Kotirovkalarga so’rov. Kotirovkalarga so’rov – bu buyurtmachi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri bo’lib, bunda –davlat va munitsipal ehtiyojlarni qondirish uchun xarid qilinadigan Tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslarga kotirovkalarga so’rov o’tkazilayotganligidan xabar beriladi va bunda eng past shartnoma narxini taklif qilgan xarid ishtirokchisi g’olib deb tan olinadi.
Buyurtmachi kotirovkalarga so’rovni shartnomaning boshlang’ich (maksimal) narxi besh yuz ming rubldan oshmadan taqdirda amalga oshirishi mumkin. Bunda kotriovkalarga so’rov orqali amalga oshiriladigan yalpi yillik xarid hajmi buyurtmachining reja-jadvalida tasdiqlangan barcha xaridlar uchun mo’ljallangan mablag’larning o’n foizidan hamda yiliga yuz million rubldan oshmasligi kerak.
Takliflarga so’rov.Takliflarga so’rov deganda, buyurtmachi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning usullardan biri tushunilib, bunda davlat va munitsipal ehtiyojlarni qondirish uchun xarid qilinadigan tovar, ish, xizmatlar to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslarga takliflarga so’rov o’tkazilayotganligi to’g’risida xabar joylashtiriladi va so’rov g’olibi bo’lib, buyurtmachining tovar, ish, xizmatlarga bo’lgan talablariga maksimal darajada javob beradigan yakuniy taklifni kiritgan shaxs hisoblanadi.
Buyurtmachi xaridni takliflarga so’rov orqali quyidagi hollarda amalga oshirishi mumkin:
1) olimpiya va paralimpiya sport turlariga sport terma jamoalarini tayyorlash hamda ularning Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida qatnashishi uchun sport inventarlari va jihozlari, sport uskunalarini yetkazib berish uchun shartnomalar tuzganda;
2) ijroiya hokimiyati tomonidan hukumatning qoidalariga asoslangan holda, fuqarosining chet elda davolanishi uchun chet el tashkiloti bilan shartnoma tuzilganda;
3) diplomatik va konsullik vakolatxonalari, savdo tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar qarashli rasmiy vakolatxonalar va boshqa buyurtmachilarning mamlakat hududidan tashqarida xaridlar amalga oshirganda, bunda xarid shartnimasining boshlang’ich (maksimal) narxi o’n besh million rubldan oshmasligi kerak;
4) shartnoma predmeti bo’lgan tovar, ish, xizmatlarni xarid qilish bitimini qonunga muvofiq bekor qilinganda. Bunda agar bitim bekor qilinishidan oldin mol yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi) shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarning bir qismini bajargan bo’lsa, u holda yangi tuziladigan shartnomada xarid qilinayotgan tovar, ish, xizmatlar hajmi shartnoma bekor qilinishidan oldin xarid qilingan Tovar, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga kamaytirilib ko’rsatilishi hamda shartnoma summasi ularga mos holda kamaytirilib qo’yilishi shart.
5) bemorning kasallik hujjatlarida aks ettirilishi lozim bo’lgan hamda shifokorlar komissiyasi ko’rsatmasiga muvofiq bemorning tibbiy ko’rsatmalari (dorini individual qabul qilolmaslik, hayotiylik ko’rsatkichlari bilan bog’liq holatlar) bo’lganda dori-darmonlarning xaridini amalga oshirganda. Bunda xarid qilinadigan dori-darmonlar hajmi bemor davolanish davrida qabul qilishi kerak bo’lgan barcha dori-darmonlar hajmidan oshmasligi kerak. Bundan tashqari bitta shartnoma predmeti hisoblangan dori-darmonlar ikki yoki undan ortiq bemorlar uchun tuzilishi mumkin emas;
7) Hukumat ijroiya hokimiyati tomonidan tasdiqlangan tartibda ro’yxatdan o’tgan xalqlarning san’at asarlarining namunalarini xarid qilganda;
8) jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan chet el davlatlarini, xalqaro sud va arbitraj e’tirozlarini sud organlariga topshirish holatlarda davlat tomonini himoya qilish maqsadida chet el va rus mutaxassislarni, ekspert va advokatlarni jalb qilib, ularning xizmatini xarid qilganda.
Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli. Yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni aniqlashning yopiq usuli deganda, yopiq tanlov, ishtiroki chegaralangan yopiq tanlov, ikki bosqichli yopiq tanlov, yopiq auksion tushunilib, unda qonunga muvofiq buyurtmachi qonunda belgilangan talablarga javob beradigan va tovar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsata oladigan chegaralangan miqdordagi shaxslarga xarid, uning hujjatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda tanlovda ishtirok etishi uchun taklifnomani yuboradi. Yopiq tanlov o’tkazilishining shartlari quyidagilar:
1) davlat ehtiyojlarni qondirish uchun. tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda hamda agar bu ehtiyojlar davlat siri bo’lib hisoblansa;
2) davlat siri bo’lib hisoblangan ehtiyojlarn iqondirish uchun tovar, ish, xizmatlarni xarid qilganda hamda agar ular xarid to’g’risidag ihujjatlarda yoki shartnoma loyihasida ko’rsatilgan bo’lsa;
3) Qimmatbaho metallar va toshlar Davlat fondining buyumlarinis ug’urta qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish kabi xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha, muzey predmetlari va kolleksiyalarini, noyob va qimmatbaho nashrlar, qo’lyozmalar, arxiv hujjatlari (shujumladan, ularning nusxalari) va tarixiy, badiiy va madaniy xarakterdagi bo’lgan boshqa buyumlarn ibuyurtmachidan jismoniy yoki yuridik shaxsga topshirilganda yoki jismoniy, yuridik shaxslardan yetkazib beruvchigat opshirilganda, davlat hududidayoki uning tashqarisida ko’rgazma o’tkazilayotganda ularni sug’urta qilish, yetkazib berish va muhofaza qilish xizmatlarini xarid qilganda;
4) ma’lum bir bino xonalarini tozalash hamda sudya va sud ijrochilari uchun haydovchi xizmatlarini xarid qilganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |