Microsoft Excel ishga tushirilganda hujjatga Kniga1 nomi beriladi. Ish kitobi bir nechta ish varog`idan tashkil topgan bo`lib, boshlang`ich holatda uchta (List1, List2, List3) ish varog`i tavsiya etiladi. Foydalanuvchi ixtiyori bilan ish varoqlari soni oshirilishi va nomlanishi mumkin. Sarlavha qatorining pastki qismida Microsoft Excel menyu qatori joylashgan bo`lib, bu qator bir nechta bo`limdan iborat (Fayl, Pravka, …). Menyu qatori faollashtirilishi uchun ixtiyoriy bo`lim ko`rsatkich yordamida tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi yoki klaviaturadagi F10 tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |