Sarlavha qatorining pastki qismida Microsoft Excel menyu qatori joylashgan bo`lib, bu qator bir nechta bo`limdan iborat (Fayl, Pravka, …). Menyu qatori faollashtirilishi uchun ixtiyoriy bo`lim ko`rsatkich yordamida tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi yoki klaviaturadagi F10 tugmasi bosiladi. Menyu qatorining pastki qismida asboblar paneli joylashgan bo`lib, bir qancha tugmachalardan tashkil topgan. Bu tugmachalarning har biriga ma`lum funksional vazifalar biriktirilgan bo`lib, foydalanuvchi ish jarayonida bu tugmachalardan samarali foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |