4-Ma`ruza: Tabiiy tanlanish reja: Tabiiy tanlanish haqida tushuncha Tabiiy tanlanish va uning shakllari



Download 379,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.06.2022
Hajmi379,07 Kb.
#662290
  1   2   3   4
Bog'liq
4-MARUZA. GEN 8-SEM



4-Ma`ruza:
Tabiiy tanlanish 
REJA: 
1.
 
Tabiiy tanlanish haqida tushuncha 
2.
 
Tabiiy tanlanish va uning shakllari 
3.
 
Yashash uchun kurash va uning xillari 
Tayanch so‘zlar: 
tabiiy tanlanish, harakatlantiruvchi, stabillashtiruvchi, dizruptiv.
 
 
Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, 
ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individual 
o‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning 
bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun 
befarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi. Odatda zararli o‘zgaruvchanlikka 
ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo‘ladilar. 
Organizm uchun befarq o‘zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Foydali o‘zgaruvchanlikka ega individlar tur ichidagi, turlararo 
yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda birmuncha 
afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda 
foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, 
xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishi 
tabiiy tanlanish 
deb ataladi. 
Tabiiy tanlanish – organizmlar evolutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi 
omili. Ch. Darvin fi kricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning 
natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning 
yashab, nasl qoldirishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi, 
foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning qirilib ketishi, ya’ni 
moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy 
oʻzgaruvchanlik tabiiy tanlanish uchun asos hisoblanadi. Tabiiy tanlanish tufayli 
organizmlar xilma-xilligi ortadi, evolutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi 
murakkablashadi, muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar 
nobud boʻladi. 
Ch. Darvin tabiiy tanlanish jarayonini sun’iy tanlash bilan taqqosladi. Agar 
sun’iy tanlanishni inson olib borsa, tabiiy tanlanishni tabiat boshqaradi. Sun’iy 
tanlanishni o‘tkazishda inson doimo o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Shu sababli 
sun’iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson manfaati uchun xizmat 
qiladigan belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson 
manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Yashash 
uchun kurashga moslashgan organizmlar moslashmagan organizmlarga nisbatan 
kamroq nobud bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tabiiy tanlanish, organizmning 
muhitga moslashishida yangi populatsiya, turlarning kelib chiqishida asosiy 
omil ekanligidan dalolat beradi. 
Hozirgi vaqtda tabiiy tanlanishning 3 turi farqlanadi:
1) harakatlantiruvchi; 
2) stabillashtiruvchi;
3) dizruptiv.

Download 379,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish