4-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi Reja


Tabiat borlig`ining struktura darajalari



Download 44,52 Kb.
bet11/15
Sana29.06.2021
Hajmi44,52 Kb.
#104523
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4 ьавзу таза

Tabiat borlig`ining struktura darajalari. Biz tevarak atrofimizga nazar tashlasak, umuman borliqqa emas, balki, muayyan jismlarga, narsa va hodisalarga ko`zimiz tushadi. Siz bilan biz inson sifatida yer sharida istiqomat qilamiz, o`zimizga mos keluvchi o`lchovlar bilan ish yuritamiz. Biz odatlangan o`lchovdagi kattaliklarni makroskopik kattaliklar, deb hisoblaymiz va bu makrodunyoni tashkil qiladi.

Shu nuqtai nazardan borliqning struktura darajalarini miqyosiy-struktura va tashkiliy-struktura darjalariga ajratamiz. Borliqdagi obektlar miqyosi bilan farq qiluvchi uchta miqyosiy struktura darajalariga ajraladi. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo. Mikrodunyo atom miqyosidan kichik bo`lgan dunyodir. Bu dunyoga atom strukturasi va elementar zarrachalar, atom yadrosi, kvarklar, kyer nlar kiradi. Bu dunyoning yaxlitligini va turg`unligini saqlab turuvchi ikkita fundamental kuch mavjuddir, ular kuchli va kuchsiz yadroviy o`zaro ta`sirlardir.

Kuchli o`zaro ta`sirlar atom yadrosining strukturaviy yaxlitligini saqlab tursa, kuchsiz o`zaro ta`sirlar atom strukturasining yaxlitligini ta`minlaydi. Molekulalar tuzilishidan tortib, yer sharining yaxlitligini saqlashgacha xizmat qiluvchi kuch elektromagnit o`zaro ta`sirlaridir.

Elektromagnit o`zaro ta`sirlari tufayli molekulali birikmalar va yer dagi barcha hayotiy jarayonlar o`zining strukturaviy birliklarini saqlaydi. Agar elektromagnit o`zaro ta`sirlari bo`lmaganda edi – Quyosh nurlari (ya`ni elektromagnit nurlanishlari) yerga yetib kelmagan bo`lar edi va yerda hayotiy jarayonlar shakllanmagan bo`lar edi.

yer , uning tabiiy yo`ldoshi Oy va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida harakatlanadi. Bu sistemaning va umuman butun Koinotning strukturaviy yaxlitligi esa gravitasion o`zaro ta`sirlari tufayli saqlanadi. Gravitasion o`zaro ta`sirlari biriktirib turgan dunyo – megadunyo deb ataladi.



Ular bir-biri bilan chambarchas bog`langandir, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi ham mumkin. Hozir megadunyo hisoblangan koinotimiz bundan 15-20 mlrd. yil muqaddam o`ta kichik mikroskopik obekt bo`lgan, degan taxminlar bor. Shuningdek, biz mikroobekt deb hisoblayotgan elementar zarracha neytron o`zining ichida milliardlab yulduz va galaktikalariga ega bo`lgan butun boshli Koinot bo`lishi va aksincha, diametri bir necha milliard yorug`lik yiliga teng bo`lgan ulkan Koinotimiz ham chetdan kuzatayotgan kishiga o`ta kichik elementar zarracha hisoblanishi ham mumkin. Borliqning strukturaviy tuzilishini uning sifatiy rivojlanishi nuqtai nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini: anorganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy dunyo (jamiyat) ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.


Download 44,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish