4 - Mashg’ulot Tibbiy nazorat usullari: antropometriya, somatometriya,
somatoskopiya
Kerakli jihozlar: mavzuga oid slaydlar, Gorizontal tarozi, tibbiyot tarozisi, santimetrli lenta.
Ishning mazmuni va bajarish tartibi: Bolaga xos asosiy xususiyat uning o’sib va rivojlanib borishidir. O’sish (massa to’planib borishi) va rivojlanish (turli organ hamda sistemalarning differentsiallashuvi) - bu bola organizmida hamisha bo’lib turadigan, lekin hamma vaqt ham baravar boravermaydigan ikkita asosiy protsessdir. Bola hayotining ba’zi davrlarida o’sish protsesslari ustunlik qilsa boshqa davrlarida turli organlarning rivojlanib borish protsesslari ustunlik qiladi. Bolalarning yoshga aloqador tafovutlari ham ulardagi mana shu o’sish yoki rivojlanish protsesslaridan qaysi birining ustun turishiga ko’pgina darajada bog’liq bo’ladi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishiga baho berish uchun ularning vazni, bo’yi, ko’krak qafasi, boshining aylanasi, shuningdek umumiy ahvoli asosiy ko’rsatkichlar bo’lib xizmat qiladi. Chaqaloq bolalarning o’rtacha vazni o’g’il bolalar uchun 3400-3500 g va qiz bolalar uchun 3200-3400 g ga tengdir.
Chaqaloq bolaning vazni va bo’yiga har xil omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy jihatdan baquvvat, bo’ydor ota-onalarning bolalari vazni va bo’yi jihatidan kattaroq bo’lib tug’iladi. Juda yosh yoki ancha yoshi qaytgan ota-onalardan bolalar vazni bilan bo’yi kamroq bo’lib tug’iladi. Bolaning vazni bilan bo’yiga ijtimoiy-maishiy omillar, ayolning xomiladorlik vaqtida qanday ovqatlanishi va salomatligining ahvoli katta ta’sir ko’rsatadi.
Chaqaloq tug’ilganidan keyin 3-5 kunga kelib uning vazni 150-200 g, ko’pi bilan 300 g kamayadi. 10-12 kunga kelib sog’lom bolaning toshi odatda asliga keladi va keyinchalik tinmasdan ortib boradi.
Hayotining birinchi oyi mobaynida bolaning vazniga o’rtacha 600 g, 2 va 3-oylarida 800 g dan qo’shilib boradi va so’ngra keyingi har bir oy mobaynida oldingisiga qaraganda 50 g dan kamroq qo’shilib turadi. (2-jadval)
Hayotining birinchi yilida bola vaznining ortib borishi
Bolaning yoshi, (oylar)
Oy sari qo’shiladigan og’irligi (g)
O’tgan davr ichida qo’shilgan og’irligi (g)
Bolaning yoshi oylar
Oy sari qo’shiladigan og’irligi
O’tgan davr ichida qo’shilgan og’irligi
1
2
3
4
5
6
600
800
800
750
700
650
600
1400
2200
2950
3650
4300
7
8
9
10
11
12
600
550
500
450
400
350
4900
5450
5950
6400
6800
7150
Jismoniy rivojlanishni to’g’ri baholash uchun o’lchov ishlarining hammasini bolani yalang’och qilib qo’yib kunning birinchi yarmida o’tkazish zarur bo’ladi chunki bolaning bo’yi bilan og’irligi kecha-kunduz davomida o’zgarib turadi. Go’dak bolalar maxsus gorizontal tarozida ertalab tortiladi. Katta yoshdagi bolalar vazni esa tibbiyot tarozisida aniqlanadi. Bolaning bo’yi rostomer ya’ni bo’y o’lchagich yordamida o’lchanadi.
Bolaning boshi va ko’krak aylanasi santimetrli lenta bilan o’lchanadi. Bosh aylanasini aniqlash uchun santimetrli lenta qosh usti rovoqlari va ensa do’mbog’i sohasida boshiga aylantirib o’raladi.
Ko’krak aylanasini o’lchash uchun santimetrli lenta oldindan ko’krak bezi uchlari sohasiga, orqadan kuraklarning pastki burchaklari sohasiga qo’yiladi. Yetilib kelayotgan qizlarda santimetrli lenta oldingi tomonda IV- qovurg’a bo’ylab o’tadi. Bolaning qo’llari pastga tushirilgan, nafasi tinch bo’lishi kerak. Katta yoshli bolalarning ko’krak aylanasi nafas chiqarish vaqtida, shuningdek, bor kuchi bilan nafas chiqarilgan hamda bemalol nafas olib turilgan vaqtda o’lchanadi.
Somatometriya bo’yini rastomerlar (gorizontal va vertikal rastomer) yordamida o’lchashga aytiladi.
Somatoskapiya o’lchangan bo’yning uzunligini daftarlarga qayd qilishga aytiladi.