4 ma'ruza Mavzu: Viruslarning tuzilishi Reja: Viruslarning tuzilishi


Gripp virusining sxematik diagrammasi



Download 187,42 Kb.
bet3/3
Sana28.04.2022
Hajmi187,42 Kb.
#588219
1   2   3
Bog'liq
4-maruza. Viruslarning tuzilishi (1)

Gripp virusining sxematik diagrammasi:
1-gemoagglyutinin; 2-neyraminidaza fermenti; 3-lipid qobig‘i; 4-RNKning polinukleotid zanjiri; 5-oqsilli qobig‘i.

OITS virusining tuzilishi. 1983 yili L.Montane OITVni retroviruslarga kirishini aniqladi. Retroviruslar lipid qobiqqa ega bo‘lib, genomi RNK tipida. Virion tarkibida "qaytalama transkriptaza" (obratnaya transkriptaza) fermenti bo‘lib (hozirgi kunda yana ikkita ferment borligi aniqlandi), u virus RNK sidan DNK nus’halar (k -DNK) sintez qiladi va kasal odam hujayrasi genomiga joylashadi.




Viruslarning ko‘payishi.

Viruslarning ko‘payishi bakteriyalar va boshqa bir hujayrali organizmlarnikidan farq qiladi. Ko‘payish jarayoni shartli ravishda to‘rt fazadan iborat. Birinchi fazada virus zarrachasi boshqa organizm hujayrasiga adsorbsiyalanadi. Bu faza gripp va poliomielit viruslarida o‘rganilgan. Virus adsorbsiyalanadigan hujayraning po‘sti turli uchastkalardan iborat bo‘ladi, ba’zi uchastkalarda mukoproteidlar, boshqa uchastkalarda lipoproteidlar bo‘ladi. Gripp virusi mukoproteidli uchastkaga, poliomielit virusi esa lipoproteid uchastkaga adsorbsilanadi. So‘ngra virus pinotsitozga o‘xshash mexanizm vositasida hujayra ichiga o‘tadi, bunga viropeksis deyiladi. Ikkinchi fazada virus hujayra ichiga o‘tadi. Hujayra ichiga o‘tgan virusning oqsil qobig‘i fermentlar ta’sirida yemiriladi va hujayraning ichiga nuklein kislota o‘tadi. Uchinchi fazada hujayra ichiga o‘tib olgan nuklein kislota hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonini virus zarrachalarini sintezlash tomonga yo‘naltiradi. Bunda sintezlovchi fermentlarning faoliyati aktivlashadi, boshqa fermentlarning ishi tormozlanadi. Bundan tashqari, viruslar uchun xos bo‘lgan fermentlar ham sintezlanadi, ya’ni bu davrda yangi virus — hujayra sistemasi vujudga keladi. Bunda nuklein kislota, oqsil va boshqa qismlar sintezlanadi, undan keyin bu qismlar birlashib, virus zarrachasi hosil bo‘ladi. To‘rtinchi fazada virus zarrachalari hujayradan tashqariga chiqadi. Hujayradan yuzlab virus zarrachasi chiqadi. Gripp virusining chiqishi 5—6 sikldan iborat bo‘lib, 30 soat davom etadi, har bir sikl 5—6 soatdan so‘ng boshlanadi. Lekin o‘simlik viruslari tashqariga chiqmay, hujayralarda to‘planadi va turli shakldagi kristallar hosil qiladi. Keyingi vaqtlarda virusologiyaning jadallik bilan rivojllanishi viruslar ko‘payishi va uning ba’zi tomonlariga ma’lum o‘zgarishlar kiritdi. Quyida shu haqida so‘z yuritiladi.


Virusning hujayraga kirishidan to ko‘payishigacha bo‘lgan davrni bir necha bo‘laklarga bo‘lib tekshiriladi. Birinchi davr - latent davri. Bu davrda virus zarrachalarining soni o‘zgarmaydi. Latent davrining birinchi yarmida 214 virus zarrachalari hujayrada umuman uchramaydi va bu davr eklips (yo‘qolish) deyiladi. Ikkinchi davr - virus zarrachalari sonining oshish davridir. Bu davr virus zarralari hujayradan chiqishi bilan tugaydi .
Adsorbsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari - retseptorlari ishtirok etadi. Ya’ni, virus hujayraga kirish uchun uning retseptori hujayra retseptorlari bilan bog‘lanishi kerak. Masalan, T- 2 bakteriofagining retseptorlari uning o‘simta, to‘g‘rirog‘i dum qismdagi fibrillarida joylashgan. T-2 bakteriofaglari singari, maxsus adsorbsiyalanish qismlari bo‘lmagan, sferasimon va boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar retseptor deb qabul qilingan. Ammo, shu vaqtgacha, birorta virus retseptorining kimyoviy tuzilishi to‘la aniqlangan emas. T-2 bakteriofagi hujayraga kirish paytida o‘zining fibrillari bilan hujayra devoriga yopishadi va dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan "tiqin" yo‘qoladi. So‘ngra, o‘simtaning oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o‘simta o‘zagi hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib o‘tadi. Viruslarning hujayraga kirishidagi yana bir yo‘l pinotsitoz usulidir. Bu usul chechak viruslarida qayd etilgan. Hujayraga virus yopishgandan so‘ng, hujayra membranasi ichiga virus botib kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib qoladi. Hujayra gidrolitik fermentlari ta’sirida virus zarrasidagi oqsil va fosfolipidlar parchalanadi. Ozod bo‘lgan nukleoproteid tarkibidagi DNK, hujayradagi "yechintiruvchi" fermentlar vositasida ajraladi.
Virus DNK si sintezi uchun substrat hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar, struktura oqsillari hujayra oqsillari kabi ribosomalarda sintezlanadi. Hujayradagi transport RNK lar ulardagi aminokislotalarni virus informatsion RNK sidagi (RNK tutuvchi viruslarda i-RNK vazifasini bir zanjirli virus RNK sining o‘zi bajaradi) shifrga asosan, bir zanjirga ulab, oqsil molekulasini shakllantiradi. Hujayraning turli qismlarida bir vaqtda hosil bo‘lgan nuklein kislota va oqsillarning "o‘z-o‘zidan" (samosborka) qo‘shilishi natijasida virus zarrachalari yetiladi. "O‘z-o‘zidan" qo‘shilish virus oqsiliga xos xususiyatdir. Agar virusning toza preparatidan ajratib olingan oqsil muayyan bir sharoitda probirkada tutilsa, ma’lum vaqtdan so‘ng bu oqsillar virusga o‘xshash (ammo nuklein kislotasiz) tayoqchasimon forma hosil qiladi. Ammo ularning uzunligi har xil bo‘ladi. Chunki bu zarrachalar uzunligini boshqarib turuvchi faktor - virus nuklein kislotasidir.
Download 187,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish