatilganda, ularning to’g’ri nisbati tanlab olish me‘yori farmakopeya talabiga javob berishi kerak.
Antifriksion moddalarni amaradorligini baholash. Standart sharoitda, oz miqdorda sirpantiruvchi qo’shib, massani yuqori sochiluvchanligini ta‘minlay olgan moddalar eng yuqori samarador hisoblanadi. Moylovchilarni samaradorligi quyidagicha aniqlanadi. Standart sharoitda moylovchi modda qo’shib 120 MPa da tabletka presslanadi va tabletka qolipdan itarib chiqarish kuchi o’lchanadi. Moylovchi moddani samardorligi itarib chiqarish kuchini presslash kuchiga bo’lgan nisbati bilan o’lchanadi.
Surtma tarkibi va texnologiyasi uchun asoslarni tanlashda quyida keltirilgan talablarga:
surtmaning terapevtik samaradorligi, zararsizligi, dori moddasi bilan o’zaro mos kelishganligi, ularning reologik, fizik-kimyoviy xossalari, mikrobiologik turg’unligi va saqlanish muddatiga ta‘sir etmasligiga qarab tanlanash lozim.
Surtmalar texnologiyasida ishlatiladigan asoslarga quyidagi talablar qo’yiladi:
zaruriy reologik, fizik-kimyoviy xossalari va yaxshi surtilish, yuvilish xossalariga ega bo’lishi,
dori moddasi bilan o’zaro muttanosib va yaxshi absorbsiyalash xossasiga ega bo’lishi,
tashqi muhit ta‘siridan o’zgarmasligi va dori moddalarining suvdagi eritmalarini yaxshi qabul qilishi,
farmakologik nuqtai nazaridan indifferent, terini qitiqlamasligi va sezuvchanligiga, shuningdek terining boshlang’ich pH ko’rsatkichiga (3-4) ta‘sir qilmasligi, - mikroorganizmlar yashashi va ko’payishi uchun sharoit tug’dirmasligi,
qo’llash uchun ko’zda tutilgan maqsadga to’g’ri kelishi kerak.
Bugungi kunga kelib, surtmalar uchun aloxida moddalardan tashqari bir necha xildagi asoslardan keng ko’lamda foydalanilmoqda. Ular murakkab tizimli fizik-kimyoviy tuzilishlarga ega bo’lib, ularning katta miqdordagi assortimenti surtmalarni turli yo’nalishlar bo’yicha turlicha tasniflanishiga sabab bo’lmoqda. Gidrofob asoslar.
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan gidrofob asoslarga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslar. Bu asoslar moyli va mumli asoslar bo’lib, ular o’z tarkibida lipid guruhlarini saqlaydi. Ular xossalari bo’yicha teridan ajralib chiqadigan moysimon suyuqlikka o’xshash bo’lib, teriga surtilganda moyning sezuvchanligini bildiradi va moy qoldiqlarini qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |