Interfaol metodlar: «Aqliy xujum», suhbat, savol-javob.
Darsning rejasi:
Konstruktsiyalarning namlanish turlari va ularning okibatlari.
Xonalarning nisbiy xavo namligi buyicha turkumlari.
Binolarning vaktidan oldin yemirilishi va uni oldini olish.
Darsning borishi:
1. Dastlab talabalarni konstruktsiyalarning namlanish turlari va ularning okibatlari bilan tanishtiriladi.
2. Xonalarning nisbiy xavo namligi buyicha turkumlari, quriq , me’yoriy namlik, nam va xo’l xona turkumlarida 18oS xaroratda nisbiy namlikning foiz miqdori o’zaro bog’liq tomonlari savol javoblar asosida talabalarni fikri o’rganiladi.
Talabalarga quyidagi savollar beriladi:
Qurilish konstruktsiyalari yemirilishida namlanishning ta’sirini keltiring!
Namlanishning devor funktsiyalariga ta’siri bo’ladimi?
Havoning nisbiy namligi bo’yicha xonalar turkumlarini keltiring!
Qurilish namligi nima?
Kondensatsiya namligini tushuntirib bering!
Namlanish va muzlash oqibatlari nimaga olib keladi?
Loyiha yoki qurilish davrida yo’l qo’yilgan xatolar natijasida ro’y beradigan namlanishni tushuntiring!
Binoni ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilishi tufayli namlanish ro’y beradimi?
Devor va fasadlar suvog’idagi namlik belgilarini keltiring!
Devor shiftlarni moy bo’yoq bilan bo’yashganda namlik belgilarini keltiring!
Beton va temirbeton konstruktsiyalarda namlanishning nohush natijalarini bilasizmi?
Qurilish konstruktsiyalari namlanishi.
Namlik oqibatlari nimaga olib keladi?
3. «Aqliy xujum» metodi yordamida qo’yilgan savollar bo’yicha talabalarning fikrlari o’rganiladi va umumlashtiriladi, o’zlashtirilgan tushunchalar mustahkamlanadi.
4. Qurilish -konstruktsiyalarining namlanishi va ularni xnmoyalash usullari bo’yicha talabalar bilmaydigan aspektlari to’g’risida va boshqa ularni qiziqtiruvchi ma’lumotlar beriladi. Slaydlarda ko’rsatilgan binolar va inshootlar namunalari bo’yicha tushunchalar mustahkamlanadi.
5. Mavzuni takrorlash maqsadida savol-javoblar asosida suhbat o’tkaziladi. Talabalarga slayd yordamida quyidagi savollar beriladi:
1) Devordagi dog’lar nimadan dalolat beradi?
2) Devor va fasadlar suvg’idagi namlik belgilarini ko’rsating?
3) Beton va temirbeton konstruktsiyalarda namlanishning nohush natijalarini ko’rsating!
4) Devorning namlanishi qanday oqibatlarga olib kelgan!
6. Berilgan savollarga talabalardan yozma ravishda javoblar olinadi, ular darsdan keyin o’qituvchi tomonidan tahlil qilinadi.
Konstruktsiyalarning namlanish turlari va ularning oqibatlari. Xonalarning nisbiy havo namligi bo’yicha klassifikatsiyasi. Konstruktsiyalarning namlanish turlari. Qurilish namligi, atmosfera namligi, kondensatsion namlik, grunt namligi. Binolarning vaqtidan oldin yemirilishi va uning oldini olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |