Microsoft Excel elektron jadvalida ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish imkoniyati mavjud. Bu esa, sonli ma`lumotlarni oson qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. MS-Excel 2010 dasturida ma`lumotlarni ma`noli aks ettirish uchun juda ko`p grafik turlari mavjud. Agar siz diagramma yaratmoqchi yoki mavjud diagrammani o`zgartirmochi bo`lsangiz, turli xildagi daiagrammalar orasidan o`zingizga keragini tanlaysiz. Foydalanuvchi diagrammani alohida ish varog`ida yoki hosil qilingan jadvalli ma`lumotlar joylashgan ish varog`ining o`zida hosil qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ikkita holda ham diagramma o`z ko`rinishini ma`lumotlar jadvaliga o`zgartirish kiritilgan vaqtida avtomatik tarzda o`zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |