Quymalarni tayyorlash uchun quyishning ko’plab usullari: qumli qoliplarga quyish (4.1-rasm), kokillarga quyish, qobiq qoliplarga quyish, eruvchan modellar yordamida quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochma usulda quyish va boshqalar qo’llaniladi. Quyishning u yoki bu usulini qo’llash soxasini quymaning ishlab chiqarish hajmi, geometrik aniqligi va sirt g’adir-budirligiga bo’lgan talablar, ushbu usulning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va boshqa omillar belgilaydi. - Quymalarni tayyorlash uchun quyishning ko’plab usullari: qumli qoliplarga quyish (4.1-rasm), kokillarga quyish, qobiq qoliplarga quyish, eruvchan modellar yordamida quyish, bosim ostida quyish, markazdan qochma usulda quyish va boshqalar qo’llaniladi. Quyishning u yoki bu usulini qo’llash soxasini quymaning ishlab chiqarish hajmi, geometrik aniqligi va sirt g’adir-budirligiga bo’lgan talablar, ushbu usulning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va boshqa omillar belgilaydi.
-
Qolip va uning elementlari: a-qolip; b-troynik; v-sterjen; g-model; d-sterjen yashigi; ye-quyish tizimili quyma
Qolip - eritilgan metallni quyishdan quyma hosil bo’ladigan ishchi bo’shliqdan iborat bo’lgan elementlar tizimidir. 1.2-rasm (a) da troynik (1.2-rasm, b) uchun qolip ko’rsatilgan. Odatda quyi 2 va yuqorigi 6 yarim pallalardan iborat bo’ladi. Ularni quyish modellari 7 (1.2-rasm, g) yordamida quyish opokalari 3, 5 da tayyorlanadi. - Qolip - eritilgan metallni quyishdan quyma hosil bo’ladigan ishchi bo’shliqdan iborat bo’lgan elementlar tizimidir. 1.2-rasm (a) da troynik (1.2-rasm, b) uchun qolip ko’rsatilgan. Odatda quyi 2 va yuqorigi 6 yarim pallalardan iborat bo’ladi. Ularni quyish modellari 7 (1.2-rasm, g) yordamida quyish opokalari 3, 5 da tayyorlanadi.
Opoka-qolip tayyorlashda qolip aralashmasini tutib turish uchun moslamadir. Uning yuqorigi va pastki yarim pallalarini tsilindrik metall shtir 4 lar yordamida o’zaro orientirlanadi. Bo’shliq, teshik yoki murakkab konturlar hosil qilish uchun qolipga sterjen 1 o’rnatiladi. Sterjen yashigi (4.2-rasm, d) yordamida sterjen tayyorlanadi. Eritilgan metalni qolip bo’shlig’igacha oqizish va to’ldirish uchun quyish tizimi 8-11 dan foydalaniladi. Qolipga suyultirilgan metall quyilgandan keyin metall qotadi, soviydi va quymani olish uchun qolip buziladi. (4.2-rasm, ye). - Opoka-qolip tayyorlashda qolip aralashmasini tutib turish uchun moslamadir. Uning yuqorigi va pastki yarim pallalarini tsilindrik metall shtir 4 lar yordamida o’zaro orientirlanadi. Bo’shliq, teshik yoki murakkab konturlar hosil qilish uchun qolipga sterjen 1 o’rnatiladi. Sterjen yashigi (4.2-rasm, d) yordamida sterjen tayyorlanadi. Eritilgan metalni qolip bo’shlig’igacha oqizish va to’ldirish uchun quyish tizimi 8-11 dan foydalaniladi. Qolipga suyultirilgan metall quyilgandan keyin metall qotadi, soviydi va quymani olish uchun qolip buziladi. (4.2-rasm, ye).
Do'stlaringiz bilan baham: |