4-ma’ruza. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li



Download 16,44 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi16,44 Kb.
#520244
Bog'liq
4-mavzu oraliq


4-ma’ruza. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
Reja
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
2. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. YAngi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
4. O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.
XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda yuzaga kelgan keskin va jiddiy muammolar mavjud edi:
1. Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi ya’ni 1979-1989 yillar davomida O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati –2,8 foiz ya’ni Ittifoqdagi aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atiga qaraganda 3 barobardan ziyod lekin aholining yuqori darajadagi o‘sishi uzoq yillar davomida ish joylarini ko‘paytirish, aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi.
2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi. O‘sha paytda respublikamiz barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlarda turar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam edi.
Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o‘zgalarga qaram edik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham chetdan olib kelinardi.
3) Ishlab chiqaruvchi kuchlarning stixiyali ravishda joylashtirilishi
4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, aholi ijtimoiy ta’minoti va himoyasining mutlaqo qoniqarsizligi.
Islom Karimov 1989 yil 23 iyunda O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq hukumat majlisida respublikada vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ob’ektiv baho berdi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday yakuniy xulosa chiqardi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”.
2) O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993- yilda nashr etilgan „O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Bu strategiya hayotimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli, tadrijiy va izchil, tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy yo‘naltirilgan, barqaror rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlat qurish, inson oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari ta’minlanib, salohiyati ro‘yobga chiqariladigan kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning „o‘zbek modeli“ deb qabul qilindi. Tanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tkazish lozim edi. O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar.
Bu modelning barcha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga sabab bo‘lgan omillari ko‘p. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, ya’ni inqilobiy yo‘ldan emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lidan borish tamoyilidir.
3) O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990 yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘ldi. U „Mustaqillik deklaratsiyasi“, „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.
4) O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida» qonun qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo‘lib qoldi. 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
Download 16,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish