Taqdim etish davri bo‘yicha quyidagi balans turlari mavjud: kirish balansi, davriy balans va yakuniy balans.
Kirish balansi xo‘jalik yurituvchi subyektning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi, ya’ni uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bevosita bog‘liq.
Davriy balanslar har bir hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, 9 oy) bo‘yicha tuziladi.
Yakuniy balanslar hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etiladi. Bir vaqtning o‘zida ular keyingi hisobot yilining boshiga kirish balansi bo‘lib, shu bilan birga buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri
– uzluksizlik, ya’ni faoliyati uzluksiz korxona tamoyilini bildiradi.
Qayta tashkil etish tartibi bo‘yicha buxgalteriya balanslari muayyan korxonaning hayot sikliga qaratilgan bo‘lib, uning maqomi O‘zR FKning 49-moddasida ochib berilgan va qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish kabi qayta tashkil etish turlarini o‘z ichiga oladi.
Masalan, «qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytidan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi»1.
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish qoidalaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya balanslari kirish, bo‘linish, birlashtirish va tugatish balanslariga bo‘linadi.
Kirish balanslari ma’lum mablag‘lar va mablag‘lar manbalari to‘plamidan iborat bo‘lib, ularga korxona o‘z faoliyatini boshlagan vaqtda ega bo‘ladi. Bunday balans qayta tashkil etish natijasida avval faoliyat ko‘rsatgan korxona o‘rnida tashkil etilgan korxonalarda tuziladi. Bo‘linish balanslari ta’sischilar qarori yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq vakolat berilgan yuridik shaxslar yoki sud qarori bo‘yicha oldin faoliyat ko‘rsatgan korxonani tugatish natijasida tashkil etilgan
korxonalar mulklarini aks ettiradi.
Bitta korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari boshqa korxonaga o‘tkazilganda, ularning aktiv va passivlari o‘tkazish balansida aks ettiriladi.
Birlashtirish balansi qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etish natijasida birlashgan bir qancha tashkilotlarning mulklarini aks etti- radi.Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganida qo‘shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to‘x-
1 Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик Кодекси, -Т.: «Адолат», 2007 й. –Б.29.
tatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisob- lanadi.
Tugatish balanslari bankrot deb e’lon qilingan korxona mulklarini aks ettiradi.
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:
Ularning har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin bo‘lgan bahoda baholanib tuziladi.
Tuzilish shakli bo‘yicha buxgalteriya balanslari bir tomonlama (vertikal) va ikki tomonlama (gorizontal) balanslarga bo‘linadi.
Bir tomonlama (vertikal) balanslar vertikal ko‘rinishda tuzilib, oldin balans aktivining bo‘lim va moddalari, undan keyin passiv bo‘limlari va moddalari keltiriladi.
Ikki tomonlama (gorizontal) balanslar gorizontal ko‘rinishda tuziladi. Uning chap tomonida aktiv bo‘limlari va moddalari, qarama- qarshi, ya’ni o‘ng tomonida passiv bo‘limlari va moddalari aks ettiriladi.
Balansning bunday tuzilishi korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilishni osonlashtiradi.
Soflik darajasiga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balans- larga bo‘linadi.
Brutto balans – bu barcha tartibga soluvchi (kontr-aktiv va kontr- passiv) moddalarni o‘z ichiga oladigan balansdir. Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «qo‘pol», «tozalanmagan» degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto balans – bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr- passiv schotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, «sof», «toza» degan ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi. Masalan,
«asosiy vositalarning eskirishi», «nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi»,
«savdo ustamasi» va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda
esa kontr-passiv schotlar qoldig‘i, masalan, «sotib olingan xususiy aksiyalar» moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq tegishli modda, ya’ni
«Ustav kapitali» moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Faoliyat turi bo‘yicha balanslar asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat balanslariga bo‘linadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ixti- soslashganligi va uning ustaviga mos faoliyat asosiy faoliyat deyiladi. Faoliyatning barcha boshqa turlari asosiy bo‘lmagan faoliyat hisobla- nadi.
Tarmoqlar bo‘yicha balanslar sanoat korxonalari balansi, transport korxonalari balanslari va h.k.larga bo‘linadi.
Tuzish usuli bo‘yicha buxgalteriya balanslari oborot (oborot- qoldiq), oddiy shakldagi va shaxmat shaklidagi balanslarga bo‘linadi.
Oborot (oborot-qoldiq) balanslari amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarini schotlarda to‘liq aks ettirilganligini, oborot va qoldiqlar to‘g‘ri chiqarilganligini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Oddiy shakldagi balanslar namunaviy bo‘lib, O‘zbekiston Res- publikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Uning qisqartirilgan ko‘rinishi 4.1-jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |