4-ma’ruza: Dizelli dvigatellar uchun yonilg’ilar. O´quv moduli birliklari


Yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanishi



Download 101,63 Kb.
bet3/13
Sana18.04.2022
Hajmi101,63 Kb.
#560676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-МАВЗУ

3. Yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanishi
Yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanishi deganda yonilg`i aralashmasining olov yoki qizigan jism ta`sirisiz alanga oldiradigan kimyoviy reaktsiyaning o`z-o`zidan jadallashishi tushuniladi. Yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanish tizimida reaktsiya aktiv oraliq mahsulotlarining to`planishi yoki yuqori harorat ta`siri natijasida sodir bo`lishi mumkin.
Siqilgan issiq havoga purkalgan suyuq yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanishi dizellardagi yonish jarayonining dastlabki bosqichi uchun xos hodisadir.
O`z-o`zidan alangalanish issiqlik ajralish va chala oksidlanishning oraliq mahsullari (aldegidlar, spirtlar va hokazo) hosil bo`lishi bilan kechuvchi alanga oldidagi zanjirli reaktsiyalar rivojlanishining yakuniy natijasidir.
Yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanishi dizel dvigatelining bir qator ko`rsatkichlariga birinchi navbatda dvigatelni oson yurgazib yuborish (bunda dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi) va dvigatellarni qattiq (taqillab) ishlashiga, sezilarli ta`sir ko`rsatadi.
Alangalanishning kechikish davri ortganda dizel dvigateli taqillab ishlaydi. Bunga yonilg`ining noqulay kimyoviy tarkibi sabab bo`ladi.
Dvigatelning taqillab ishlashi tirsakli val 10 burchakka burilganda ko`tariladigan bosimga qarab aniqlanadi. Odatda, tirsakli val 10 burilganda bosim 0,25-0,50 Mpa gacha ortsa dvigatel yumshoq ishlayotgan, bosim 0,6-0,9 Mpa ortganda taqillab ishlayotgan, 0,9 Mpa dan ortiq ko`tarilganda esa juda taqillab ishlayotgan hisoblanadi.
Dvigatel qattiq ishlaganda uning detallari ayniqsa, podshipnik vkladishlari tez yeyiladi, porshen halqalari deformatsiyalanadi, karterga gaz kirishi ko`payadi, yonilg`i sarfi ortadi. Tashqi belgilari va oqibatlariga ko`ra dizellarning qattiq ishlashi benzinli dvigatellardagi detonatsiyani eslatadi, lekin ularni paydo bo`lish sabablari butunlay qarama-qarshidir. Bu sabablar yonilg`ining kimyoviy tarkibiga, ya`ni uglevodorodlar oksidlanish jarayonining kechish tavsifiga bog`liq. Agar dizel yonilg`isida oson alangalanadigan uglevodorodlar ko`p bo`lsa, u tezda alangalanadi va dvigatel yumshoq ishlaydi. Benzinda esa xuddi shunday uglevodorodlar benzinli dvigatelda detonatsiya hosil qiladi. Dizel yonilqisining o`z-o`zidan alangalanishiga hamda dvigatelning qattiq ishlashiga moyilligi tsetan soniga qarab aniqlanadi.
TSetan soni. Dizel yonilg`isining o`z-o`zidan alangalanishini aniqlash benzinning detonatsiyaga qarshiligini aniqlash kabi amalga oshiriladi. Bunda asosiy ko`rsatkich sifatida tsetan soni qabul qilingan bo`lib, u tsetanni alfametilnaftalinli aralashmadagi foiz hisobidagi miqdoriga teng. Etalon aralashmaning o`z-o`zidan alangalanishi standart dvigatelda tekshirilayotgan yonilg`ini alangalanishi bilan bir xil bo`lishi kerak.
Dizel yonilg`isining o`z-o`zidan alangalanishini aniqlashda etalon yonilg`i sifatida yuqori tozalikdagi ikkita uglevodorod: tsetan (normal geksadekan) C16N34 va alfametilnaftalin C10N7SN3 dan foydalaniladi. Bunday uglevodorodlar alangalanishining kechikish davri juda qisqa bo`ladi va dvigatelning yumshoq ishlashini ta`minlaydi. TSetan etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri bo`lib, uning o`z-o`zidan alangalanishga moyilligi shartli ravishda 100 birlik bilan baholanadi. Ikkinchi tashkil etuvchi alfametilnaftalinning o`z-o`zidan alangalanishga moyilligi 0 birlik bilan baholanadi. Masalan, 40 foiz tsetan va 60 foiz alfametilnaftalin aralashmasining o`z-o`zidan alangalanuvchanligi 40 birlikka teng, yoki aralashmaning tsetan soni 40 ga teng deb qabul qilingan.
TSetan soni bir tsilindrli IT9-3 jihozida aniqlanadi. Bu jihoz o`zgaruvchan (7 dan 23 gacha) siqilish darajasida ishlash imkonini beradi. Bu ish sinaladigan dizel yonilg`isi va etalon yonilg`ini qiyosiy yondirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Avval qat`iy belgilangan sharoitda dizel yonilg`isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday bo`lgan etalon aralashma tanlanadi. TSetan sonini IT9-3 jihozida quyidagi usullar bilan: kritik siqish darajasi bo`yicha, alangalanishning kechikishi yoki o`t olishlarning mos kelish momenti bo`yicha aniqlash mumkin.
Ctandartlarga asosan dizel yonilg`isi 40-50 birlik tsetan soni bilan ishlab chiqariladi. TSetan soni 40 dan kam bo`lgan yonilg`ining alangalanishini kechiktirish davri katta bo`lib, tsilindrda to`plangan yonilg`i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz bosimi bir zumda ortib ketadi, shuning uchun ham dizel ravon ishlamaydi (taqillagan tovush chiqadi). TSetan soni qancha katta bo`lsa, dizel yonilg`isining o`z-o`zidan alangalanishi boshlanguncha bo`lgan davr shuncha kichik bo`ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushirish harorati ham shuncha past bo`ladi. Lekin, tsetan soni 50 dan yuqori bo`lishi ham maqsadga muvofiq emas. Chunki bunda yonilg`ini to`la yonishi kamayishi natijasida yonilg`ini solishtirma sarfi ko`payadi.
Dizel yonilg`ilari 305-82 «Dizel yonilg`ilari. Texnik shartlar.» nomli Davlat standartiga binoan yozgi, qishki va arktik markalarda ishlab chiqariladi.
TSetan soni yozgi yonilg`ilar uchun 47-51; qishki yonilg`ilar uchun 40-49 va arktik yonilg`ilar uchun 38-40 ga teng.
TSetan soni yonilg`ining yonish jarayonidagina emas, balki uning yurgazib yuborish sifatlariga ham katta ta`sir ko`rsatadi. Agar tsetan soni 40 birlikdan kichik bo`lsa, sovuq dvigatelni qishdagina emas, hatto yilning issiq vaqtlarida ham yurgazib yuborish juda qiyin bo`ladi. Yozda tsetan soni taxminan 45 birlikka, qishda esa 50 birlikka teng bo`lgan yonilg`i ishlatilganda dvigatelni normal yurgazib yuborish va bosimni asta-sekin oshirish mumkin.

Download 101,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish