4-ma’ruza: Vasiylik va homiylik tushunchasi


Vasiylik va homiylik tarixidan



Download 71,44 Kb.
bet7/13
Sana13.07.2022
Hajmi71,44 Kb.
#793090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
4-Mavzu. Vasiylik va homiylik

Vasiylik va homiylik tarixidan.

Vasiylik va homiylikning me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks ettirilishi.


O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik masalalari O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20-sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi Nizom” bilan tartibga solinadi..
O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi O‘zbekiston Respublikasida oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, uning 21-bobi 173-175 moddalari Vasiylik va homiylik masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu bobda vasiylik va homiylikning maqsadi, vasiylik va homiylikni belgilash tartibi, vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish tartibi bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi “Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin1”.
“Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi”.
Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, o‘zlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
vasiylik va homiylik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
vasiylik va homiylikni belgilash, shuningdek vasiy va homiy tayinlash tartibini belgilaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reestrini (bundan buyon matnda davlat reestri deb yuritiladi) tashkil etish va yuritish tartibini hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini belgilaydi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘z vakolatlari doirasida:
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga munosib turmush va ta’minot sharoitlarini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy ishlar sohasida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni maslahat yordami, ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaxassislar tayyorlaydi;
oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tarmoqlarini, xizmatlarini, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda ularning oilalariga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish markazlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
davlat reestrini yuritadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish bo‘yicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va hisobga olish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning zarur hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning ta’minoti, ularga tarbiya va ta’lim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki but saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat qilish.
Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari o‘z vakolatlari doirasida:
etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;
etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
etim bolalarning va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo‘yiladigan talablarga mos bo‘lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
etim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
etim bolalarning va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
etim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligi, shuningdek vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashni, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta’lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam ko‘rsatadi;
etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulki but saqlanishini ta’minlaydi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish to‘g‘risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘radi;
voyaga yetmaganni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risida homiylarning roziligi bilan qaror qabul qiladi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganning o‘z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini cheklash yoki uni bu huquqdan mahrum etish to‘g‘risida sudga zarur hollarda ariza bilan murojaat qiladi, voyaga yetmaganning qonunda belgilangan tartibda to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi hollari bundan mustasno;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;

Download 71,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish