4-mavzu: Bilim, ko‘nikma va malaka (bkm)larida bo‘shliqlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining pedagogik mahorati Reja


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 33,71 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2022
Hajmi33,71 Kb.
#538623
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu matni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-noyabr,
PQ-4884-son
Pedagogik kvalimetriyaning dolzarb muammolari Ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va baholashda tashxislash, ekspertiza, monitoring va pedagogik kvalimetriyadan foydalaniladi. Pedagogik o‘lchov nazariyasiga asoslangan kvalimetrik yo‘nalish o‘zining keng qamrovliligi, test jarayonining daxlsizligi, olingan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish, tahsil oluvchilarning rivojlanish darajasi va bilimlarni o‘zlashtirish sifati haqida qat’iy va aniq natijalar olish imkonini beradi. Nazariy kvalimetrik yo‘nalishda tashkil etiladigan nazorat an’anaviylaridan tadqiq etilayotgan obyektning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakasi sifatini baholashda ko‘p miqdordagi axborot va miqdoriy baholash imkoniyati mavjudligi bilan farqlanadi. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim monitoringida test topshiriqlaridan foydalaniladi va bu metod yordamida ko‘p sonli tahsil oluvchilarning qisqa muddatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari sifatini aniqlash, olingan natijalarga muvofiq tahsil oluvchilarga individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini aniqlash va baholash mumkin.
Hozirgi paytda ta’lim muassasalarida test topshiriqlaridan samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim makonida pedagogik munosabatlarning yangi paradigmalari tahsil oluvchi – o‘qituvchi, tahsil oluvchi – ota-onalar, o‘qituvchi – rahbariyat, ta’lim muassasalari – ta’limni boshqarish organlari kabi nazorat-baholash tizimi amaliyotga joriy etilmoqda.
Test topshiriqlarining daxlsiz va mustaqil tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va baholash tizimining muhim tarkibiy qismiga aylandi, shu bilan birgalikda tizim hosil qiluvchi va faol ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida maydonga chiqdi.
Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini nazorat qilish va baholash, mazkur tizimda faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy-pedagogik tayyorgarlik darajasini aniqlashda pedagogik kvalimetriya metodlari muhim o‘rin tutadi.
Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari, kvalimetrik shkala, kvalimetrik jarayonning bosqichlari, pedagogik kvalimetriya metodlari vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashxislash va baholash, olingan natijaga muvofiq umumiy xulosalash, kasbiy-pedagogik faoliyatda kvalimetriya metodlarini qo‘llashdagi yondashuvlarning mazmun-mohiyatini anglashi lozim.
Shu bilan bir qatorda o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri, test topshiriqlaridan foydalanish, standart va nostandart test topshiriqlarini tuza olishi, test o‘tkazish jarayonining metodikasi, olingan natijalarni ekspertizadan o‘tkazish, yakuniy natijalarni umumlashtirish, pedagogning kasbiy-pedagogik modelini tuzish va modelning har bir tarkibiy qismining egallanganlik darajasini aniqlash, tahsil oluvchilarning umumiy va kasbiy layoqati, bilimlarni egallaganlik va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash va pedagogik xulosa yasash malakasini egallagan bo‘lishi zarur.
Pedagogik kvalimetriya o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini aniqlashda ham o‘rin tutadi. Pedagog kadrlarning o‘z kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kasbiy layoqatini baholash va o‘z-o‘zini baholash uchun pedagogik kvalimetriyaning quyidagi metodlaridan foydalaniladi: ekspertiza metodi, tahlil metodi, pedagogik jarayonni kuzatish va tahlil qilish, so‘rovnoma o‘tkazish, test topshiriqlari, suhbat metodi, matematik-statistik tahlil qilish va umumlashtirish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya yutuqlaridan juda keng miqyosda foydalanish istiqbollari mavjud. Jumladan, pedagogik faoliyatda tahsil oluvchilarning ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan talablar asosida bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatlari, ularning ehtiyojlari va o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash va olingan natijalarga muvofiq ularga nisbatan individual yondashuvni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash.
Pedagogik kvalimetriya jarayonini qo‘llashda quyidagi mantiqiy yondashuvlar mavjud:
1) Pedagogik kvalimetrik jarayonni deduktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etish;
2) Pedagogik kvalimetrik jarayonni induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etish.
Pedagogik kvalimetrik jarayonning deduktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishiga oliy ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiyalash, oliy ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash jarayonlarini misol qilib olish mumkin.
Mazkur jarayonda ekspertiza metodi vositasida oliy ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, o‘quv kurslarining didaktik va metodik ta’minoti, moddiy-texnik bazasi tahlil qilinib, ekspertizadan o‘tkaziladi. Yuqorida qayd etilgan hujjatlar ekspertizadan o‘tgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayon kuzatiladi va tahlil qilinadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini aniqlash maqsadida tahsil oluvchilar bilan muayyan masalalarni qamrab olgan so‘rovnoma o‘tkaziladi. So‘rovnoma natijasi tahlil qilinib, kamchiliklar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar tayyorlanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv kurslari bo‘yicha tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini aniqlash maqsadida fanlardan test o‘tkaziladi va natija tahlil qilinib, oliy ta’lim muassa¬sasida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning samaradorligi aniqlanadi.
Muayyan o‘quv fanlari bo‘yicha tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida suhbat o‘tkaziladi va natijalar tahlil etiladi.
Yuqorida qayd etilgan barcha jarayonlardan olingan natijalar matematik-statistik metod vositasida tahlil qilinadi va ma’lumotlar umumlashtirilib, oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning samaradorligi haqida umumiy xulosa tayyorlanadi.
Pedagogik kvalimetrik jarayonning induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishi sirasiga pedagog kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kasbiy layoqatini baholash va o‘z-o‘zini baholash jarayoni kiradi. Bu jarayonda o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning pedagogik faoliyati tahlil etiladi. Tanlovdan tanlovgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, ilmiy, ilmiy-metodik sohada olib borilgan izlanishlari, chop etilgan ilmiy ishlari, mas’ul bo‘lgan o‘quv kursi bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-metodik majmuaning maqsadga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi.
Mazkur o‘qituvchining pedagogik faoliyati samaradorligini aniqlash maqsadida namunaviy mashg‘ulotlar mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tahlil etiladi va samaradorligi haqida xulosa chiqariladi.
Muayyan o‘quv kursi bo‘yicha tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri — test topshiriqlaridan foydalanish ham kvalimetrik jarayonning induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishiga misol bo‘ladi.
Pedagogik kvalimetriya metodlaridan foydalanish muammolari quyidagilardan iborat:

      • ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini tadqiq etishning metodologik va dasturiy ta’minotini yaratish;

      • pedagogik kvalimetriya metodlari vositasida tahsil oluvchilarning ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha DTS bilan me’yorlangan talablar asosida bilimlarni diagnostika qilish, fundamental tadqiqotlar o‘tkazish;

      • uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash;

      • oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan kurslar bo‘yicha nazorat-o‘lchov materiallarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

      • tahsil oluvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonida axborot dasturlari: Ispring yoki My test dasturi vositasida fanlar bo‘yicha nostandart adaptiv test topshiriqlarini tuzish va amaliyotda foydalanish yo‘llarini belgilash lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatdi.Keyingi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining boshqaruv tizimi takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi.Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi. Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat tashkil etish vazifasi qo‘yildi.“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.Umumta’lim maktablari direktorlari va o‘rinbosarlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish, bu lavozimga haqiqiy boshqaruvchilik – menejerlik qobiliyatiga ega shaxslarni tayinlash, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mas’uliyatini keskin oshirish kerakligi qayd etildi.
Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2019-yil uchun davlat byudjetini shakllantirishda mazkur sohaga moliyalashtirishni oshirish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.Maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun xalq ta’limi tizimida maxsus injiniring kompaniyasi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shuningdek, ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, maktablarning byudjetdan tashqari topayotgan daromadlarini ularning ixtiyorida qoldirish, maktablarda ichki jamoaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish, namunaviy maktablarni ko‘paytirish maqsadida maktablar reytingini ishlab chiqish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.Yig‘ilishda muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitildi va tegishli topshiriqlar berildi.
Download 33,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish