4-ma’ruza: Dizelli dvigatellar uchun yonilg’ilar. O´quv moduli birliklari



Download 101,63 Kb.
bet6/13
Sana18.04.2022
Hajmi101,63 Kb.
#560676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-МАВЗУ

Yonilg`ining qotish haroratini aniqlashda 450 burchak ostida qiyalatib o`rnatish mumkin bo`lgan standart asbobdan foydalaniladi (4.1-rasm). Yonilg`ining qotish harorati deganda, 450 qiyalikda o`rnatilgan probirkadagi 2 yonilg`i 1 min davomida oqib chiqib ketishi barham topadigan harorat tushuniladi, ya`ni bu haroratda 1 min vaqt o`tgandan so`ng yonilg`i asbobdan (probirkadan) oqib tushmaydi.
Dizel yonilg`isining loyqalanish va qotish haroratlari bo`yicha ekspluatatsion baholash yonilg`i bakidan dvigatelga uzluksiz uzatilishini ta`minlovchi eng past harorat chegarasini belgilashdan iborat. Bu harorat har bir yonilg`ining loyqalanish haroratini ifodalaydi. Ammo, bu haroratni aniqlashda va tashqi havo haroratini o`lchashda xatolikka yo`l qo`yilishi ehtimoli borligini inobatga olib, ixtiyoriy dizel yonilg`isini ishlatish mumkin bo`lgan eng past harorat sifatida, shu yonilg`ining loyqalanish haroratidan 3-50C yuqori bo`lgan harorat qabul qilinadi.
Standart uslub asosida aniqlangan yonilg`ining loyqalanish harorati, ba`zi bir dizel yonilg`ilari uchun parafinlar kristallana boshlanadigan haqiqiy haroratdan past bo`lishi mumkin. Bunday nomutanosiblik kelib chiqishiga aniqlash uslubini yetarli darajada taraqqiy etmaganligi bilan tushuntiriladi.
Yonilg`ini loyqalanish haroratini aniqlash uchun dizel yonilg`isini rangsiz shishadan tayyorlangan probirka yoki tsilindrga solinib, sovitiladi, ma`lum bir haroratda u xiralasha boshlaydi. Juda mayda suv tomchilari, mikroskopik muz kristallari, eng muhimi, qattiq parafin uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonilgining tashqi ko`rinishi o`zgaradi, ya`ni loyqalanadi xiralashadi.
Yonilg`ini loyqalanish haroratini aniqlashda yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoliklar shuningdek kam parafinli (past haroratlarda qotadigan) dizel yonilg`ilari namunalaridagi kristall fazalarni paydo bo`lishining boshlanishini aniqlashdagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, yonilg`ini ekspluatatsion baholash qotish harorati yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qoidaga amal qilish lozim: dizel yonilg`isi ishlatiladigan sharoitdagi eng past harorat uning qotish haroratidan kamida 100C, ko`pi bilan 150C yuqori bo`lishi lozim.
Masalan, qotish harorati minus 230C bo`lgan dizel yonilg`isini tashqi havo harorati minus 100S dan past bo`lmagan sharoitlarda ishlatish mumkin. Bu sharoitda yonilg`ining qotish harorati va ishlatish mumkin bo`lgan eng past harorat orasidagi farq 130C ni tashkil etadi, ya`ni belgilangan qoidada ko`rsatilgan chegaradan tashqarida emas.
Qotish harorati qishki dizel yonilg`ilari uchun minus 350C dan minus 450C gacha, yozgi yonilg`ilar uchun minus 100C atrofida bo`ladi. Shunday qilib, loyqalanish va qotish haroratlari yordamida dizel yonilg`ilarining fizikaviy turg`unligiga bo`lgan talablarni bajarilishi ta`minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida havo harorati loyqalanish haroratidan yuqori bo`lgandagina yonilg`idan foydalanish mumkin. Agar qishda yozgi yonilg`idan foydalanilsa, ajraladigan parafin kristallari dvigatelning ta`minlash tizimiga, ayniqsa, mayin tozalash filtrlariga tiqilib qoladi, natijada yonilg`i berish buziladi yoki to`xtaydi. Sovuq vaqtda nafaqat yozgi yonilg`idan, balki aralash yonilg`idan ham foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki ularning past harorat va qovushoqlik xossalari dvigatelning normal ishlashini ta`minlamaydi.
Ish jarayonida ba`zan dizel yonilg`isining loyqalanish va qotish haroratlarini pasaytirish uchun unga kerosin aralashtiriladi. Ammo bunda yonilg`ining tsetan soni kamayadi va dvigatel bunday yonilg`ida nisbatan qattiq ishlaydi.

Download 101,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish