4.2. Tasodifiy kattaliklar, ularning taqsimlanishi va miqdoriy хarakteristikalari
.
Texnika sohasini energetika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar (energetiklar)
energetik obyektlarni loyihalashda, qurishda va ekspluatatsiya qilishda qo‘ygan masalani
muvaffaqiyatli bajarilishiga olib keladigan yechimlar qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan,
loyihalash ishlari olib borilayotganda bunday yechim, tashqi elektr ta’minoti va ichki elektr
tarmoqlarini eng maqbul sxemalarini tanlash yoki elektr ta’minoti liniyalari simlari kesimi yuzasini,
transformatorning quvvatini qabul qilish va h.k.lar. Qurilish montaj ishlarini bajarishda alohida va
kompleks ishlari rejasini va takomillashgan texnologiyasini yaratish.
Elektr uskunalarini ekspluatatsiyalashda, samarali himoya vositalarini qo‘llash, texnologik
mashinalar uchun elektr motor quvvatini to‘g‘ri tanlash va h.k.lar. Yuqorida keltirilgan misollardagi
elektr quvvatni to‘g‘ri voqelik (hodisa, jarayon) qurilma haqida ma’lumotlar qanchalik batafsil va
aniq bo‘lsa qabul qilingan yechimlar mavjud obyektiv optimal yechimga shunchalik yaqin bo‘ladi.
Bizni o‘rab olgan borliqdagi har qanday hodisalarni «yuzaga keldi», «yuzaga kelmadi» voqelik
hisoblanadi. Voqelik odatda lotin alfavitining katta harflari (
A,B,C,D
va h.k.) bilan ifodalanadi
(belgilanadi). Agarda ma’lum kompleks shartlar bajarilganda
A
voqelik yuzaga kelsa, bunday
voqelik ishonchli voqelik deyiladi. Masalan, elektr zanjiri uzilganda unga ulangan elektr lampa
o‘chadi. Ma’lum kompleks shartlar buzilmaganda (bajarilganda)
A
voqelik hech qachon yuzaga
kelmaydi (ro‘y bermaydi), yuzaga kela olmasa bunday voqelik amalga oshmaydigan (yuzaga
kelmaydigan) voqelik deyiladi. Masalan, havo elektr energiyasi uzatish tamoqlari atrof muhit
harorati +20°C bo‘lganda muzlashi yuzaga kelmaydigan voqelik. Ayrim hollarda, masalan,
yechimini izlanganda u yoki bu voqelikni yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmasligini oldindan bashorat
qilib bo‘lmaydi.
Voqelik yoki hodisani yuzaga kelishi yoki kelmasligi haqida yetarli ma’lumotlar bo‘lmaydigan
holda uni tasodifiy deb qaraladi (qabul qilinadi).
n
marotaba o‘tkazilgan tajriba natijasida
A
voqelikning paydo (sodir) bo‘lishi
m
marotaba yuzaga kelganda
A
voqelikning sodir bo‘lish
chastotasi
m
ni
n
ga nisbati orqali ifodalanadi. Tajribalar soni katta bo‘lmagan hollarda voqelikning
qaytarilishi – chastotasi tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi va bir tur tajribalardan ikkinchi turga
o‘tganda o‘zgarishi mumkin.
Tajribalar soni ko‘payganda voqeliklar chastotasi tasodifiylik xarakterini yo‘qotadi va
voqelikning ehtimolligi deb ataluvchi ma’lum bir o‘rtacha doimiy kattalikka yaqinlashib borib
stabillashuv tendensiyasi namoyon bo‘ladi. Ushbu ehtimollik tajribalarning ko‘p marotaba
qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun uni
statistik ehtimollik
deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |