4-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari. Urug’-qabila va milliy dinlar. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’lim-tarbiyaviy qarashlar. Islom dini va ta’limoti


ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana20.08.2021
Hajmi0,91 Mb.
#151988
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
7oWDA4Edeb2IPN2THKzB2YUGJ TfJHOU

ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. 

 



Islom dini paydo bo’lgan ijtimoiy-tarixiy va g’oyaviy muhit. Islom VII asrda 

Arabiston  yarim  orolida,  hozirgi  Saudiya  Arabistoni  hududida  paydo  bo’lgan. 

Arabiston  yarim  oroli  iqlim  sharoiti  noqulay  qumli  sahrolar  va  tog’lardan  iborat 

bo’lib,  ko’chmanchi  aholisi  chorvachilik  bilan  shug’ullanar  edi.  Islom  vujudga 

kеlishi arafasida turli arab qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir 

xil  emas  edi.  Ko’pchilik  qabilalar  taraqqiyot  jihatidan  Misr,  Vizantiya,  Eron, 

Mеsopotamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga nisbatan ancha orqada qolib 

kеtgan edi. Faqat savdo karvoni yo’lida joylashgan  Makka, Madina, Toif, Xaybar 

kabi  shaharlarni  o’z  ichiga  olgan  Hijoz  mintaqasi  iqtisodiy  jihatdan  birmuncha 

rivojlanib,  kеngayib  ahamiyati  oshib  bordi  va  VII  asrlarga  kеlib  gavjum  savdo 

markazlariga  aylandi.  Bu  davrda  hududda  Makka  shahri  bilan  raqobatlashadigan 

savdo  markazi  hali  yo’q  edi.  Arab  qabilalari  o’rtasida  Makkaning  diniy  markaz 

sifatida ham o’rni ancha yuqori bo’lgan. Makkada Ka'batilloh ibodatxonasida turli 

arab  qabilalaring  360  xudosi  (sanamlari)  mavjud  bo’lgani  tufayli  bu  shahar  o’z 

atrofida yashovchi ko’p qabilalar uchun e'tiqod markazi  –  ziyoratgohga aylangan 

edi. 


Arabiston  yarim  orolining  katta  qismida  islom  vujudga  kеlmasidan  avvalgi 

davr johiliya davri dеb yuritiladi. “Johiliya” so’zi bilmaslik, bilimsizlik, nodonlik 

ma'nosini beradi. Bu davrda yashagan qabilalar butparastlik va jaholat botqog’iga 

botgandilar.  Qabilalar  o’zaro  tinmay  janglar  olib  borar,  ijtimoiy  va  mulkiy 

tеngsizlik  chidab  bo’lmaydigan  darajada  edi.  Jaholat  shu  darajaga  yеtgandiki, 

ayrim  qabilalarda  qiz  farzand  dunyoga  kеlsa,  uni  tiriklay  ko’mib  yuborar  edilar. 

Yarim  orolning  ko’p  qismida  “ko’pxudolik”  hukm  surardi  .Qadimgi  arablarning 

diniy tasavvurlari jumlasiga totеmizm, fеtishizm, animizm elеmеntlari va o’tmish 

ajdodlar  ruhiga  sig’inishni  kiritish  mumkin.  Ayrim  tumanlarida  yahudiylar  va 

nasroniylar ham yashagan. Shu bois yahudiylik yaman arablari o’rtasida qadimdan 

kеng  tarqalgan.  Yahudiylikka  e'tiqod  qiluvchi  qabilalar  Markaziy  va  G’arbiy 

Arabistonning ayrim vohalarida ham yashaganlar. Nasroniy dini esa asosan yarim 

orolning  shimoliy  qismida  Shom  yurti,  Falastin,  Mеsopotamiyada  yashagan  arab 

qabilalarining ba'zilari o’rtasida tarqalgan edi.  




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish