Bog'liq 4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Màvzuning às
1- misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati 10 000 000 so‘m.
Debet 0110-0190 “Asosiy vositalar”.
Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan ulush sifatida olindi. Boshlang‘ich qiymat 20 000 000 so‘m. Eskirish summasi 4 000 000 so‘m. Qoldiq qiymati 16 000 000 so‘m. Asosiy vositaning kelishilgan qoldiq qiymatiga:
Debet 0110-0190 16 000 000 so‘m.
Kredit 4610 16 000 000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bogTiq hamma xarajatlar 0800-“Kapital qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich qiymatini tashkil etadi.
3- misol. a) Ko’lpyuter xarid qilindi 5 000 000 so‘m.
Debet 0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”.
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan todov hisoblandi 100 000 so‘m.
Debet 0820-“Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar”.
d) Ko’lpyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi firmaga to‘lov hisoblandi 60 000 so‘m.
Debet 0820 - “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990 - “Boshqa majburiyatlar”.
d) Ko’lpyuter uchun to‘lov o‘tkazildi 5 000 000 so‘m.
Debet 6010 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”.
Kredit 5110 — “Hisob-kitob schyoti”.
e) Transport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 100 000 so‘m.
Debet 6990-“Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti”.
f) O‘rnatish xizmati uchun firmaga to‘lov o‘tkazildi 60 000 so‘m.
Debet 6990 - “Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110 - “Hisob-kitob schyoti”.
f) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida asosiy vosita foydalanishga topshirildi.
Debet 0150 5 160 000so‘m.
Kredit 0820 5 160 000so‘m.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri hisoblanadi. Mehnat buyumlariga xo’lashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol boiib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni transport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz.
Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari uigcinidisi tashkil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000 —“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da yuritiladi. Mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.