umumiy hisobda bir vaqtda server va mijoz rolini bajarishlari mumkin, bu tarmoq
funksional ravishda simmetrik emas: apparat va dasturiy ravishda unda ikkita tur
kompyuterlar mujassam – biri, ko‗proq server vazifalarini bajarishga mo‗ljallangan
va asosan maxsus servis OTlar boshqaruvida ishlaydi, mijozlar vazifasini
bajaradigan va OT variantining shu qo‗llanmasiga mos bo‗lgan server
boshqaruvida ishlaydi. Funksional nosimmetriklik, odatda, apparaturaning
nosimmetrikligini keltirib chiqaradi – ajratilgan serverlar uchun tezkor va tashqi
xotirasi katta hajmli quvvatli kompyuterlar ishlatiladi. Shunday qilib, tarmoqdagi
ajratilgan serverli funksional nosimmetriklik, operatsion tizimlar (OT
spetsializatsiyasi)
va
apparatlarning
(kompyuterlar
spetsializatsiyasi)
nosimmetrikligi bilan kuzatiladi. Birrangli tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda
bir-birlarining resurslariga kirish huquqlari bir xil. Har bir foydalanuvchi o‗z
hoxishi bilan kompyuterining biror resursini ajratilgan deb e‘lon qilishi mumkin,
shundan so‗ng boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishlari mumkin. Bunday
tarmoqlardagi barcha kompyuterlarda hamma kompyuterlarga barobar potensial
teng imkoniyatlarni beruvchi bitta OT o‗rnatiladi. Birrangli tarmoqlar misol uchun,
LANtastic, Personal Ware, Windows for Workgroup, Windows NT Workstation
OT yordamida qurilishi mumkin. Birrangli tarmoqlarda bundan tashqari,
funksional nosimmetriklik ham yuzaga kelishi mumkin: ba‘zi iste‘molchilar o‗z
resurslarini boshqalar bilan bo‗lishni istamaydilar, shunda ularning kompyuterlari
mijoz rolida bo‗ladi, boshqa kompyuterlarga esa, boshqaruvchi (administrator)
faqat resurslardan birgalikda foydalanishni tashkil etish vazifasini yuklaydi, demak
ular server hisoblanadilar, uchinchi holda esa, lokal foydalanuvchi resurslaridan
foydalanishga qarshi bo‗lmasa va o‗zi ham boshqa kompyuterlarga murojaat
qilishni rad etmasa, uning kompyuterida o‗rnatiladigan OT ham server ham mijoz
qismida bo‗lishi kerak. Ajratilgan serveri bor tarmoqlardan farqli o‗laroq, birrangli
tarmoqlarda mijoz yoki server funksional yo‗nalishiga bog‗langan holda, OT
spetsializatsiyasi mavjud emas. Barcha variatsiyalar birgina OT variantini
shakllantirish vositalari bilan amalga oshiriladi. Birrangli tarmoqlar tashkil etish
va foydalanishda osonroq, lekin ular asosan, saqlanadigan axborot hajmiga, unga
ruxsatsiz kirishdan himoyalanganligi va kirish tezligiga katta talab qo‗ymaydigan
katta bo‗lmagan foydalanuvchilar guruhini birlashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu
tavsiflarning yuqori talablariga ko‗prangli tarmoqlar qulayroq hisoblanadi, ularda
server foydalanuvchilarga xizmat ko‗rsatish vazifasini o‗z resurslari bilan echadi,
chunki uning apparaturasi va tarmoq operatsion tizimi aynan shu maqsadda
loyihalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: