4 –Ma’ruza. Terpenlar va steroidlar Izoprenoidlarni tabiiy manbaalari, sinflanishi



Download 0,49 Mb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#81780
1   2   3
Bog'liq
4. терпенлар стероидлар

Ikki halqali terpenlar



Ikki halqali terpenlar uch guruhga – karan, pinan va bornan qator terpenlarga bo’linadilar:

Ikki halqali terpenlarning eng ahamiyatlisi – pinan guruhiga kiradigan pinenlardir.

Pinen – qo’shbog’ning joylashuviga ko’ra - va -pinenlar mavjud bo’lib, ular terpentin moyining asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Pinen skipidarlarning asosiy qismini tashkil etadi. U 1560S qaynaydi.

Skipidar igna bargli daraxtlar qatronidan haydash orqali olinadi. Skipidar erituvchi sifatida terpingidrat va kanforani olishda ishlatiladi.

Pinen reaktsiyalar vaqtida izomerlanib ketadi yoki uning haqasi ochiladi.

1. Pinenga sulg’fat kislota ishtirokida suv biriktirilganda terpingidratni hosil qiladi.





2. Pinenga past haroratda vodorod xlorid bilan tahsir etilganda juda ham beqaror bo’lgan pinengidroxlorid (I) hosil bo’ladi. U oddiy haroratda borxilxloridga (II) o’tadi:




3. Pinen bug’i katalizator ustidan o’tkazilganda kamfen hosil qilib izomerlanadi:

Kamfan guruhiga kiruvchi ikki halqali terpenlarning muhim vakili borneol spirti hisoblanadi. Borneolni kamfora daraxti efiri moyidan olinadi.





Paxta daraxti moyida bornilatsetat (I) bo’ladi. Uni gidrolizlab borneol (II) olinadi.




Kanfora. Kimyoviy jihatdan kamforaning kislorodli hosilasi – ikki halqali ketondir:

Kanfora – 1790S da suyuqlanadigan kristall modda. O’ziga xos xidga ega. Skipidarlardan olinishi mumkin. Borneolni degidrirlaganda ham hosil bo’ladi:





Kanforani kamfenni oksidlab ham olish mumkin.

Kimyoviy o’zgarishlar vaqtida Kanfora ketonlar xossalarini takrorlaydi. Kanfora tselluloid ishlab chiqarishda, poroxlarga barqarorlovchi qo’shimcha sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.



4. Diterpenlar. Diterpenlarga A1 darmondori yoki retinol misol bo’ladi. A1 darmondori o’sish, rivojlanish darmondorisi hisoblanadi. Tabiiy A1 darmondorining yon zanjiri boshidan oxirigacha transkonfiguratsiyaga ega:

A1 darmondori o’simliklarda tayyor holda saqlanmaydi. U sutda, saryog’da, tuxim sarig’ida, ayniqsa baliq moyida va hayvonlar jigarida ko’p miqdorda bo’ladi. Toza A1 darmondori moylarda oson eriydigan, sariq rangli kristall modda. Ovqatda A1 darmondori yetishmaganda organizmning o’sishi, rivojlanishi to’xtaydi, kishi vazni kamayib ketadi, ko’zning muguz pardasi – eng ustki tiniq pardasi qovjirab qoladi, kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati susayadi. A1 darmondori yetishmaganda shabko’rlik boshalanadi.


5. Triterpenlar. Triterpenlarga tritsiklen misol bo’ladi. Tritsiklen kamfora gidrozonini oksidlash orqali hosil qilinadi:



Tetraterpenlar (karatinoidlar). Tetraterpenlar guruhiga tabiiy birikmalar – karatinlar mansubdir. Ularga sterinlar, ayrim darmondorilar va gormonlar ham yaqin turadilar.

Karitinoidlar – tabiiy pigmentlar –bo’lgan moddalar bo’lib, tuzilishi jixatdan sabzi va boshqa o’simliklarda, shuningdek karatinoidlar odatda murakkab aralashmalar xolida uchraydi. Karatinoidlar molekulasida qator oralatma qo’sh bog’lar bo’lishi sababli ular polienlar turkumiga kiritiladi. Karatinoidlarga uglevodorodlar, ularning oksi- va okso hosilalari, oksi hosilalarining efirlari hamda kislotalar sinfiga kiradigan 60 dan ortiq moddalar kiradi.



Karitinlar C40H55 formula bilan ifodalanadilar. Masalan, dikroin quiydagi tuzilishga ega:

Likolin pomidorning rangini hosil qiladigan pigmentdir.

Karotin birinchi marta 1831 yilda qizil kristall holida sabzidan ajratib olingan. U ko’pchilik mevalarda, sutda, sariyog’ tarkibida uchraydi. Sabzidan ajratib olingan sof modda bo’lmay -, - va -karotinlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Aralashmada -karotinning miqdori 85% ni tashkil etadi. U quyidagi tuzilishga ega:




Karotinning ahamiyati juda katta bo’lib, ular organizmdi karotinaza fermentilari tahsirida A1 darmondorini hosil qiladilar.



6. Steroidlar. Steroidlar quyidagi keltirilgan politsiklik sistemaning hosilalari bo’lib, ularga xolesterin, o’t kislotalari, xinriy gormonlari, adenokortinoid gormonlar, D darmondori va ayrim yurak zaharlari misol bo’ladi.

Steroidlarni nomlash uchun mahlum qoidalar ishlab chiqarilgan bo’lib, ular biokimyo kursida o’rganiladi.





Xolestorin barcha jonzotlarning to’qimalarida, ayniqsa nerv to’qimalarida ko’p miqdorda uchraydi. Xolesterin biologik membranalar tarkibiga kiradi. U birinchi marta o’t toshidan ajratib olingan (grekcha chole – o’t degan mahnoni anglatadi). U quyidagi tuzilishga ega:

O’t toshi xolesteringa ayniqsa boy bo’ladi. Xolesterin molekulasida 8 ta xirallik markazi bo’lib, uning 28=256 ta steroizomerlari bo’lishi mumkin. Ulardan faqat bittasi tabiiy xolesterindir. Xolesterin o’t kislotalari va jinsiy gormonlar biosintezida oraliq modda bo’lib xizmat qiladi. Qonnig tarkibida xolesterin miqdori ko’payishi arterosklerozning boshlanayotganligidan dalolat beradi.



D darmondori. Raxit kasalligining rivojlanishi oldini oladigan, tuzilishi jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan bir necha moddalar bo’lib, ular D2 darmondori guruhiga biriktirilgan. D2 darmondori eng ahamiyatli bo’lib, tibbiyotda keng qo’laniladi. D2 darmondori sutda, saryog’da, tuxum sarig’ida, ayniqsa baliq moyida eng ko’p bo’ladi. Uni ergosteriyaga ulg’trabinafsha nurlar tahsiri ettirib olish mumkin. SHuning uchun inson terisi ulg’trabinafsha nurlar bilan nurlanganda ham undagi ergosterin D2 darmondoriga yoki unga yaqin moddalarga aylanadi deb faraz qilinadi.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish