4 MASHG'ULOT MAVZUSI: Bitiruv malakaviy ishi va uni tayyorlash bosqichlari
(4 soat)
Mashg'ulot maqsadi: Talabalarga bitiruv malakaviy ishi va uni tayyorlash bosqichlari bilan tanishtirish
Metodik ta'limot: Ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mavzuga oid adabiyotlar.
Mashg'ulotni o'tkazish rejasi:
1.Bitiruv malakaviy ishining maqsadi nima?
2. Bitiruv malakaviy ishini bajarilish tartibi.
3. Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida o'tkaziladigan tadqiqotlar
Amaliy topshiriq.
1. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashni o'rganish
Savol va topshiriqlar
Talabalarning bilimini tekshirish.
1.Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalarini ayting.
2.Bitiruv malakaviy ishni bajarishda mavzuga oid adabiyotlarni to'plash.
3.Bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida o'tkaziladigan tadqiqotlarning natijalarini tahlil etish.
Referat bilan kurs ishlarini yozish talabani tadqiqot ishiga tayyorlash bo'lsa, magistrlik dessertasiyasini yozishdan maqsad, tadqiqot. Bitiruv malakaviy ishini yozganda talaba mavzu tanlashdan boshlab, ximoyagacha bo'lgan bosqichlarni o'rganadi. Shuning uchun ham ba'zi Bitiruv malakaviy ishi mualliflari fan nomzodligi ilmiy darajasini berishga tavsiya etilgan hollari mavjud. Bitiruv malakaviy ishi talabaning oliy o'quv yurtini muvaffaqiyatli bitirib, belgilangan bilimlarni to'liq egallab ishni yozish orqali malakali kadr bulib shakllanganligini ko'rsatuvchi xujjatdir. Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ravishda olib boriladigan tadqiqot, u dolzarb muammolardan biriga bag'ishlangan bo'ladi. Uni yozdirishdan maqsad: - talabani o'quv muasasasidan kechgan umri davomida olgan bilimlarni jamlash, tartibga solish va o'z dunyoqarashiga va muayyan kasbga ega bo'lganligini ko'rsatish. - amaliy hayotda uchraydigan vaziyatlardan mutaxassis sifatida mustaqil chiqib keta olishga, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohalarda echimini kutib turgan masalalar ichida eng dolzarbligi bilan ajratib olishga, maxsus adabiyotlar bilan ishlashga, tadqiqot ishiga birlamchi materiallar to'plashga va ularni tahlil qilib umumlashtirishga hamda fikrini boshqalar oldida isbotlab himoya qila olishga o'rgatishdir. - mavjud bilimlardan foydalanib yangi bilimlarni topish va amaliy hayotda ulardan jamiyat manfaatida foydalanish uchun ko'nikma hosil qildirish. Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi uning muallifi malakasi ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishini yozish va himoyaga tayyorlanish quyidagi bog'liq bosqichlardan iborat. 1 - bosqich. - davlat tomonidan olimlarga ijtimoiy buyurma qilib qo'yilgan va echimini kutib turgan masalalar orasida tadqiqot mavzusini tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. 2- bosqich - adabiyotlar bilan ishlash va mavjud birlamchi materiallar bilan tanishish, Bitiruv malakaviy ishini yozish muddatini belgilash. 3- bosqich - tuzilgan reja buyicha birlamchi materiallarni to'plash va maxsus adabiyotlarni tahlil qilish. 4 - bosqich - yig'ilgan materiallarni qayta ishlash, ularni tahlilini o'tkazish va Bitiruv malakaviy ishini yozib ilmiy rahbarga takdim etish. 5- bosqich - Bitiruv malakaviy ishiga tuzatishlar kiritish va unga taalluqli chizma, model yoki buyumni tayyorlash. 6- bosqich - tuzatishlardan keyin ishni ilmiy rahbarga ko'rsatib, uning roziligini olish va ishni himoyaga tayyorlash. 7 - bosqich - himoya va uning tantanasini o'tkazish. Bitiruv malakaviy ishini bosqichma - bosqich amalga oshirish muddatlari jadval shaklida tuzilib uch nusxada tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. jadvalning bir nusxasi kafedrada, ikkinchisi ilmiy rahbarda va uchinchisi diplom ishi muallifiga bo'ladi. Jadvalning muddatlari yuzasidan talaba rahbariga va zarur hollarda kafedrada hisobot berib turadi. Mavzuni tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi olimlar oldiga qo'yilgan masalalarning biriga qaratilgan bo'lishi lozim. Odatda bitiruv malakaviy ishi ilmiy ish sifatida kafedra o'ziga bir necha yilga tadqiqot rejasiga kiritilgan mavzularning birortasini talabalarga beradi. Bizning fikrimizcha bu to'g'ri. Talabalar Bitiruv malakaviy ishi to'g'risida olib borilgan tadqiqotlar mohir bir ilmiy rahbar qo'l ostida bajarilganda uning ilmiylik darajasi oshadi va amaliyotda qo'llash mumkin bo'ladi. Biroq mavzu kafedraning umumiy tadqiqot mavzusiga muvofiq kelishiga qaramay, uni tanlab olish erki talabiga beriladi. bu ishga majburlash man qilinadi. Chunki zo'rlab berilgan mavzuni tadqiqotchi chin yurakdan bajarmaydi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda rahbarlik kafedrada mavzuni muhokama qilinayotganda, kafedradagi o'qituvchilarga ajratilgan o'quv yuklamalari asosida belgilanadi. So'ngra o'quv muassasasining ma'muriyati Bitiruv malakaviy ishi mavzulari to'g'risida chiqarilgan buyrugida uning ilmiy rahbari ham kayd qilinadi. Kafedra Bitiruv malakaviy ishi yozadiganlarni metodik qo'llanmalar bilan ta'minlaydi. Bu qo'llanmalar Bitiruv malakaviy ishiga qo'yiladigan talablar, uning hajmi va boshqa bir qator ko'rsatmalar va qoidalar, ko'rsatilgan bo'ladi. Bitiruv malakaviy ishining rahbari: - mavzuni tanlashga va adabiyotlar ro'yxatini tuzishga yordam beradi. - dessertasiya rejasini tuzishga ko'maklashadi. - asosiy va maxsus adabiyotlar ro'yxatini tuzishga va birlamchi materiallar to'plashga yordam beradi. - ilmiy ish vaqtida bajarilishini nazorat qilib boradi. - talaba bilan birgalikda tuzilgan va kafedra tomonidan tasdiqlangan jadval asosida konsultasiya berib boriladi. - Ilmiy rahbar ish qanday yozilayotganini tekshirib, kuzatib boradi. Agar ish mavzudan chikib ketgan bo'lsa, yoxud uni to'la asoslanmagan bo'lsa, to'g'ri yo'lga solib, unga tegishli yordam beradi. O'z navbatida talaba ilmiy rahbarning vaqtini tejash uchun tayyor savollar bilan keladi, qo'lyozma savodli va tushunarli yozilgan bo'lishi kerak. Ish tayyor bo'lgandan keyin ilmiy rahbar unga kengaytirilgan taqriz yozib, kafedra mudiriga topshiradi. Taqrizga quyidagilar qayd qilinishi shart. 1. Muallif o'z oldiga qo'ygan masalani qanchalik hal qilishga erishganligi. 2. Bajarilgan ishning qismlari buyicha qisqacha tasnifi. 3 Maxsus adabiyotlar va birlamchi materiallardan foydalanish. 4. Mavzudagi qaysi masalalar yaxshi yoritilgani, qaysilari sust tahlil qilganlik darajasi. 5. Ishni mustaqil bajarish darajasi. 6. Dessertasiya ishidaga yakuniy fikrlarni asoslanganligi va tavsiyanomalarning amaliy ahamiyati, zamon va makon talabiga mosligi. 7. Himoyaga qo’yish mumkin yoki mumkin emasligi. Kafedrna va dekanat bitiruv malakaviy ishini jadvaldan chikmay bajarilayotganini, ularning sifatini nazorat qilib turadi. Bitiruv malakaviy ishi odatda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topadi. Uning qismlari o'zaro uzviy bog'liq bulib mantiqan bir- biridan kelib chiqishi va asosiy maqsadga xizmat qilishi kerak. Ish tarkibiy tuzilishini shakllantira-yotganda, uning konsepsiyasi ham tuziladi. Ya'ni tadqiqotni amalga oshirish jarayoni ilmiy asoslab beriladi. Bunda tadqiqot yakunida nimaga erishish kerakligi, buinng uchun qanday ilmiy tadqiqot usullraidan va qaysi birlamchi materiallaridan foydalanish zarurligi va kuriladigan adabiyotlar tavsiloti bayon etib boriladi. Mazkur ishga taalluqli adabiyotlarni ko'rishda yoki birlamchi materiallar to'plash va ishlash jarayonida yoxud ilmiy ish yozish paytida avvaldan to'zilgan reja o'zgarishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishi umumiy hajmi qo'lyozmada 100-120 betdan oshmasligi kerak. Bitiruv malakaviy ishi matinini yozish, unga taallukli jadval, rasm vaboshqa birlamchi materiallar, kulyozmalar nashrga tayyorlash qoidalari asosida bajarilgan bo'lishi kerak. Kirishning xajmi 3- 5 betdan oshmasligi kerak. Unda mavzuning dolzarbligi, amaliy ahamiyati, unga ijtimoiy buyurma borligi aytib utiladi. Sungra bu mavzuning ishlanganlik darajeasi yoritilib ishlanmagan javhalarni aniqlanadi va ulardan mazkur mavzuni tanlab olinganligini isbotlab beriladi. Mazkur tadqiqotning kutilgan natija, ya'ni maqsadga etish uchun echilishi zarur bo'lgan masalalar majmui va ularni hal qilish uchun bajariladigan ishlar hamda bunda ishlatiladigan ilmiy amaliy usullar tizimi keltiriladi. Asosiy qism dessertasiyaning umumiy xajmi 80 foizini tashkil qilish kerak. Dessertasiyaning nazariy qismini (ko'pincha unga alohida bulib ajratilgan) bayon qilishdan oldin, ushbu mavzuda chop etilgan adabiyotlarni chukur o'rganib chikib, ulardagi tushuncha, Qonun va qoidalarni tahlili beriladi.Sungra ular asosida nazariy asoslari ko'rsatilab, ilmiy asoslanadi. Xulosa dessertasiya matnining boshidagi nazariy asoslari tadqiqotlar yakuni bilan solishtiriladi va yangi natijalar aniqlanadi. Xulosaning oxirida tadqiqot natijalaridan kelib chikib, amaliyotchilarga uni hayotga tadbik etish buyicha tavsiyalar beriladi. Shu bilan bitiruv malakaviy ishi xomaki nusxasi tayyor bo'ladi. Bitiruv malakaviy ishining bu nusxasi ilmiy rahbarga ko'rsatilib uning kamchiligi va analiz joylari to'zatiladi, adabiy taxrirdan utkaziladi va oxirgi nusxasini bosish uchun mashinaga yoki kompyuterga beriladi. Bitiruv malakaviy ishini yozish buyicha tavsiyalar. Bitiruv malakaviy ishi adabiy bog'liq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishida boshqa mualliflarning fikri va adabiyotlaridan iktisoslar qilingan bo'lsa, manbalarning to'liq ko'rsatkichlari beriladi. Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan rakamlar tadqiqot mavzusini ochib berishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi matni, undagi jadval, diogramma,rasm va kurgazma materiallar nashrga tayyorlash qoidalariga muvofiq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishi yozgan talaba kulida kolgan nusxasini ukib, ma'ruzani qisqacha matnini yozadi va ximoyaga ruxan tayyorlaydi. Ximoya vaktida tadqiqotchining o'zini bardam tutib, xotirjamlik bilan ma'ro'za qilib beradi. Tushgan savollarni yozib olib, javob berishga tayyorlaydi. Savollarga javoblar qisqacha, lunda, maqsadga yunaltirilgan va malakali bo'lishi kerak
Adabaiyotlar ro'yxati.
I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008.
I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997.
Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008.
Оchilоv. M. Muаllim qalb mе`mоri. T. 2003.
Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996.
G’аybullаеv. Pеdаgоgikа. Оliy o’quv yurtlаri uchun.T. 1994.
Nishоnаliеv, Tursunоv. Pеdаgоgikа kursi.t. O’qituvchi1996.
Hаsаnbоеv J. Pеdаgоgikа. O’quv qo’llаnmа.T. 2006.
Ziyomuhаmmеdоv.B. Pеdаgоgikа. Оliy o’quv yurtlаri uchundаrslik.T. 2000.
Mаvlоnоvа.R. Pеdаgоgikа T. 2000
Ziyomuhаmmеdоv.B. Ilm hikmаti. T. 1999
Do'stlaringiz bilan baham: |