tamoyillar
asosida boshqariladi:
maqsadga qaratilganligi va g‟oyaviy yo‟nalganligi;
tarbiyaning insonparvarlashuvi;
tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog‟liqligi;
tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;
jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‟rish;
shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo‟shib olib borish;
o‟qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning
talab hamda tarbiyaviy
ta‟sirlarining birligi;
tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;
tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.
Shu o„rinda uzluksiz ma‟naviy tarbiya tamoyillarini Konsepsiyada
quyidagicha qayd etilganligini ko„rishimiz mumkin
- tarbiyaviy maqsadlarning “O„zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy
g„oyani rivojlantirish konsepsiyasi” (ijtimoiy buyurtma) bilan belgilanishi;
- ilmiylik (har bir tarbiyaviy jarayon elementlarining
puxta asoslanganligi,
samaradorlikning tajriba asosida baholanishi);
- texnologik shart-sharoitning ta‟minlanganligi (ko„zda tutilgan natijani kafolatli
loyihalash va amalga oshirish);
- uzviylik, uzluksizlik (o„zlashtirilgan bilim, ko„nikma, malakalar negizida yangi
bilim, ko„nikma, malakalarni
shakllantirib borish, ularning navbatdagi bosqichga
asos bo„la olishiga erishish);
- yakka tartibda yondashuv (har bir tarbiyalanuvchining shaxsi bilan yaqindan
tanishish, uning xarakteri, ehtiyojlari, hayotiy tajribasi, shaxsiy sifatlarini o„rganish
va ularga tayanib ish ko„rish);
- modernizatsiya (tarbiyaviy tadbirlarning bugungi
kun talablari darajasida
tashkil etish, zamon bilan hamnafas bo„lish);
- intensifikatsiya (tarbiyaviy jarayonda mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish);
- tarbiyaviy jarayonda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarga tayanish (mavjud
ijobiy fazilatlar negizida yangi sifatlarni tarbiyalash, salbiy
sifatlarni bartaraf etib
borish);
- tarbiyaviy jarayonning dinamik xususiyatga egaligi (shakllantiriladigan fazilat
to„g„risidagi tasavvurga ega bo„lish – tushunchani hosil qilish – bilimga ega
bo„lish – ko„nikmaning shakllanishiga erishish – malakani hosil qilish – odatning
shakllanishiga erishish – muayyan ma‟naviy-axloqiy fazilatning mavjud darajasi);
- tarbiyalanuvchilarning yosh,
psixologik, milliy va shaxsiy xususiyatlarini
inobatga olish;
Bu tamoyillarga asosan ota onalar, tarbiyachi o„qituvchilar,
ijtimoiy institut
xodimlari, keng jamoatchilik tashkilotlari tomonidan farzandlarni kelajak avlod
vorisi sifatida ,davlatning va millatning kelajagi sifatida
tarbiyalashni nazarada
tutganligini ko„rishimiz va uni hamisha yodda tutishimizni taqazo etadi.
Nazorat savollari:
1.
Keng ma`nodagi tarbiya deganda nimani tushunasiz?
2.
Tor ma`nodagi tarbiya deganda nimani tushunasiz?
3.
Tarbiya tamoyillari haqida