4-mavzu: buxgalteriya balansi



Download 62,66 Kb.
bet5/7
Sana07.12.2022
Hajmi62,66 Kb.
#880611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-MM

Tuzish vaqti bo‘yicha balanslar dastlabki, joriy, sanatsiyalanuvchi, tugatish, bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi.
Dastlabki (tashkiliy) balans faqat bir marta tuzilib, korxonada buxgalteriya hisobini yuritish shundan boshlanadi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan vaqtda ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlar hajmini bildiradi va korxona ustavi ro‘yxatga olinganidan keyin yoki aktivlar (ulushlar) ustav kapitaliga qo‘shilga- nidan keyin tuziladi.
Joriy balanslar xo‘jalik yurituvchi subyektning butun faoliyat davri davomida belgilangan muddatlarda tuziladi. Ular boshlang‘ich (kirish), oraliq va yakunlovchi balanslarga bo‘linadi. Boshlang‘ich balans yil boshida, yakunlovchi balans esa yil oxirida tuziladi.
Oraliq balanslar yil davomida tuziladi. Oraliq balanslar yakunlovchi balanslardan, birinchidan yakunlovchi balansga undagi moddalarni ochib beruvchi bir qancha hisobot shakllari ilova qilinishi bilan farq qiladi. Ikkinchidan, oraliq balanslar, qoidaga ko‘ra, faqat joriy hisob ma’lumotlari asosida tuziladi. Yakunlovchi balansni tuzishdan oldin esa to‘liq inventarizatsiya tuzilib, uning natijalari ham balansga ta’sir ko‘rsatadi va yakunlovchi balans aniq tuzilishiga erishiladi.
Sanatsiyalovchi balanslar xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrot bo‘lishiga yaqinlashgan vaqtda tuziladi. Bunday sharoitlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zini bankrot deb e’lon qilishi yoki kreditorlar bilan qarzlar bo‘yicha to‘lovlarni uzaytirishga shartnoma tuzishi zarur bo‘ladi. Ammo kreditorlar ko‘rgan zararlari qanchalik katta ekanligi va kel-
gusida ularni qoplashga umid borligini bilishlari zarur. Sanatsiyalovchi balans auditor yordamida, xo‘jalik yurituvchi subyektdagi haqiqiy holatni baholash maqsadida, hisobot davri tugamasdan oldin tuziladi.
Tugatish balansi xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilayotganda tuziladi. U boshqa balanslardan o‘z moddalarining hisob (dastlabki yoki tiklanish) qiymati bo‘yicha emas, balki tugatilish paytida har bir aktivning sotish mumkin bo‘lgan bahoda baholanishi bilan tubdan farq qiladi. «Noumid qarzlar», «Zararlar», «Kelgusi davr daromadlari» va
«Kelgusi davr xarajatlari» moddalari tugatish balansiga kiritilmasligi mumkin. Ammo gudvill, patent va savdo belgilari qiymati kabi yangi moddalar paydo bo‘lishi mumkin. Tugatish davri boshidan barcha o‘z mablag‘lari maxsus ochiladigan «Tugatish» schotida hisobga olinib, unda keyinchalik mulkiy moddalar va xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish xarajatlari o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Bo‘linish balansi yirik korxonani bir qancha mayda korxonalarga bo‘lish, bitta yoki bir nechta bo‘linmalarni boshqa korxonaga berish paytida tuzilib, so‘nggi holatda balans o‘tkazish balansi deb ham ataladi.
Birlashtirish balansi bir nechta korxonalar bittaga birlashganida tuziladi.
Huquqiy maqomi bo‘yicha buxgalteriya balanslari quyidagicha:

  • yuridik shaxslar balansi;

  • alohida bo‘linmalar balanslari.

Yuridik shaxslar balansi yuridik shaxs maqomiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladi. Ularning maqomi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasida belgilangan. Unga muvofiq: «O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi»1.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak».
Alohida bo‘linmalar balansi korxonaning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, alohida tarkibiy bo‘linmalari (sexlar, bo‘limlar va b.) tomonidan tuziladi. Yuridik shaxslar va ichki xo‘jalik bo‘linmalari balanslari o‘rtasidagi bog‘liqlik ichki hisoblashuv schotlari tizimi orqali amalga oshiriladi.



1 Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик Кодекси, -Т.: «Адолат», 2007 й. –Б.22.

Download 62,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish