Panellarni ekranga chiqarish
Ekranga ixtiyoriy panelni chiqarish yoki uni berkitish View (ko’rinish) / Toolbars
(asboblar paneli) buyruqlarini tanlash orqali amalga oshiriladi. Ochilgan menyusidan
kerakli panel nomi tanlanadi. Ekranlan ixtiyoriy panelni olib tashlash kontekst menyu
yordamida ham bajarilishi mumkin. Buning uchun kontekst menyu sichqoncha o’ng
tugmasini panelning ixtiyoriy joyida bosish orqali chaqiriladi va Hide (yashirish) buyrug’i
tanlanadi. Bundan tashqari, agar panel suzuvchu bo’lsa, yani asosiy oynaga biriktirilmagan
bo’lsa, uni yopish tugmasi orqali berkitish mumkin. Asosiy panellardan farqli ravishda
matemati panellarni Math panelidagi mos tugmalarni bosib chaqirish yoki berkitish
mumkin. Matematik panellarning bor yoki yo’qligi mos tugmalar orqali ko’rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |