2. Assosatsiyali fikrlash usuli
Shuni ta'liklash kerakki, insonning xotira mexanizmi quruq axborotni
yoqtirmaydi, xotiraga mustahkam o'rnashishi uchun axborot sezgilarga
bog'langan bo'lishi kerak.
Masalan, korxonadagi jihozni tasavvur qilganda uning shovqinini,
undan chiqayotgan chang, tutun, bug', hid, issiqlik va yorug'likni, mexanik
ishlov berilayotgan materialning qattiqligini, og'irligini his qilishimiz kerak.
Shuningdek, kayfiyatimizga ta'sir qiladigan holatlarni, masalan,
hayratlanarli darajadagi ish unumini, sachrab ust-boshimizni iflos qilishi
mumkin bo'lgan suyuqlik yoki zarrachalarni, kuchli vibratsiyani, elektr
tarmog'idan tok urishi yoki olov chiqishini tasavvur qilishimiz kerak.
Assotsatsiyali fikrlash usuli biror texnologik jarayondagi ketma-ketlikni
esda saqlash uchun juda qulaydir. Masalan, texnologik jarayondagi
jihozlarni, ularning vazifasini, ish unumini, xavfli hududlarini, moddalarning
holatini esda saqlash uchun juda katta axborotni yod olish zarur. Bunday
holatda tasavvurlarimizni sezgilar bilan boyitish, fantaziyadan foydalanish
orqali yuqori samaraga erishish mumkin.
Masalan, quyida jihozlar va jarayonlarning nomini aytmasdan umumiy
tarzda bayon qilamiz. Hayolan korxonaga kiramiz.
Birinchi jihozning shovqiniga chidab bo'lmaydi, undan chiqayotgan hid
nafasni bug'adi. Tezligi shunchalik yuqoriki, bir o'zi kuniga yarim soat
ishlasa ham, korxonadagi barcha jihozlarga yarim tayyor mahsulotni
yetkazib bera oladi.
Keyingi turdagi jihoz 2 ta ishchi tomonidan boshqariladi. Bu jihoz
texnologik jarayondagi eng nozik operatsiyani bajaradi, korxonada bunday
jihozlardan 50 ta o'rnatilgan.
Uchinchi turdagi jihoz mexanik jihoz bo'lib juda ehtiyot bo'lib ishlashni
talab etadi. Qaysidir bir yili bitta ishchining yengini tortib ketgan.
Yaxshiyamki, elektron saqlash tizimi o'tnatilganligi sababli jihoz osha
soniyada taqa-taq to'xtagan. Ishcniga hech narsa bo'lmagan.
To'rtinchi jihoz Germaniyadan keltirilgan, mahsulot sifati a'lo darajada.
30 yildan beri remont ko'rmasdan ishlaydi. Bu jihozning narxi juda yuqori,
korxonadagi barcha jihozlarning narxining yig'indisidan 10 barobar katta.
E'tibor bergan bo'lsangiz, bu texnologik jarayonni bayon qilishda
insonga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatadigan omillar sanab o'tilgan.
Bunday axborot quruq axborotga nisbatan ancha ta'sirchan va esda yaxshi
saqlanadi.
Yuqorida keltirilganlardan shunday xulosa qilish mumkin:
1. Biror ketma-ketlikni eslashda yod olish usullaridan foydalanish va
ozgina ijodkorlik yaxshi samara beradi.
2. Bu usullarni bilishning o'zi kifoya qilmaydi. Kimyoviy-texnologik
bilimlarni esda yaxshi saqlash uchun tizimli tarzda mashq qilib, bu usullarni
qo'llashni avtomatizm darajasiga yetkazish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |