4.3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari - 4.3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari
- G’arb adabiyotlarida "strukturani takomillashtirish" iborasi umuman qo’llanilmaydi. Uning o’rniga:
- "strukturaga o’zgartirish" kiritish;
- strukturani almashtirish;
- strukturani tanlash;
- strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
- Strukturaga o’zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayon bo’lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili - bu ilmiy-texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSh firmalarida, G’arbiy Evropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha har 3-5 yilda almashtirilib turiladi.
Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari: - Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari:
- 1. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli
- 2. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish.
- 3. Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.
- 4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.
- "Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.
- Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
4.4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni - 4.4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
- Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub'ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.
- Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
- Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
- Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |