Test:Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning u erda qancha vaqt bo’lishi qanday hujjat bilan belgilanadi.
1. maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavi va muassisning qarori bilan
2.davlat talablari asosida
3. ilk qadam davlat dasturi asosida
4.Bo’lim tomonidan belgilab beriladi
3.Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarni tashkil etilishi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bevosita rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri:
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan faoliyat ko’rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini mehnat to’g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini moddiy va ma’naviy rag`batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;
o’z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun xalq ta’limi tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o’quv-metodik qo’llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moliya-xo’jalik faoliyatiga javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri har chorakda kamida bir marta o’z faoliyati to’g`risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig`iniga taqdim etadi.
(17-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to’ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018 y., 09/18/134/0809-son)
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda listenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Tashkilot o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo’lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko’rsatish shtatdagi yoki sog`liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan listenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Test:Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun necha soatlik ish tartiblari joriy etiladi.
1.3 soatlik
2.4 soatlik
3.5 soatlik
4.6 soatlik
Do'stlaringiz bilan baham: |